Sulfat kislotasini kontakt usuli bilan ishlab chiqarish. Reja
Gipsdan kontakt sulfat kislota olish
Download 368.69 Kb.
|
stajirofka
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ishlatilgan kislotalardan sulfat kislota olish.
- 5.Vanadiyli kontakt massa.
Gipsdan kontakt sulfat kislota olish. Gipsdan sulfat kislota ishlab chiqarishning texnologik sxemasida gipsning parchalanishi natijasida hosil bo‘ladigan sulfit angidridning miqdori kolchedanni kuydirish natijasida hosil bo‘ladigan sulfit angidrid miqdoridan anchagina oz bo‘lganligi sababli namlash minorasi va ikkinchi bosqichdagi nam elektrofiltrlar bo‘lmaydi. Bundan tashqari, gipsda mishyak, selen va boshqa zararli qo‘shimchalar bo‘lmaydi, bu esa kontakt jarayonida gazlarni tegishli qo‘shimchalardan tozalashni talab etmaydi. Bu esa texnologik jarayonni soddalashtiradi.
Ishlatilgan kislotalardan sulfat kislota olish. Ishlatilgan kislota tarkibida ko‘p miqdordagi qo‘shimchalar tutganligi uchun yaroqsizlanadi. Bunday kislotalarni parchalanadi. IHoslangan kislota pechda 1200°C haroratda organik birikmalar va ularning kuyundi mahsulotlari bilan parchalanadi: 2H2SO4 + C = 2SO2 + 2H2O + CO2 Hosil qilingan gazlar aralashmasi maxsus usullarda tozalashdan o‘tgandan so‘ng odatdagi usul bilan sulfat kislota ishlab chiqarishga yuboriladi. 5.Vanadiyli kontakt massa. Sulfat kislota ishlab chiqarishda BAV (kontakt massa tarkibiga kiradigan elementlar — bariy, aluminiy va vanadiylar) va SVD (sulfo-vanadat-diatomli) markali kontakt massalari ishlatiladi. BAV kontakt massasini tayyorlash uchun kaliy vanadat — KVO3 ning ishqoriy eritmasini suyuq shisha — K2SiO3 bilan aralashtiriladi va 70°C haroratgacha qizdirilgan holda to‘xtovsiz aralashtiriladi. Aralashtirilgan holda aralashmaga aluminiy xloridning xlorid kislotali 7-rasm. Kontakt massa shakllan: a—tabletka; b, a—donadorlangan massa; e—halqasimon kontakt massa; f—qaynovchi qatlam uchun kontakt massa. eritmasi va bariy xloridning suvli eritmasini qo‘shish yo‘li bilan kontakt massa cho‘ktiriladi. Uni filtrpressda filtrlanadi, so‘ngra gidravlik press yordamida siqiladi. Hosil qilingan (40—45% namlikdagi) cho‘kma donachalar, tabletkalar yoki halqachalar ko‘rinishida qoliplanadi (1.18-rasm). So‘ngra kontakt massa 60°C dan (quritishning boshlanishida) 115°C gacha (quritish oxirida) 30 soatdan kam bo‘lmagan vaqtda quritiladi. BAV kontakt massasi oq yoki och pushti rangga ega bo‘ladi va taxminan quyidagi tarkibdagi aralashma tarzida bo‘lishi mumkin: V2O5 12SiO2 0,5Al2O3 2K2O 3BaO 2KCl BAV massasining namligi qariyb 15% ni tashkil etadi. Donadorlangan BAV katalizatorining to‘kilish zichligi 450—500 g/l ni tashkil etadi. Quruq kontakt massa tarkibida V2O5 hisobida 7,5—8,0% vanadiy bo‘ladi. Vanadiyli kontakt massani sulfit angidrid gazi bilan 420—440°C haroratda qayta ishlangandan keyin u sariq rangga kiradi va uning to‘kilish zichligi 600—650 g/l gacha ortadi. Katalizator rangining o‘zgarishi va to‘kilish zichligining ortishini katalizatorda SO2 ning oksidlanishidan hosil bo‘ladigan sulfat angidridning kontakt massaga yutilishi orqali izohlanadi. Natijada sulfatlar hosil bo‘ladi va xlor ajralib chiqadi. Bunda ko‘p miqdordagi issiqlik ajralib chiqadi va kontakt massa kuchli qiziydi. Masalan, yangi tayyorlangan kontakt massaga sulfit angidridli gaz (taxminan 7% SO2) ta’sir etganda jihozdagi harorat 800—900°C gacha ko‘tariladi. Bunda kontakt massaning kuyishi va to‘la maydalanib ketishi kuzatilishi mumkin. Kontakt massaning kuyishi natijasida bo‘linishining oldini olish maqsadida kontakt jihoziga solinadigan yangi kontakt massa, dastlab tarkibida 0,3—0,5% SO2 bo‘lgan gazlar aralashmasi bilan haroratni keskin oshirmagan holda qayta ishlanadi. Kontakt massaning sulfit angidrid bilan to‘yinishi, asosan, sanoatdagi kontakt jihozida amalga oshadi. Bunda ajraladigan xlor chiqindi gazlari bilan atmosferaga chiqib ketadi, bu esa kontakt jihozlarining yangi massa bilan ishga tushirilishida katta qiyinchiliklar keltirib chiqaradi. Download 368.69 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling