Sulfat kislotasini kontakt usuli bilan ishlab chiqarish. Reja


Qaynovchi qatlamdagi katalizatorda SO


Download 368.69 Kb.
bet7/9
Sana23.04.2023
Hajmi368.69 Kb.
#1388560
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
stajirofka

7. Qaynovchi qatlamdagi katalizatorda SO2ning oksidlanishi.
Qaynovchi qatlamda gaz katalizator zarrachalari bilan anchagina jadal aralashadi, buning natijasida kontakt massa sirtiga SO2 va O2 ning yaqinlashishi kuchayadi hamda SO2 oksidlanish jarayonining umumiy tezligi, ayniqsa, kontaktlanish jarayonining boshlanishida ortadi. Qaynovchi qatlamning gidravlik qarshiligi donachalarning o‘lchamiga bog‘liq emas, shuning uchun qaynovchi qatlamda SO2 ning katalitik oksidlanishida juda mayda sferik donachalar ishlatiladi, bu esa katalizatorning ichki yuzasidan to‘la foydalanilishini ta’min- laydi. Jarayonning ko‘rsatib o‘tilgan xususiyatidan kelib chiqib, qaynovchi qatlamda katalizator sarfi, tajriba zavodi ma’lumotlariga ko‘ra, taxminan 2 marta kamayishi aniqlangan.
Reaksiyaning issiqligini chiqarib olish uchun katalizatorning qaynovchi qatlamida sovitish elementlari joylashtiriladi, ular orqali gaz yoki boshqa sovitish agentlari harakatlanadi. Katalizatorning qaynovchi qatlamida sovitish elementlari sirtiga issiqlik uzatilish koeffitsiyenti 800—1200 kJ/(m2 soat grad) ni tashkil etadi, ya’ni bu gazdan odatdagi issiqlik almashtirgich quvurlariga issiqlik uzatish koeffitsiyentlariga nisbatan 8—10 marta kattadir. Qaynovchi qatlamda issiqlik chiqarilib olishining jadalligi yuqori konsentrlangan sulfitli gaz oksidlanishini katalizatorning qizib ketmasdan amalga oshirish imkoniyatini yaratadi. Qaynovchi qatlamda jadal aralashish tufayli unga kiradigan gazning harorati kontakt massani yondirish haroratidan ham past bo‘lishi mumkin. Bu, ayniqsa, kontakt massaning birinchi qatlamida va yuqori konsentratsiyali sulfitli gazni oksidlashda katta amaliy ahamiyatga egadir.
Katalizatorning qaynovchi qatlamiga keladigan gazdagi ma’lum miqdordagi chang miqdori qiyinchiliklar keltirib chiqarmaydi, chunki gazning tezligi katta bo‘lganligi va jadallik bilan aralashganligi sababli chang qaynovchi qatlamda ushlanib qolmaydi. Eskirgan katalizatorni chiqarib olish va yangisini solish qaynovchi qatlamda jarayonni to‘xtatmasdan amalga oshirilishi mumkin, bu esa gazdagi kontakt massalari ishtirok etishiga yo‘l qo‘yiladigan soddalashtirilgan texnologik sxemalar bo‘yicha ishlashda muhim hisoblanadi.

Download 368.69 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling