Sulfidli minerallarni boyitish usullari Reja


Download 24.38 Kb.
bet1/2
Sana16.06.2023
Hajmi24.38 Kb.
#1494027
  1   2
Bog'liq
Sulfidli rudalarni flotatsiya usulida boyitish


Sulfidli minerallarni boyitish usullari
Reja:

  1. Sulfidli rudalarni flotatsiya usulida boyitish

  2. Flotatsiya jarayonida qo’llaniladigan flota reagentlarning tasniflanishi

  3. Flotatsiya jarayonida qo’llaniladigan dastgohlar.


Sulfidli rudalarni flotatsiya usulida boyitish.
Foydali qazilmalarni flotatsiya usulibilan boyitish minerallar sirtlarining xossalari har xilligiga asoslangan.
Mineral zarrachalarning o'lchamlari qancha kichik bo'lsa, ularning solishtirma sirt yuzasi (sm2/g) shuncha katta bo'ladi va sirt xossalarining farqi oshib boradi. Flotatsiya jarayonida qatnashayotgan moddalar majmuasiga «flotatsion tizim» deb harasak, bu sistema ko'p jinsli, ko'p fazali, ko'p a'zoli va dispers sistemadir, chunki flotatsiya jarayonida har xil kattalikdagi, xossalari turlicha bo'lgan qattiq zarrachalar, suyuqlik (suv), gazlar (havo), suvda eriydigan va erimaydigan reagentlar qatnashadi.
Flotatsiyaning samarasini ta'minlash uchun suspenziyaga kerakli zarrachani havo pufakchasiga tanlanib, mustahkam yopishishini oshiruvchi har xil moddalar – flotoreagentlar qo'shiladi. Flotatsiya hodisasi, mexanizmi va tabiatida asosan molekulalararo tortishish kuchi yotadi.
Flotatsion tizimda qatnashayotgan har bir faza molekulasining sirtqi qatlamlarining ahamiyati katta ekanligini e'tiborga olish kerak. Jism (zarracha) ichida turgan molekulalar o'ziga o'xshagan molekulalar qurshovida bo'lib, energetik kompensatsiyalangan bo'ladi (erkin energiyasi nolga teng bo'ladi). Ulardan farqliroq, chekadagi qatlamda (sirtda) joylashgan molekulalar, ularni ustida turgan molekula bo'lmaganligi sababli, ular energetik kompensatsiya-lanmagan, ya'ni ularda erkin sirt energiyasi bo'ladi. Bu energiya, (1sm2 yuzaga nisbatan) solishtirma erkin sirt energiyasi deb ataladi va sm2 bilan o'lchanadi.
Suvda namlanadigan zarrachalar (gidrofil) ko'pikka o'tmay, flotokamerada qoladi va kamera mahsuloti yoki chiqindi deb ataladi. Ba'zida buni teskarisi ham sodir bo'lishi mumkin, bu teskari flotatsiya deb yuritiladi.
Rudada bir nechta foydali komponent bo'lsa (masalan, rux, qo'rg’oshin, mis, molibden) oldin kollektiv boyitma olinib, so'ngra kollektiv boyitma qayta flotatsiyalanib, foydali komponentlar alohida-alohida boyitmalarga ajratiladi va bu jarayon selektiv flotatsiya deb ataladi.
Boyitishning flotatsiya usuli metallurgiyada, kimyo sanoatida, qurilish sanoatida, geologiyada, meditsinada, biologiyada, qishloq xo'jaligida ishlatish mumkin.

Flotatsiya jarayonida qo’llaniladigan flota reagentlarning tasniflanishi


Flotatsiya jarayonida turli xil reagentlar ishlatiladi. Reagentlarni ishlatishdan maqsad, flotatsiya jarayoni ko‘rsatkichlarini minerallarning xossalarini o‘zgartirish bilan yaxshilash hisoblanadi. Flotatsiya jarayoni reagentlari organik va noorganik birikmalar, shuniingdek, ularning eritmalari va aralashmalari bo‘lishi mumkin. Flotatsiya reagentlari ularning flotatsiya jarayonidagi o‘rniga qarab qo‘yidagi guruhlariga bo‘lish mumkin:
1. To‘plovchi - suv yoki havo bilan biroz muddat ta'sirlashgan to‘plovchi oltin yuzasiga o‘rnashib oladi. To‘plovchining qatlam zichligi suvda kislorod konsenratsiyasining oshishi bilan tez o‘sadi. To‘plovchi sifatida ksantogenat ishlatiladi.
2. Ko‘pik hosil qiluvchi - ko‘pik hosil qiluvchi sifatida T-66 moyi ishlatiladi. Ko‘pik hosil qiluvchining asosiy vazifasi havoni mayda pufakchalarga bo‘lib, ko‘pikni zichligini oshirish hisoblanadi.
3.Tazyiqlanovchi (depressor) - bunday reagentlarga suyuq shisha va boshqa reagentlar kiradi. Bu reagentlarning asosiy vazifasi ko‘pikli mahsulot tarkibiga keraksiz minerallarni o‘tishini to‘xtatish va bu minerallarni flotatsiyalanishini kamaytirish hisoblanadi. Flotatsiya bo’tanasi tarkibida sianid, ishqor, natriy sulfid, mis kuporosi kabi birikmalar uchraydi. Bular oltinni flotatsiyalanish qobiliyatini kamaytiradi. Bunday birikmalarni oltinga ta'sirini kamaytirish uchun tazyiqlovchi reagentlar ishlatiladi.
4.Faollashtiruvchi (aktivator) - faollashtiruvchi reagent sifatida mis kuporosi, nigroin, opolyar yog‘i ishlatiladi. Bu reagent oltintarkibli sulfidlarni faollashtirish qobiliyatini oshiradi va to‘plovchi flotatsiyalanayotgan oltin yuzasiga o‘rnashib olishga yordam beradi.
5.Muhit sozlovchi - bunday reagent sifatida to‘plovchi, taziqlovchi, faollashtiruvchi reagentlarni minerallar bilan o‘zaro ta'sirlashish jarayoniga ta'sir qiladigan reagentlar kiradi. Kislotali muhitda betaraf muhitga qaraganda sof oltinning flotatsiyalanishi kam bo‘ladi. Oltin va oltin tarkibli sulfidlarni flotatsiyalash pH 7,5 ÷ 8,5 atrofida bo‘ladi. Muhit sozlovchi sifatida soda ishlatiladi.
Reagentlarga quyidagi talablar qo‘yiladi:
- tanlab olish qobiliyati yuqori;
- sifatning standarti, arzonligi ishlatishda qulayligi;
Flotatsiya jarayonini sxemasi va borishi rudalarni mineral tarkibiga bog’liq bo’ladi. Deyarli barcha rudalarni boyitishda bosqichli flotatsiya ishlatiladi. Bosqichli flotatsiyani ishlashi boyitma tarkibiga oltin o’tishini ko’paytiradi. Flotatsiya shuningdek, sianlash jarayoniga xalaqit beradigan komponentlarni (uglerodli birikmalar, mis, surma, mishyak minerallari ) ruda tarkibidan ajratish uchun ishlatiladi.
Flotatsiya jarayonida qo’llaniladigan dastgohlar.
Flotatsiya mashinasida flotatsiya jarayonlarini amalga oshirish uchun qo’llaniladigan dastgoh. Bo’tanani aralashtirish uni havo pufakchalari bilan to’yintirish usuliga qarab mexanik havoli va uyg’unlashtiruvchi turlari bo’ladi. Mexanik flotatsiya mashinasida aeratsiya va butanani aralashtirish kamerada impellerli aerator yordamida amalga oshiriladi. Aerator flotatsiya uchun zarur bo’lgan havoni atmosferadan oladi. Flotatsiya jarayonlari uchun ko’proq ishlatiladi. Bunday mashinalar kamerasining hajmi 0,14-0,25 m3 gacha bo’ladi. Flotatsiya mashinasi kvadrat shaklidagi ikkita bo’lib birlashgan kameradan iborat.
1. Shimuvchi.
2. To’g’ri oqimi.
Har xil kameraga aerator bo’linmasi o‘rnatiladi. Aerator bo’linmasi vertikal valga o‘rnatilgan impellerdan iborat. Impeller esa oltita kurakli egrilikdan iborat val vertikal quvur ichida aylanadi. Yuqorigi uchi germetik ravishda korpus bilan biriktiriladi. Pastki uchi esa impeller ustki stakani ko‘rinishda kengaytiraladi. Unga 600 burchak bilan o‘rnatilgan yo‘naltiruvchi kuraklardan iborat bo’lgan impeller ustki diskdan o’rnatilgan bo’ladi.

Jadval №2. Flotatsiya mashinalarning tasniflanishi.






Download 24.38 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling