Sulfidli minerallarni boyitish usullari Reja
Download 24.38 Kb.
|
1 2
Bog'liqSulfidli rudalarni flotatsiya usulida boyitish
Impeller usti stakanining yon tomonlaridan uchta tuynuk bo’lib, biri qisqa quvur bilan birlashish uchun ikkita bir-biriga qarama-qarshi bo’lgan tuynuklar oraliq mahsulotni chiqarish uchun ishlatiladi. Oraliq mahsulotni chiqarish kerak bo’lmasa bitta tuynuk tiqin bilan ikkinchisi esa shiber bilan berkitiladi. Bu tuynuk tiqin yordamida ochib yopiladi. Flotomashinaga dastlabki bo’tana qabul qilish cho’ntagi orqali tushadi. U yerda quvur orqali kamera markazi joylashgan aeratorga yuboriladi. Bo’tanani kamera ichiga qayta aylanish uchun impeller diski ustida bir necha aylana teshiklar mavjud. Impeller aylanganda bo’tana ko’raklar yordamida markazdan atrofga tarqaladi. Natijada impellerning markaziy qismidan biroz siyraklashish yuz beradi. Hozirgi vaqtda sanoatda bir necha yuzlab har xil konstruktsiyaga ega bo'lgan flotomashinalar ishlatilmoqda. Flotomashinalarni asosan bo'tanani aeratsiyalash usuliga qarab tasniflash qabul qilingan. Flotomashinalarning turlari 9-jadvalda keltirilgan. Bundan tashhari, flotamashinalarni bo'tananing mashinalarda harakat yo'nalishiga qarab tasniflash mumkin. Ular uch turga bo'linadi: kareta shaklidagi mashinalar, umumiy sathli va kamerali flotamashinalar. Kareta shaklidagi mashinalar yaxlit bo'lib, uzunasiga cho'zilgan. Flotatsiyaga tayyorlangan bo'tana mashinani bir tomonidan beriladi va u qarama-qarshi tomonga harakat qiladi, chiqindi ikkinchi tomonidan chiqib ketadi. Ko'pik esa karetaning uzunasi bo'yicha hamma yeridan, uning ikkala qirg’og’i (borti) ga o'rnatilgan novga tushiriladi. Bo'tanani sathi kameraning hamma yerida bir xil bo'ladi. Umumiy sathli mashinalarni, karetali mashinalardan farqi - uzun kareta to'siq bilan bo'linma (otsek) larga bo'lingan, har bir bo'linmada aerotsiyalovchi qurilmalar o'rnatilgan. Kamerali turdagi mashinalar, juftlangan yoki alohida kameralardan iborat bo'lib, maxsus qurilmali tuynuklar yordamida bo'tana birinchisidan ikkinchisiga o'tishi va har bir kameradagi bo'tana sathini ko'tarishi yoki pasaytirishi mumkin. Karetali mashinalar - pnevmatik, kompressorli va elektroflotatsiya mashinalariga bo'linadi. Kamerali mashinalarni - pnevmatik va mexaniq turlari mavjud. Download 24.38 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling