Sultonov akmal asroqulovich


Ilmiy izlanishning maqsadi


Download 1.17 Mb.
bet2/4
Sana21.11.2020
Hajmi1.17 Mb.
#148832
1   2   3   4
Bog'liq
Cултонов Акмал


Ilmiy izlanishning maqsadi: Boo’ajak pedagoglarda kreativlikni

shakllantirish va rivojlantirishning ilmiy-nazariy asoslarini o’rganish va amaliy

jihatdan tavsiflash.

Ilmiy izlanishning vazifalari:

- pedagoglarning kreativlik imkoniyatlari va ularning tarkibiy asoslari o’rganish;

- pedagoglarning kreativligini ifodalovchi belgilar va tamoyillarni tasniflash;

- pedagoglarning kreativlik imkoniyatini aniqlovchi mezonlar va ularning darajalarini ko’rsatish;

- pedagoglarga xos kreativ sifat va ijodiy-pedagogik faoliyat malakalarini tasniflash;

- kreativ ko’nikmalar va talabalarda kreativ ko’nikmalarni shakllantirish jarayonining mohiyatini izohlash;

- shaxsda kreativlik sifatlarini rivojlantirish va undan foydalanishning samarali yo’llarini ko’rsatish.

Mavzuning o’rganilish darajasining qiyosiy tahlili: Ijodkor shaxsning shakllanishini shaxsning o’zaro mos tarzda bajarilgan ijodiy faoliyat va ijodiy mahsulotlarni yaratish borasidagi rivojlanishi sifatida belgilash mumkin. Ushbu jarayonning sur‟ati va qamrovi biologik va ijtimoiy omillar, shaxsning faolligi va kreativ sifatlari, shuningdek, mavjud shart-sharoit, hayotiy muhim va kasbiy shartlangan hodisalarga bog’liq. Zamonaviy sharoitda pedagogning kreativlik

sifatlariga ega bo’lishi taqozo etadi. So’nggi yillarda etakchi xorijiy mamlakatlarning ta‟lim tizimida o’quvchi va Bo’lajak pedagoglarda kreativlik sifatlarini shakllantirish masalasiga alohida,

jiddiy e‟tibor qaratilmoqda. Buni Bronson, Merriyman (2010 y.), Ken Robinson (2007 y.), Fisher, Frey (2008 y.), Begetto, Kaufman (2013 y.), Ali (2011 y.), Treffinger (2008 y.) va b. tomonidan olib borilgan ko’plab tadqiqotlar, ularning natijalarian ko’rish mumkin. Birgina Ken Robinson tomonidan 2007 yilda tayyorlangan “Maktab kreativlikni barbod etyaptimi?” nomli video lavhani YouTube saytida 5 mln marta tomosha qilingan. Qolaversa, o’qituvchilar kreativlik asoslarini o’rganishga jiddiy kirishganlar (Begetto, Kaufman, 2013 y.). Oqituvchilarda pedagogik faoliyatni

kreativ yondashuv ko’nikma, malakalarini shakllantirish hamda rivojlantirishga doir adabiyotlar chop etilyapti, Ta‟lim departamenti tomonidan tayyorlangan video lavhalarga asoslanuvchi noan’anaviy darslar tashkil etilyapti (Ali, 2011; Ta‟lim departamenti, 2013 y.).Salmoqli amaliy ishlar olib borilayotganligiga qaramay, ko’pchilik o’qituvchilar hali hanuz shaxs (o’zlarida hamda Bo’lajak pedagoglarda kreativlik sifatlarini qanday qilib samarali shakllantirish tajribasini o’zlashtira olmayaptilar.



Ta‟lim tizimini boshqarish organlari har yili ta‟lim muassasalarida yuqori samaradorlikka erishishga e‟tibor qaratadi. Ana shu maqsadda o’quv dasturini ishlab chiqiladi, yangi o’quv darsliklari yaratiladi. Bu esa ham bo’lajak pedagoglar, ham o’qituvchilarni kasbiy o’sishlariga yordam beradi. Olib boriladigan amaliy harakatlar bo’lajak pedagoglarda yutuqlarga erishish, olg’a intilishga bo’lgan ehtiyojni muayyan arajada yuzaga keltiradi, ularning o’quvbilish qobiliyatlarini bir qadar rivojlantirishga yordam beradi.Biroq, o’quv yilining oxirida kelib bo’lajak pedagoglarning fanlarni o’zlashtirishlarida yuqori darajadagi ijobiy natijalar kuzatilmayapti. Ko’plab bo’lajak pedagoglarning ta’lim olishga nisbatan qiziqishi yo’qolgan. Buning natijasida o’qituvchilar ham avvalgidek zavqu shavq bilan kasbiy faoliyatni tashkil etishni o’ylashmayapti. Ta‟lim tizimini boshqaruvchi organlar ta’lim olishga nisbatan xohish-istagi bo’lmagan bo’lajak pedagoglar, bu kabi ta‟lim oluvchilarni o’qitishni istamayotgan o’qituvchilar faoliyatini o’zgartirish borasida yangidan-yangi chora-tadbirlar belgilansa-da, ahvol o’zgarishsiz qolmoqda. Buning sababi nimada? Balki darslarning avvaldan o’ylab, rejalashtirilib qo’yilishi bo’lajak pedagoglar uchun qiziq bo’lmayotgandir, balki balki ta‟lim mazmunining muayyan qolipga solinganligi bo’lajak pedagoglar uchun hech qanday stimul bermayotgandir, rag’bat bildirmayotgandir. O’quv mashg’ulotlarining avvaldan rejalashtirilishidan voz kechish, bo’lajak pedagoglarda tanqidiy, kreativ tafakkurni shakllantirish va rivojlantirish, ularni ijodiy fikrlash, yangi g’oyalarni o’ylab topishga majbur qilish ta‟lim olishga bo’lgan munosabatni o’zgartirish, ularni yutuqlarga erishishga rag’batlantirishda asosiy omil bo’lar. O’quv mashg’ulotlarida etishmayotgan omil – kreativlik sanaladi.

Tadqiqotning ilmiy yangiligi:

- pedagoglarning kreativlik imkoniyatlari va ularning tarkibiy asoslari o’rganish;

- pedagoglarning kreativligini ifodalovchi belgilar va tamoyillarni tasniflash;

- pedagoglarning kreativlik imkoniyatini aniqlovchi mezonlar va ularning darajalarini ko’rsatish;

- pedagoglarga xos kreativ sifat va ijodiy-pedagogik faoliyat malakalarini tasniflash;

- kreativ kOnikmalar va talabalarda kreativ ko’nikmalarni shakllantirish jarayonining mohiyatini izohlash;

- shaxsda kreativlik sifatlarini rivojlantirish va undan foydalanishning samarali yo’llarini ko’rsatish.

Tadqiqot obyekti: O’rta maxsus kasb-hunar ta‟lim tizimida bo’lajak pedagoglarda kreativlikni shakllantirish va rivojlantirish yo’llaridan foydalanish jarayoni.

Tadqiqot predmeti: Bo’lajak pedagoglarda kreativlikni shakllantirish va rivojlantirish yo’llaridan ta‟lim jarayonida samarali foydalanishning zamonaviy shakl, usul va vositalari.

Tadqiqotning ilmiy ahamiyati: Tadqiqot natijalarining ilmiy ahamiyati ilgari surilgan muhim nazariy g’oya, taklif etilgan fikr, mexanizm va tarkibiy tuzilma, ishlanmalar, ta‟lim jarayonida pedagoglarda kreativlikni shakllantirish va rivojlantirish yo’llaridan samarali foydalanishning shakl, metod vositalarini takomillashtirish, «Pedagogika» fani mazmunini yangi tushunchalar bilan boyitishda foydalanish bilan izohlanadi.

I. BO’LAJAK PEDAGOGLARDA KREATIVLIK SIFATLARINI

RIVOJLANTIRISH YO’LLARI.

1.1. Pedagoglarning kreativlik imkoniyatlari va ularning tarkibiy asoslari. Hozirgi zamon pedagogikasi yuqori malakali pedagogik kadrlarga ehtiyoj sezadi.Ushbu loyihani amalga oshirish quyidagilarni amalga oshiriladi:

1. O’qituvchilarni ma‟naviy va moddiy rag’batlantirish sistemalarni tadbiq

etish;

2. Pedagogik kadrlarni attestatsiyadan o’tkazishda qo’yiladiagan talablarni



yangilash;

3. Ularning malakasini oshirish;

4. Eng yaxshi o’qituvchilarning tajribalarni keng ommalashtirish.

Yangi, hozirgi zamon standartlarini amalga tadbiq etish o’qituvchidan nafaqat yuqori malakani va doimiy kasbiy rivojlanishni, balki o’z ishiga ijodiy yondashishni talab qiladi. O’qituvchining kreativligi o’z tajribasini qayta ko’rib chiqishi va yaxshilash hammaga ma‟lum narsalarni o‘zgartira olishi va ijodiy foydalana bilish, sifat jihatdan yangiliklarni yaratish juda katta ahamiyatga ega bo’lib bormoqda.

Kreativlik tushunchasi (lot., ing. “create” – yaratish, “creative” yaratuvchi, ijodkor) ingliz tilidan tarjima qilganda ijod ma‟nosini anglatadi. Haqiqattan esa yangi, original (Oziga xos) yanada sayqallangan moddiy va ma‟naviy bog’liqliklarni yaratishdir. Kreativlikni: ijodga intilish, hayotga ijodiy yondashish, O’ziga doimiy tanqidiy nazar solish va tahlil etish deyish mumkin. Hozirgi zamon psixologiya va pedagogika lug’atlariga asoslanib O’qituvchining kreativligi deb uning fikrlaridagi sezgilaridagi, muloqotdagi, alohida faoliyat turidagi, ijodiy yondashish, bilish

darajasi deb ta‟riflash mumkin.



O’qituvchining kreativligi, bu uning qat‟iy, chegaralangan yoki sust

chegaralangan sharoitlarda har xil original g’oyalarni izlab toppish laoyiqatidir.

Ilmiy adabiyotlarni tahlil qilish quyidagi O’zaro bir-biriga bog’liq kreativlik tarkibiy komponentlarini ajratsh imkoni beradi:

1. Intellektual (aqliy);

2. Ahloqiy (o’z-o’zini boshqarish);

3. Motevatsion (maqsadiy);

4. Emotsianal (his hayajonli).

Kretiv layoqat quyudagi o’zaro bir-biriga bog’liq bo’lgan qismlardan iborat bo’ladi:

1. Kreativlik maqsad;

2. Ijodiy intilish;

3. Kreativ (ustanovka) qurish,

4. Kreativ yo’nalish;

5. Kreativ ifodali akt;

6. Kreativ o’z-o’zini boshqarish;

7. Kreativ faollik;

8. Kreativ intilishlar darajasi.

O’qituvchining kreativligi uning ijodiy faoliyatida paydo bo’ladi va rivojlanadi. K.Rodgers “Ijod-o’z o’zini kuchaytirish demakdir” degan asarida ijodiy shaxs uchun eng asosiy savollardan birini beradi: “Meni meni hayot tarzim qoniqtiradimi yoki to’g’ri talqin etadimi. O’qituvchining ushbu savolga javobi uning kasbiy va ijodiy cho’qqilarga intilishi yuqori ijodoy malakali va o’zini ijodiy tomondan to’la namoish etishga intilishi kreativ shaxs bo’lishi”. Shunday qilib kreativlik o’qituvchining ijodiy faoliyatida ijodiy intilishi, ijodiy qobiliyati, kreativ maqsadi, yo’nalishi va o’zini boshqara olishida ko’rinadi va uni o’zini faolligi, o’zini-o’zi boshqara olishi bilan yetuk rivojlanayotgan, o’sayotgan shaxsga aylanayotganini bildiradi.Pedagogning kreativlik potentsiali uning umumiy xususiyati sifatida aks etadi. U ijodiy faoliyatning dastlabki sharti va natijasi sanaladi. Mazkur sifat shaxsning o’z-o’zini namoyon qilish layoqatiga egalikni va tayyorlikni ifodalaydi. Qolaversa, kreativ potentsial negizida har bir mutaxassisning shaxsiy qobiliyatlari, tabiiy va ijtimoiy quvvati yaxlit holda namoyon bo’ladi.Kreativ potentsial bilish jarayoniga yo’naltirilgan ijodkorlik bilan chambarchas bog’liq. Pedagogning kreativ potentsiali an’anaviy tafakkur yuritishdan farqli ravishda quyidagilarda namoyon bo’ladi:

- tafakkurning tezkorligi va egiluvchanligi;

- yangi g’oyalarni yaratish qobiliyati;

- bir qolipda fikrlamaslik;

- o’ziga xoslik;

- tashabbuskorlik;

- noaniqlikka toqat qilish;

Pedagog kreativlik potentsialiga ega bo’lishi uchun kasbiy faoliyatida quyidagilarga e‟tiborini qaratishi zarur:

- kasbiy faoliyatiga ijodiy yondashish;

- yangi-yangi g’oyalarni yaratishda faollik ko’rsatish;

- ilg’or pedagogik yutuq va tajribalarni mustaqil o’rganish;

- hamkasblar bilan pedagogik yutuqlar xususida fikr almashish.

Har bir pedagogning o’zini- o’zi rivojlantirishi va o’zini- o’zi namoyon eta olishi bevosita uning kreativlik qobiliyatiga egaligi bilan bog’liq. Odatda pedagoglarning kreativlik qobiliyatiga ega bo’lishlari pedagogic muammolarni hal qilishga intilish, ilmiy-tadqiqot ishlari yoki ilmiy loyihalarni amalga oshirish va o’zaro ijodiy hamkorlikka erishishlari orqali ta’minlanadi. Pedagog o’z-o’zidan ijodkor bo’lib qolmaydi. Uning ijodkorlik qobiliyati ma‟lum vaqt ichida izchil o’qib-o’rganish, o’z ustida ishlash orqali shakllantiriladi va u asta-sekin takomillashib, rivojlanib boradi. Har qanday mutaxassisda bo’lgani kabi bo’lajak pedagoglarning kreativlik qobiliyatiga ega bo’lishlari uchun talabalik yillarida poydevor qo’yiladi va kasbiy faoliyatni tashkil etishda izchil rivojlantirib boriladi. Bunda pedagogning o’zini-o’zi ijodiy faoliyatga yo’naltirishi va bu faoliyatni samarali tashkil eta olishi muhim ahamiyatga ega. Pedagog ijodiy faoliyatni tashkil etishda muammoli masalalarni echish, muammoli vaziyatlarni tahlil qilish, shuningdek, pedagogik xarakterdagi ijod mahsulotlarini yaratishga alohida e’tibor qaratishi zarur.Muammoli masala va vaziyatlarni hal qilar ekan, pedagogning masala echimini topishga ijodiy yondashishi unda hissiy-irodaviy sifatlarning rivojlanishiga yordam beradi. Pedagog o’z oldiga muammoli masalalarni qo’yish orqali mavjud bilimlari va hayotiy tajribalariga zid bo’lgan dalillar bilan to’qnash keladi. Buning natijasida o’z ustida ishlash, mustaqil o’qib o’rganishga nisbatan ehtiyoj sezadi.



II . BO’LAJAK PEDAGOGLARDA KREATIVLIKNI

SHAKLLANTIRISH VA RIVOJLANTIRISHNING AMALIY ASOSLARI.

Pedagoglarga xos kreativ sifat va ijodiy-pedagogik faoliyat malakalari.Boshqa har qanday sifat (fazilat) kabi kreativlik ham birdaniga shakllanmaydi.Kreativlik muayyan bosqichlarda izchil rivojlantirilib boriladi. Xo’sh, shaxs faoliyatida kreativlik xususiyatlari qachondan namoyon bo’ladi? Odatda kreativlik bolalarning faoliyatida tez-tez ko’zga tashlansada, biroq, bu holat bolalarning kelgusida ijodiy yutuqlarni qo’lga kiritishlarini kafolatlamaydi. Faqatgina ular tomonidan u yoki bu ijodiy ko’nikma, malakalarni o’zlashtirishlari zarur degan ehtimolni ifodalaydi. Bolalarda kreativlikni rivojlantirishda quyidagilarga e‟tibor qaratish zarur:

1) ular tomonidan ko’p savollar berilishini rag’batlantirish va bu odatni qo’llab-quvvatlash;

2) bolalarning mustaqilligini rag’batlantirish va ularda javobgarlikni kuchaytirish;

3) bolalar tomonidan mustaqil faoliyatni tashkil etilishi uchun imkoniyat yaratish;

4) bolalarning qiziqishlariga e‟tibor qaratish

Tadqiqotchi N.Fayzullaeva pedagogik tafakkurga ega bo’lish uchun bo’lajak pedagoglar pedagogika oid bilimlarni puxta o’rganish asosida quyidagi ko’nikma, malakalarni o’zlashtira olishlari zarur deb hisoblaydi: pedagogikaning asosiy g’oyalari, kontseptsiyalari, qonuniyatlarini va pedagogik hodisalarning rivojlanish qonuniyatlarini bilish; pedagogikaning eng muhim nazariy

g’oyalari, asosiy kategoriyalari va tushunchalarini bilish; asosiy pedagogic faktlarni bilish; ta‟lim va tarbiyaning umumiy uslubi haqidagi amaliy bilimlarni egallash.

Psixologiyada E.P.Torrens tomonidan shaxs kreativligini aniqlovchi test ishlab chiqilgan. E.P.Torrensning fikricha, shaxs kreativligi Ozida quyidagi belgilarni namoyon qiladi:

1) savollar, kamchiliklar va bir-biriga zid ma‟lumotlarga e‟tiborsiz bo’lmaslik;

2) muammolarni aniqlash uchun harakat qilish, ilgari surilgan taxminlar asosida ularning echimini topishga intilish.

Bugungi kunda psixologiyada shaxs kreativligi uning faoliyatiga xos ikki jihatga ko’ra aniqlanmoqda. Bunda faoliyatning ikki jihatini yorituvchi testlardan foydalaniladi. Ular quyidagilardir :

E.P.Torrensning shaxsa kreativ sifatlarini namoyon bOlishini aniqlovchi testlarning turlari

Bo’lajak pedagoglarda kreativ fikrlash ko’nikmasini shakllantirishdan oldin sinfda qulay muhitni yaratish lozim. Kreativ muhitda ta‟lim olayotgan bo’lajak pedagoglarda asta-sekin kreativ vazifalarni bajarishga nisbatan qiziqish ortadi shuningdek, kreativ tafakkurga ega o’qituvchini kuzatish natijasida kreativ fikrlashga moyil bo’ladi (Sternberg & Williams, 1996). Kreativlik xarakteridagi o’quv-bilish muhiti bo’lajak pedagoglarda ta‟lim jarayonida katta ahamiyatga ega bo’lgan tanqidiy va kretiv fikrlash ko’nikmasining rivojlanishiga olib keladi (Boykin & Noguera, 2011, 2012; Marks, 2000, as cited in Jensen, 2013).

Bo’lajak pedagoglarning kreativ tafakkurga ega bo’lishlari ularda ijodiy muhitning qanchalik tarkib toptirilganligiga bog’liq. “To’laqonli kreativlikxarakteriga ega ta‟lim muhitini yaratish puxta o’ylangan rejaga tayanadi. O’qituvchilar agarda o’zlarining kreativ o’qitish metod va strategiyalarini qo’llash turlari Shaxsning hayotiy tajribasi va shaxsiy sifatlarini aniqlovchi testlar. Ijodiy tafakkur va uning natijalari (tezkorlk, samaradorlik, mahsuldorlik va aniqlovchi testlar (ya‟ni keng ko’lamda o’ylash va kreativ fikrlash jarayonini tashkil etish)da katta samaradorlikka erishishni istasalar, buni bo’lajak pedagoglar ongiga singdirishlari va o’z vazifalarini sidqidildan bajarishlari lozim (Higgins, Hall, Baumfield, & Moseley, 2005)”. Qolaversa, “kreativ xarakterga ega muhitdagina bo’lajak pedagoglar o’rganayotgan mavzuning mazmuni, o’quv axborotlar o’rtasidagi o’zaro aloqani tushunish imkoniyatiga ega bo’ladi va bu haqida fikrlash boshlashadi (Anderson et al., 2000)”.Ta‟lim amaliyotining kreativ xarakter kasb eta olmayotganligi bir qator tadqiqotchilar tomonidan o’rganilgan. M: xorijiy mamlakatlarda Begetto, Kaufman, Kirshner (2010), Sveller, Klark (2006) kabi tadqiqotchi-pedagoglar buning sabablari hamda ularni bartaraf etish shartlarini quyidagilar bilan izohlaydilar: “Ko’p hollarda, o’qituvchilar fanning faqat mazmuni bilan tanishadilar, biroq fikrlash jarayoniga katta ahamiyat va e‟tibor va talablar qanday rivojlanishlari mumkinligi haqida hech qanday ma‟lumot bermaydilar.

O’qituvchining palapartish yo’riqlar berish yondashuvining samaradorligi bo’lajak pedagoglar o’quv faoliyatini oshirishga yo’naltirilgan metod va strategiyalardan sezilarni darajada past (Beghetto, Kaufman, 2010; Kirschner, Sweller, Clark, 2006). Vaholanki, talablarda fikrlash ko’nikmasi bo’yicha yo’riqlarni aniq va tushunarli etkazib berish uchun o’qituvchi (tanqidiy, kreativ) fikrlash usullari, ko’nikmalarni samarali shakllantitrish yo’llari bilan bo’lajak pedagoglarni tanishtirish, orqali bo’lajak pedagoglar o’quv faoliyatini nazorat qilish va uni yo’naltirishi lozim”. Mualliflar tomonidan bildirilgan fikrlarning misollar yordamida yoritilganligi o’qituvchi va bo’lajak pedagoglarning kreativ fikrlash jarayonini tashkil etish to’g’risidagi fikrlarini oyinlashtirishga yordam beradi. “M: bo’lajak pedagoglar “Immigratsiya hodisasining mohiyatini “Aqliy hujum” strategiyasi asosida o’rganish jarayonda, eng avvalo, strategiyaning o’zi nimaligini, uni qanday qo’llash zarurligi haqidagi tushunchalarga ega bo’lishlari lozim”.Shaxs kreativligini rivojlantirish jarayonida “tabaqalashtirish”,“davrlashtirish” tushunchalarining muhim ahamiyat kasb etishi e‟tiborni tortadi.Xo’sh, bu ikki tushuncha qanday mazmunni ifodalaydi?



Tabaqalashtirish (lot. “diferentia” – “farqlanish”, “darajalanish”) –butunning turli bosqich yoki darajalarga ajratilishi.

Davrlashtirish (yunon. “peridos” – “doira bOylab aylanish”) – muayyan hodisaning qandaydir yakunlangan jarayonni qamrab olgan vaqt birliklariga ajratilishi

Kreativ jihatdan rivojlanishda har bir shaxs hayotida davr va bosqich muhim ahamiyat kasb etadi. Demak:



Kreativlikning rivojlanish davri – ma‟lum kreativlik sifatlarining rivojlanish yakuniga etgan qandaydir vaqt birligi.

Kreativlikning rivojlanish bosqichi – muayyan kreativlik sifatlarining rivojlanganlik darajasi

Shunga ko’ra ma‟lum davr va bosqichlarda pedagoglarda ham kreativlik sifatlari ijodiy faoliyat malakalari rivojlanadi. Kreativ tafakkurga ega b o’lajak pedagoglar: boshqa bo’lajak pedagoglarning xayoliga kelmagan g’oyalarni bildiradi; o’zlarini ifoda etishning o’ziga xos uslubini tanlaydi; ba‟zan mavzu aloqasi yo’q yoki g’ayrioddiy savollar beradi; echimi ochiq qolgan vazifalardan zavqlanadi; g’oyalarni aniq dalillar asosida muhokama qilishni afzal ko’radi; muammoning echimini topishda noan‟anaviy yondashuvni tanlaydi.

- Shaxsga xos kreativlik sifatlari quyidagilar sanaladi:

- Ijodiy yo’nalganlik;

- Mantiqiy fikrlash qobiliyati;

- Eruditsiya (bilag’onlik);

- Boy tasavvurga egalik;

- Ijodiy ta‟sirchanlik va tashabbuskorlik;

- O’z ijodkorligini to’la-to’kis namoyish etish;

- Refleksiya qobiliyati;

- Hissiyotga boylik;

- Tavakkal qila olish qobiliyati;

- Tafakkur tezligiga egalik;

- Ichki sezgining rivojlanganligi;

- O’ziga xos (orginal) g’oyalarni ilgari sura olish qobiliyati;

- Innovatsion qobiliyatga egalik;

- Yuksak badiiy qadriyatlarga egalik;

- Mavjud tajriba va bilimlar asosida yangi qarorlarni qabul qilish malakasi.

Pedagoglar kreativlik sifatlari bilan bir qatorda ijodiy faoliyatni tashkil etishga layoqatlilikni ifodalovchi quyidagi malakalarga ham ega bOlishlari zarur:

Pedagoglarda kreativ faoliyatni tashkil etishga imkon beradigan

malakalar guruhlari:

1) bilishga oid (gnostik) malakalar;

2) loyihalash malakalari;

3) ijodiy-amaliy (konstruktiv) malakalar;tadqiqotchilik malakalari;

4) muloqotga kiruvchanlik (kommunikativ) malakalari;

5) tashkilotchilik malakalari;

6) izchillikni ta‟minlovchi (protsesssual) malakalar;

7) texnik-texnologik malakalar

Quyida ushbu malakalar guruhlarining mohiyati yoritiladi:

Bilishga oid (gnostik) malakalar:

- Bo’lajak pedagoglarning yosh va individual xususiyatlari, jamoaning ijtimoiy- psixologik o’ziga xosligini inobatga olgan holda o’quv-tarbiyaviy vazifalarni aniq belgilash;

- zamonaviy ta‟lim talablaridan kelib chiqqan holda o’quv-tarbiya jarayonini didaktik, psixologik va metodik jihatdan rejalashtirish va tahlil qilish;

- ta‟lim va tarbiya jarayonlarini tashkil etishning samarali shakl, metod va vositalarni asosli ravishda tanlay olish;

- bo/lajak pedagoglar tomonidan o’quv dasturi talablaridan kelib chiqqan holda materiallarni o’zlashtirganlik natijalarini, o’quvchilarning tarbiyalanganlik va rivojlanganlik darajasini aniqlay bilish;

- bo’lajak pedagoglarning bilishga bo’lgan qiziqish, ehtiyoj va faolliklarini rivojlantirish bo’yicha turli ko’rinishdagi ishlarni olib borish;

- darsda, darsdan tashqari sharoitlarda, kuni uzaytirilgan guruhlarda, to’garak, klub yoki jamiyatlarda turli tarbiyaviy ishlarni olib borish;

- bo’lajak pedagoglar, ularning ota-onalari bilan individual ishlarni amalga oshirish;

- bo’lajak pedagoglarda sog’lom turmush kechirishga bo’lgan ehtiyojni shaxsiy va umumiy gigienaga amal qilish ko’nikmalarini, birinchi tibbiy yordam ko’rsatish malakalarini shakllantirish;

- ta‟lim jarayonida turli ko’rsatmali qurollar, zamonaviy texnik vositalar,axborot va ilg’or pedagogik texnologiyalaridan foydalanish;

- didaktik material va ko’rsatmali qurollarni ishlab chiqish;

- ota-onalarni pedagogik bilimlar asoslari, bolalarning asosiy yosh xususiyatlari, psixologik o’ziga xosliklari, turli yosh bosqichlarida farzandlar bilan ota-onalar o’rtasida kechadigan munosabatlar mohiyatidan xabardor qilish;

-o’z-o’zini tahlil qilish, o’z-o’zini baholash va shaxsiy faoliyatda yo’l qo’yilgan kamchiliklarni tuzatish

Loyihalash malakalari:

- dars yoki tarbiyaviy tadbirlarning loyihalarini yaratish;

- dars yoki tarbiyaviy tadbirning texnologik xaritasini yaratish;

- dars yoki tarbiyaviy tadbir mohiyatini bosqichma-bosqich yoritish;

- ta‟limiy yoki tarbiyaviy faoliyat maqsadini aniq belgilash;

- maqsadga mos keladigan vazifalarni aniqlash;

- o’quv materialining didaktik, tarbiyaviy va rivojlantiruvchi maqsadlarini bayon etish;

- o’quv yoki tarbiyaviy xarakterdagi material mazmunini shakllantirish;

- o’quv yoki tarbiyaviy material mazmunini ochib beradigan bir qancha ma‟lumotlar o’rtasidagi o’zaro izchillikni ta‟minlash;

- bo’lajak pedagoglarni mustaqil fikrlashga rag’batlantiruvchi savollar tizimini ishlab chiqish;

- dars yoki tarbiyaviy tadbirning metodik tuzilishini asoslash;

- dars yoki tarbiyaviy tadbir jarayonida bajariladigan pedagogik topshiriqlar tizimini aniqlash;

- yangi materialni bayon etishda turli zamonaviy yondashuvlarni qo’llash;

- muayyan izchillikka ega test topshiriqlarini ishlab chiqish;

- bo’lajak pedagoglarning bilim darajasini tashxislash jarayonini asoslash;

- bo’lajak pedagoglar jamoasi hamda alohida talabaning tarbiyalanganlik va rivojlanganlik darajasini baholash mexanizmin yaratish



Ijodiy-amaliy (konstruktiv) malakalar:

- alohida-alohida ma‟lumotlardan foydalangan holda yaxlit o’quv va tarbiyaviy xarakterdagi materialni shakllantirish;

- o’quv materialini turli rasm, surat, jadval, diagramma, model va boshqalar bilan boyitish;

- o’ziga xos, orginal o’quv materialini tayyorlash;

- mustaqil ravishda yangi metodni asoslash;

- O’quv mashg’uloti (dars) va tarbiya tadbir uchun ko’rsatmali qurollar to’plamini yaratish;

- dars yoki tarbiyaviy tadbirning texnologik pasporti, xaritasini yaratish;

- dars yoki tarbiyaviy tadbirda foydalanish uchun multimediya materiallarini yaratish;

- O’quv materialining taqdimot variantini tayyorlash;

- turli mavzulardagi tarbiyaviy tadbirlar uchun bo’lajak pedagoglarning faol ishtirokida video roliklar yaratish;

- dars konspektini tayyorlash;

- turli shakl va metodlarga asoslangan sinov topshiriqlari (savol, topshiriq, masala, misol, mashq, test), baholash mezonlarini ishlab chiqish;

- nazorat ishlarini tashkil etishga ijodiy yondashish;

Tadqiqotchilik malakalari:

- ilmiy izlanish olib borish metod va vositalarini tanlash;

- manbalar bilan ishlash (nazariy tahlil, muhim ma‟lumotni topish, tezis,konspekt, referat, kartoteka bilan ishlash, adabiyotlar ro’yxatini tuzish);

- nashr manbalari va axborot texnologiyalari (Internet) materiallari bilan tanishish;

- anketa so’rovini tashkil etish;

- zamonaviy pedagogik muammolarni aniqlash, dolzarbligini asoslash;

- mavjud manbalar asosida muammoning ishlanganlik darajasini o’rganish;

- pedagogik tajriba olib borish metodikasini ishlab chiqish;

- uch (yoki to’rt) bosqichli pedagogik tajribani ilmiy-metodik tashkil etish;

- ilmiy maqola, axborot va hisobot tayyorlash;

- ilmiy maqolalarni nashrga tayyorlash;

- pedagogik tajriba natijalarini umumlashtirish va tahlil qilish;

- tahlil natijalarini matematik-statistik tahlil qilish;

- statistik tahlil natijalariga ko’ra xulosa chiqarish va ilmiytavsiyalarni ilgari surish;

- pedagogik tajriba natijalarini muhokama qilish (savollar qo’yish, shaxsiy fikrni bildirish, tanqidiy fikrlarni ayta olish, amaliy takliflar berish)

Muloqotga kiruvchanlik (kommunikativ) malakalari:

- bo’lajak pedagoglar, ota-onalar, ta‟lim muassasasi rahbariyati, hamkasblar bilan muloqotda turli shakl, metodlardan foydalanish;

- pedagogik amaliyotning barcha ishtirokchilari bilan amaliy, ishchanlik yoki shaxsiy munosabat o’rnatish;

- bo’lajak pedagoglarga ma‟lumotlarni etkazishning samarali yo’l va vositalarini topish;

- topshiriqlar yuzasidan talabaning javobi yoki shaxsiy fikrlarini tinglay bilish;

- pedagogik jarayonlarda yuzaga keladigan nizolarning oldini olish, bartaraf etish yoki rivojlantirish;

- jamoa va turli bosqichdagi bo’lajak pedagoglar o’rtasida o’zaro munosabatlarni mustahkamlash;

- jamoada sog’lom raqobatga asoslangan muhitni qaror toptirish;

- bo’lajak pedagoglarning faoliyatlarini rag’batlantirish;

- talaba javobidagi xato yoki xatti-harakatidagi kamchiliklarga munosabat bildirish;

- bo’lajak pedagoglar bilan ta‟limiy hamkorlikka erishish

Tashkilotchilik malakalari:

- bo’lajak pedagoglarning o’quv-bilish faoliyatini boshqarish;

- - bo’lajak pedagoglarda ilmiy bilimlarni o’zlashtirish ko’nikma, malakalarini shakllantirish;

- dars jarayonida vaqtni to’g’ri taqsimlash va rejani samarali bajarish;

- bo’lajak pedagoglar bilan individual ishlarni tashkil etish;

- guruh jamoasi bilan jamoaviy yoki guruhli ishlarni olib borish;

- bo’lajak pedagoglarda ta‟lim muassasasi ichki tartib-qoidalariga rioya etish ko’nikmalarini shakllantirish;

- bo’lajak pedagoglarga o’quv va ijtimoiy topshiriqlarni berish;

- o’quvchilarning diqqatini boshqarish;

- bo’lajak pedagoglar o’rtasida bahs-munozara tashkil etish va uni boshqarish;

- darslarda o’yin texnologiyalaridan foydalanish;

- bo’lajak pedagoglarning o’quv faolliklarini oshirish, ularning mustaqilligini ta‟minlash;

- kichik guruhlarni shakllantirish asosida topshiriqlar bajarilishini ta‟minlash;

- bo’lajak pedagoglar bilan hamkorlikda tarbiyaviy ishlar ro’yxatini ishlab chiqish.



Izchillikni ta‟minlovchi (protsesssual) malakalar:

- o’quv materiali mazmunini bayon qilishda nutqiy izchillikni ta‟minlash;

- og’zaki va yozma nutqni bayon qilishda o’zaro izchillikni qaror toptirish;

- bo’lajak pedagoglarning mavjud bilimlari bilan yangi o’zlashtiriladigan bilimlar o’rtasida muayyan izchillikni yuzaga keltirish;

- bo’lajak pedagoglarning mavjud hayotiy qarashlarini yangi g’oyalar bilan boyitish;

- darsda va darsdan tashqari tarbiyaviy ishlaarda pedagoglarni faol faoliyatga undovchi metodlardan foydalanishda muayyan izchillikka erishish;

- pedagoglar BKM darajasining DTS talablariga muvofiq kelishida ma‟lum izchillikka erishish;

- guruh jamoasining ijtimoiy-psixologik holatini o’rganish metodlaridan foydalanishda pedagogik faoliyat izchilligini ta‟minlash;

- pedagoglarning tarbiyalanganlik va rivojlanganlik darajasini baholashda doimiy izchillikka erishish

Texnik-texnologik malakalar:

- ta‟lim jarayoniga zamonaviy texnik vositalarini tatbiq etish;

- dars jarayoni mazmunini texnologik pasport va texnologiya xarita yordamida yoritish;

- O’quv materiali mazmunini yorituvchi slaydlarni tayyorlash;

- O’quv mashg’ulotlarini axborot texnologiyalari, interfaol metodlar yordamida tashkil etish;

- ixtisoslik fani xususiyatidan kelib chiqqan holda turli texnik vositalardan foydalanish;

- darslarda proektorni qo’llay olish;

- O’quv materiallarini audio va video yozuvlari, taqdimot asosida bayon qilish;

- pedagoglarda o’quv materialini mustahkamlash va o’quv topshiriqlarini berishda axborot texnologiyalarini qo’llash;

- kompyuter imkoniyatlaridan foydalanishga doir o’quv topshiriqlarini ishlab chiqish;

- pedagoglarning BKMni baholashni kompyuter asosida tashkil etish;

- pedagoglarning bilim olganlik va tarbiyalanganlik darajalarini tashxis qilishda kompyuter yordamiga tayanish va b.sh.


XULOSA

Kreativlik tushunchasi (lot., ing. “create” – yaratish, “creative” yaratuvchi, ijodkor) ingliz tilidan tarjima qilganda ijod ma‟nosini anglatadi. Haqiqattan esa yangi, original (o’ziga xos) yanada sayqallangan moddiy va ma‟naviy bog’liqliklarni yaratishdir. Kreativlikni: ijodga intilish, hayotga ijodiy yondashish, o’ziga doimiy tanqidiy nazar solish va tahlil etish deyish mumkin. Hozirgi zamon psixologiya va pedagogika lug’atlariga asoslanib o’qituvchining kreativligi deb uning fikrlaridagi sezgilaridagi, muloqotdagi, alohida faoliyat turidagi, ijodiy yondashish, bilish darajasi deb ta‟riflash mumkin.



Oqituvchining kreativligi, bu uning qat‟iy, chegaralangan yoki sust chegaralangan sharoitlarda har xil original g’oyalarni izlab topish laoyiqatidir.

“Kreativlik otasi” nomi bilan mashhur Pol Torrans to’rtta kreativlik ko’nikmasini aniqlagan (1987a). Uning olib borgan tadqiqotlari shundan dalolat beradiki, mazkur kreativ ko’nikmalarni shakllantirish va ularni baholash mumkin:



1. Ravonlik. Ko’plab g’oyalarni o’ylab topish ko’nikmasi ko’p degan so’zga asoslanadi.

2. Moslashuvchanlik. Turli g’oyalarni o’ylab topish ko’nikmasi o’zgartirish degan so’zga asoslanadi.

3. O’ziga xoslik. Boshqalarga o’xshamagan, ajralib turuvchi g’oyani o’ylab topish ko’nikmasi noyob degan so’zga asoslanadi.

4.Yaratuvchanlik. G’oyalarni kengaytirish ko’nikmasi qo’shish degan so’zga asoslanadi. Xorijliy pedagoglar, xususan, Patti Drapeauning fikricha, bir shaxsning, ayniqsa, o’qituvchining kreativligi boshqa (talaba)larni ijodiy jarayonni tashkil etishga ruhlantiradi. “Kreativlik yuqumlilik xususiyatiga egadir; kreativ bo’lish uchun kishi ko’proq kreativ insonlar bilan muloqot qilishi va hamisha izlanishda bo’lishi lozim. Har qanday kOnikmani shakllantirish mumkin bOlganiday, kreativ fikrlash qobiliyati yoki ko’nikmasini ham rivojlantirish mumkin. Bu pedagoglarga ham taalluqli bo’lib, kreativlik ustida ishlash pedagoglarga noodatiy tarzda fikrlashga yordam beradi. Biroq, pedagoglarni ruhlantirish va kreativ bo’lishga undash o’qituvchining qay darajada malakali

ekanligiga bog’liq. Kreativlik bo’yicha olib borilgan tadqiqotlar va kreativlik nazariyachilarining ishlari pedagoglarda kreativlik ko’nikmasini shakllantirishda qo’llanma sifatida xizmat qiladi. Bu auditoriyadagi muhit, pedagoglarda fikrlash tarzining shakllanishi, o’qituvchining yondashuv va strategiyalari elementlarini o’z ichiga oladi”.



pedagoglarda kreativlikni shakllantirish

pedagoglarda kreativlikni shakllantirish

pedagoglarni ... - qiziqarli; - murakkab vazifalar; - aniq maqsad va vaqt bilan ta‟minlash

pedagoglarga ... - kreativlik muvozanatsizlik xissini yuzaga keltirishini anglatish; - bezovtalik va qo’rquv hissidan xalos bo’lishga yordam berish;

- kreativ fikrlash ko’nikmalarini boshqa ko’nikmalar bilan rivojlantirishga yordam berish;

- “qutqarib” qolish emas, balki yo’l-yo’riq ko’rsatish

pedagoglarni ... - suhbatlar orqali rag’batlantirish; - konstruktiv sharhlar bilan ta‟minlash;



- yangi ko’rsatmalar bilan tanishtirib boorish

pedagoglar ... – o’zlarida kreativlikning boshqa turlarini ham rivojlantira olishlari;



- guruhda ishlay olishlari;

- hissiy jihatdan erkin va ijobiy fikrlarga ega Bo’lishlari uchun poydevor bo’ladigan muhitni

Yaratish imkonini beradi.



ADABIYOTLAR RO`YXATI

1. I.A.Karimov. O`zbekiston: o`z istiqlol va taraqqiyot yo`ll. T., "O`zbekiston", l992.

2. l.A.Karimov. Vatan sajdagoh kabi muqaddasdir. - T.,"O`zbekiston", l995.

3. A.Jo`raev. Tarbiyaviy darslarni o`tish. -T., "O`qituvchi",2018.

4. A.K.Munavvarov. Oila pedagogikasi. - T., "O`qituvchi",2019.

5. UMahkamov. Axloq-odob saboqlari. - T., "Fan", 2017.

6. M.Xaydarov. Kichik maktab yoshidagi o`quvchilaraing mehnat tarbiyasida xalq an'analaridan foydalanish. - T.,"Yozuvchi", 2015.

7. O.To`raeva. Odobnoma. - T., "O`qituvchi", 2019.

8. J.Yo`ldoshev. Ta'limimiz istiqloli yo`lida. - T., "Sharq",2016.

9. Z.Qo`ziev. Sinf rahbari ishini tashkil etish va rejalashtirish. -T., 2017.

10. MJmomova. Oilada bolalarning ma'naviy-axloqiy tarbiyasi -T., 2018.

11.J.Yo`ldoshev. O`quvchi rha'naviyajini shakllantirish. - T.,«Sharq», 2017.

12.R.Mavlonova, O.To`raeva, K.Xoliqberdiev. Pedagogika. -T., "O`qituvchi", 2019.

13. www.gov.uz

14. www.press-uz.info

15. www.ziyonet.uz

16. www.edu.uz

17. www.pedagog.uz



TINGLOVCHINING MALAKA OSHIRISH DAVRIDA O‘Z-O‘ZINI RIVOJLANTIRISHI VA MUSTAQIL BILIM ORTTIRISHI BO‘YICHA BAJARILGAN ISHLARI


T.r

Ta’limga oid so’zlar

Ingliz tilida tarjimasi

1

Umumiy o’rta ta’lim maktab

Secondary school

2

Direktor

Director

3

O’qituvchi

Teacher

4

O’quvchi

Pupil

5

Kitob

Book

6

Daftar

Nootebook

7

Ruchka

Pan

8

Doska

Board

9

Bo’r

Cholk

10

Sinf

Classroom

11

Malaka

Experience

12

Metod

Method

13

Tahlil

Analysis

14

Toifa

Category

15

Sifat

Quality

16

Natija

Result

17

Model

Model

18

Boshlang’ich ta’lim

Primary education

19

Oliy ta’lim

Higher education

20

O’quv ishlari bo’yicha direktor o’rinbosari

Deputy Director on educational Affairs

21

A’lochi

excellent

22

Olimpiada

olympics

23

Xalq ta’limi

public education

24

Ma’naviay

spirituality

25

Ijtimoiy

social

26

Maxorat

skill

27

Tajriba

experience

28

Kundalik

daily

29

Tanaffus

break

30

Dars

Lesson


Tinglovchining malaka oshirish kursi davrida o‘qigan kamida bitta badiiy adabiyotning qisqacha mazmuni(hajmi kamida 2 betdan iborat annotatsiya)

O’TKAN KUNLAR” ROMANI



“O’tkan kunlar romanining ma’no mundarija doirasi nihoyatda keng. Unda xilma-xil insoniy taqdirlar, ijtimoiy-siyosiy, ma’naviy-axloqiy, oilaviy ishqiy muammolar qalamga olingan. Biroq ular orasida yurtning, millatning taqdiri, mustaqilligi masalasi alohida ajralib turadi. Binobaring el-yurtning mustaqillgi, birligi masalasi romanning asosini tashkil etadi. Asarning bosh qahramonlari otabek va yusufbek hojilar shu yurt istiqloli, farovonligi, osoyishtaligi yo’liga hayotini, jonini tikkan fidoyi kishilardir. “O’tkan kunlar” bamisoli ulkan va tiniq ko’zgu, unda o’zbek millatining muayyan tarixiy sharoiti, vaziyatdagi turmushi, urf-odatlari, ruhiy-ma’naviy dunyosi, boy’-basti, qiyofasi keng ko’lamda aniq ravshan gavdalantirilgan. “O’tkan kunlar” bir qarashda an’anaviy ish dostonlarini ham eslatadi. Unda Otabek bilan Kumushning ishqiy sarguzashtlari, fojiasi juda katta mahorat bilan tasvir etilgan. Asardagi ishqiy sarguzashtlar kitobxonni hayajonga soladi, Otabek bilan Kumishning go’zal baxtini barbot etgan omillar kishini chuqur o’yga todiradi. Muallif oshiqlarning ishqiy sarguzashtlari bahonasida muayyan tarixiy davrni- Turkistoning rus bosqini arafasidagi ahvoli, qora kunlrini ko’z oldimizda gavdalantirgan. Qodiriy ishqiy sarguzashtlar ko’rinishida o’lkaning turqunlikka tushishining bosh sababi jaholat, qololik va o’zaro ichki nizolardir degan fikrni g’oyat ustalik bilan aytadi. Garchi romanda adib shaxs xarakteri va qismatini muhit, sharoit, ijtimoiy muammolar bilan chambarchas aloqadorlikda ta’sir va tahlil etsada, inson shaxsining muhit va sharoitiga bog’li bo’lmagan tug’ma, sirli-sehrli g’aroyib shevalarga ham e’tiborini tortadi. Bu jihatdan bir oila bir xil sharoitda tug’ilib voyaga yetgan sajiya-xarakter, surat va siymo vajidan ikki-olam egachi singil Zaynab va Xushro’ybibi obrazlarining talqini g’oyat ibratlidir. Biri mute itoatkor, nuqul o’zgalar izni bilan ish ko’radi; ikkinchisi esa dadil, mustaqil, o’z baxti va taqdiri uchun faol kurash olib boradi. Yozuvchi bu ikki shaxs xarakteriga xos tug’ma xususiyatlarni sharg’alash bilangina cheklanmaydi. Bunday xislatlarning o’sha kimsalar, qolaversa o’zgalar taqdiriga ko’rsatgan ta’siri, fojia oqibatlarini ham ifoda etadi. O‘zini boshqalar ixtiyoriga topshirib qoygan Zaynab shu ojizligi tufayli o’z baxtiga zomin bo’libgina qolmay, yana o’sh ojizligi tufayli o’zgalar qutqusi orqasida beixtiyor jinoyatga qo’l uradi – Kumushga zahar beradi. Mustaqillik, dadillik- yaxshi xislat, biroq unga xudbinlik aralashsa baloi azimgaa aylanishi mumkin. Xushro’ybibi o’z baxti uchun kurashadi; Shaxsiy manfaatlari yo’lida hech narsadan qo’rqmaydi; Birovlarning ko’z yoshlari hisobiga , o’zgalarning baxtiqarorligi evaziga o’z baxtini tiklaydi. Romandagi O’zbek oyim obrazi ham nihoyatada tabiiy va go’zal siymolaridan biridir. Dumbul tabiat bu ayol o’g’li Otabek, qolaversa kelinlari-Kumush, Zaynab taqdirlarning chigallashib ketishi, oxiri fojiaga yuz tutishida bosh sababchi ekani ayon.biroq har qancha gunohkor bo’lmasin, o’ta andishali adib uni keskin qoralashga tili bormaydi. Nima bo’lganda ham, O’zbek oyim, baribir ona… Ayni paytda rostgo’y, realist yozuvchi onaning palaa-partish, dovdir xatti harakatlaridan, tabiatdagi ayrim kamchiliklaridan ko’z yumub o’tolmaydi. Bu borada adibga xalqona yumor qo’l keladi. Bu obraz tasviri boshdan-oyoq ajib serjilo-ham kinoya, ham ardoq mehrga to’la yumor bilan yo’g’rilgan. Xullas, “O’tkan kunlar” romani to’qima qahramonlarning hayotiylik kasb etishi va tarixiy voqialarga uyg’unligi jihatidan ham mujassamot butunligi va tilidagi nafosati jihatidan ham o’zbek adabiyoti xazinasdagi durdonalar qatoridan o’rin olgandir. “O’tkan kunlar” o’zbek adabiyotida ilk roman bo;lishining o’zi bilanoq ilgari bosilgan katta qadan edi. Unda realizmning asosiy tamoillari yuqori badiiy saviyada amalga oshirildi, roman, umuman, o’zbek adabiyotida yetuk realizmga asos soluvchilik rolini o’ynadi.

Tinglovchi Sultonov Akmal Asroqulovichning o‘z kasbiy mahoratini uzluksiz oshirib borishga qaratilgan

YO‘L XARITASI



Amalga oshiriladigan tadbir (muammo)

Amalga oshirish mexanizmi

Amalga oshirish muddati (yil, oy)

Kutilayotgan natijalar diagnostikasi

1-yil

1

Prezidentimiz tomonidan ta’limg oid farmon va farmoishlari, hukumat qonun va qarorlari bilan tanishin borish

Ijtimoiy tarmoqlar Lex.uz hamda tegishli vazirlik va idoralarning maxsus sahifalaridan

O’quv yili davomida

O’qituvchi shaxsining huquqiy ongi va huquqiy madaniyati shakllanib boradi

2

O’zR VMning 2017-yil 15-martdagi 140-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Umumiy o’rta ta’lim to’g’risidagi nizom” hamda 2017-yil 6-apreldagi 187-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Umumiy o’rta ta’limning Davlat ta’lim standarstlari”ni bajarilishi




Maktabda Nizom asosida ish olib borish va DTS talablarini bajarilishini nazorat qilib borish

O’quv yili davomida

O’quvchilar bilim darajasini oshirish va zamonaviy ped texnologiyalar asosida darslarni tashkillashtirish

2-yil

3


O’zR Prezidentining 2012-yil 10-dekabrdagi 1875-sonli “Chet tillarini o’rganish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi qarorining ijrosi yuzasidan maktabda chet tillarini sifatini oshirish



Maktabda darslardan tashqari chet tillarini o’rganish bo’yicha to’garaklarni tashkil etish va o’quvchilarni qamrab olish

O’quv yili davomida

O’quvchilarni chet tilarida bemalol tushunib muloqot qila olish darajasiga yetkazish

4


Uslubiy birlashmalar faoliyatini to‘g‘ri yo‘lga qo‘yish va rivojlantirish.

Uslubiy birlashmalar to‘g‘risidagi nizom.

O‘quv yili davomida.

Ish faoliyati tizimi yaxshilanadi.


3-yil

5



“Ilm ma’rifat va raqamli itisodiyotni rivojlantirish yili”da ilm texnikani rivojlantirish maqsadida pedagog jamoa bilan ZOOM platformasi orqali mahorat darslarini tashkil etish

Ijtimoiy tarmoqlarda ZOOM platformasiga ulanish imkoni bo’lgan o’qituvchilar sonini aniqlash

2020 yil noyabr oyidan

Maktab o’qituvchi- padagoglari ijtimoiy tarmoqlar orqali maktabga hamda ta’limga oid olib borilayotgan yangiliklar, o’zgarishlar, topshiriqlar va vazifalarni bilib olish imkoni paydo bo’ladi

6


Pedagogik kadrlarini malaka va attestatsiyadan o’tkazib toifalarni ko’paytirish




Malaka oshirish grafigi asosida

O‘quv yili davomida

Pedagoglarning zamonaviy pedtexnologiyalarni o’rganish va bilim ko’nikmasini yanada oshirish




KATTAQO’RGO’N TUMAN XALQ TA’LIMI

BO’LIMI TASARRUFIDAGI 92-UMUMIY O’RTA TA’LIM

MAKTABI GEOGRAFIYA FANI O’QITUVCHISI

sultonov akmalNING

7-SINFLAR UCHUN



GEOGRAFIYA FANIDAN BIR SОATLIK








Download 1.17 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling