Sun yat-senning siyosiy irodasi


Oriental Renaissance: innovative


Download 0.52 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/7
Sana17.06.2023
Hajmi0.52 Mb.
#1531332
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
sun-yat-senning-siyosiy-irodasi

Oriental Renaissance: innovative, 
educational, natural and social sciences
 
 
VOLUME 1 | ISSUE 1 
ISSN 2181-1784
 
244 
w
www.oriens.uz
2021
 February 
 
Sun YAt-sen iste’foga chiqqanida Xitoyning iqtisodiy rivojlanish rejalarini 
ilgari surishga kirishadi. Ammo uning tarafdorlari orasida kuchli kelishmovchiliklar 
elementlari bo‘lgan. Bularni YUan SHikay parlament vositasi bilan yo‘q qilishiga 
umid qilishgandi. YUan SHikayning harbiy diktaturasi davrida Sun YAt-sen chetda 
(YAponiya, 1914) yangi inqilobiy tashkilot - CHjongxua Gemindang (Xitoy 
inqilobiy partiyasi) ni yaratadi. 1916 yil 21 iyun kuni Sun YAt-sen qaytadi. 1917 yil 
18 sentyabrda Guanchjouda parlamentning rasmiy ochilishi bo‘lib o‘tadi, u erda 
militarist SHimolga qarshi harbiy harakat boshlash to‘g‘risida qaror qabul qilinadi. 
Sun YAt-sen Janubiy Xitoyning generalissimusiga aylanadi. Ammo uning haqiqiy 
hokimyati yo‘q edi. “Janubiy Federatsiya” qo‘shinlari turli viloyat militaristik 
kuchlariga tegishli edi. 1918 yil may oyining boshida Guansi guruhi rahbari general 
Lu YUntin oliy qo‘mondondan Sun YAt-senni iste’foga chiqishi va SHanxayga 
ketishi kerakligni talab qilgan edi. U faol inqilobiy faoliyatdan vaqtincha chekkaga 
chiqishga qaror qiladi va uchta mustaqil kitobdan iborat “Mamlakat qurish dasturi” 
qisman yozilgan asarini yakunlaydi: “Ma’naviy qurilish” (“Sun Ven ta’limoti”), 
“Moddiy qurilish” (“Sanoat rejasi”) va “Ijtimoiy qurilish” (“Demokratiyaning 
dastlabki qadamlari”). 
Sovet Rossiyasida Sun YAt-sen Xitoyning erkinligi va mustaqilligi uchun 
kurashuvchilar uchun sodiq va ishonchli ittifoqchini ko‘radi. “Xitoy inqilobining 
maqsadlari, - ta’kidlaydi u, “rus inqilobining maqsadlari bilan Xitoy inqilobining 
maqsadlari bir xil bo‘lganidek, rus inqilobining maqsadlari bilan bir vaqtga to‘g‘ri 
keladi. Xitoy va Rossiya inqiloblari bir xil yo‘ldan yurishadi. SHuning uchun Xitoy 
va Rossiya nafaqat yaqin aloqalarda, balki inqilobiy aloqalarida ham ular haqiqatan 
ham bitta oilani tashkil etishadi”.[10] 
Sun YAt-senning 1925 yil 12 martda vafoti, unga Xitoyning milliy ozodlik 
ishini yakunlashiga to‘sqinlik qiladi. U Pekinda oshqozon va jigar saratonidan vafot 
etadi, u erda og‘ir kasallikka qaramay, milliy birlikka erishish uchun, ichki urushlarni 
tugatish va Xitoyning barcha kuchlarini militarizm va imperializmga qarshi kurash 
uchun yig‘ishlik uchun kelgandi. O‘limidan bir kun oldin Sun YAt-sen Xitoy xalqiga 
vasiyatnoma yozadi va Sovet Ittifoqiga xabar yo‘llaydi. Pekinning shimoli-g‘arbiy 
chekkasidagi qadimgi Biyunsi ibodatxonasi negizidagi Sun YAt-sen yodgorlik 
pavilyonida uning matnlari oq marmar devorga tushirilgan. Uzoq vaqt davomida Sun 
YAt-sen ko‘ylagi – “jongshanjuang” ko‘plab xitoyliklarning sevimli kiyimiga 
aylanadi. Uning hoki Xitoyning birinchi prezidenti etib saylangan shahar Nankin 
shahridagi muhtasham maqbarada saqlanadi.[11] 

Download 0.52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling