Sun yat-senning siyosiy irodasi
Oriental Renaissance: innovative
Download 0.52 Mb. Pdf ko'rish
|
sun-yat-senning-siyosiy-irodasi
Oriental Renaissance: innovative,
educational, natural and social sciences VOLUME 1 | ISSUE 1 ISSN 2181-1784 242 w www.oriens.uz 2021 February yillarida Sun YAt-sen agronomiyaga katta qiziqish bildirgan va Xitoyda qishloq xo‘jaligi iqtisodiyotini ko‘tarish rejalarini ishlab chiqqandi. U bir nechta maqolalarini nashr ettiradi, shulardan ikkitasini hamkasbi CHjen Guanyin “Obodlik davrida dadil nutqlar” (1892) to‘plamiga kiritadi. Xuddi shu davrda Sun YAt-sen YAng Xolin, CHen SHaobo va YU SHaovan (YU Lya) bilan tanishadi va do‘stlar “To‘rt qaroqchi” guruhini tashkil etishadi. YAng Xolinning ota-onasi do‘konidagi uyda yig‘ilib, ular Xitoydagi siyosiy vaziyatni muhokama qilishardi, ko‘plab xitoylar nafratlanadigan manjurlar asos solgan hukmron Sin sulolasini qanday ag‘darish mumkinligi haqida o‘ylashardi. Sun YAt-sen 1850-1864 yillarda Taypin qo‘zg‘oloni etakchisi Xong Syuquanning shaxsiyatiga berilib, maqsadi Manjur sulolasini ag‘darish va Min sulolasini tiklash bo‘lgan “Osmon va Er” maxfiy jamiyati haqida ma’lumotlar oladi. “Osmon va Er” har xil tabaqadagi odamlarni birlashtiradi va o‘z mohiyatiga ko‘ra xalq orasida keng tarqalgan maxfiy jamiyatlarning an’anaviy xitoy shaklini - Xuidangni namoyish etadi. “Hokimiyat qonunga, xalq esa xuaydanlarga ishonadi”, - deyiladi xitoy maqolida.[3] Sun YAt-senning davlat nazariyasi va amaliyotidagi millat muammolari haqidagi qarashlari, albatta, o‘zgargan va muhim evolyusiyaga uchragandi, bu ularning tarixchilar tomonidan noaniq baholanishida o‘z aksini topgan.[4] Ammo tarixiy sharoitlar ta’sirini, shuningdek, xitoy (xan) etnosining uzoq rivojlanish an’analari va uning etnik o‘z-o‘zini anglashidagi tub o‘zgarishlarni hisobga olish zarurligi ko‘rsatib turibdi. Sun YAt-sen millat uchun yangi atamani – “Fu Zhonxua minzu” ni YAng Fu va Van Taodan o‘zlashtirishi bejiz emasdi. Sun YAt-sen o‘zining dastlabki bayonotlarida xitoyliklarning qo‘shnilari – “varvarlar”ga nisbatan tug‘ma ustunligi konsepsiyasiga sodiq qoladi, buni Xitoy tiklanish jamiyati va u taklif qilgan Birlashgan Ittifoq maqsadlari formulalari tasdiqlaydi. Ammo keyinchalik Sunning amaliy tajribasi, boshqa mamlakatlarning tarixi, shu jumladan etnik kelib chiqishi bilan tanishishi xitoylik siyosatchining ushbu muammo bo‘yicha qarashlari evolyusiyasini oldindan belgilab qo‘yadi.[5] Sun YAt-sen mamlakat uchun qayta tug‘ilish va etakchi davlatlar bilan teng huquqli faol xalqaro rol o‘ynashni istab, bunga erishish yo‘llarini aniqlashga urinadi. Xitoyni g‘arb bilan taqqoslab, uning tajribasidan foydalanishga chaqirib, g‘arbning qudrati nafaqat uning texnik va harbiy qudratida, balki Xitoydagidan ko‘ra erkinroq namoyish eta oladigan jamiyat a’zolarining erkin pozitsiyasida ekanligini ta’kidlaydi. Ularning qobiliyatlarini davlat manfaatlariga yo‘naltiradi va shuningdek, “er eng katta foyda keltirishini undan va har narsalardan to‘liq foydalanilishini va tovarlarning erkin aylanishi kerakligi”ni ta’kidlaydi. Ushbu to‘rt shart boylik va hokimiyatning asosiy sababi, hukumat asosidir. “Uni fikriga ko‘ra, ijobiy tomonga o‘zgarishi mumkin bo‘lgan bir qator tadbirlarni taklif qiladi. Ular orasida: mamlakatda transportni rivojlantirish, ta’limni takomillashtirish, qishloq xo‘jaligiga davlat tomonidan subsidiyalar berish, ichki sanoat kompleksini qo‘llab-quvvatlash va savdodir. Sun YAt-sen Xitoyning ahvolini yaqin qo‘shnisi YAponiya bilan taqqoslab, |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling