Sun’iy anizotroplik
Download 21.21 Kb.
|
Suniy anizotropik
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kurs ishining maqsadi
- II. ASOSIY QISM Deformatsiya natijasida hosil bo‘lgan anizotropiya
Sun’iy anizotroplik – tashqi ta’sir natijasida (ya’ni mexanik kuch, elektr maydon) izotrop molekulali muhit (izotrop muhit) anizotrop xususiyatga ega bo‘lgan muhitga aylanadi. Tabiiy anizotroplik – tabiatda shunday kristallar borki, ularning molekula yoki atomlarini xossalariga ko‘ra anizotrop xususiyatga ega bo‘ladi. Kurs ishi mavzusining dolzarbligi: Fanda muhitlarning izotropligi va anizotropligi muhim ahamiyatga ega bo‘lib, moddalarni amaliyotga tadbiq etilishda alohida o‘z o‘rniga ega Kurs ishining maqsadi: Sun’iy optik anizotropiya mavzusi bilan batafsil tanishib chiqish. Elektr maydonida nurning ikkiga ajralib sinish hodisasini o‘rganish. Tashqi ta’sir yordamida izotrop xususiyatga ega bo‘lgan molekulali muhitlarni anizotrop xususiyatga ega bo‘lgan molekulali muhitlarga aylantirish mumkinligini ko‘rib chiqish. II. ASOSIY QISM Deformatsiya natijasida hosil bo‘lgan anizotropiya Mexanik deformatsiyalarda nurning ikkiga aralib sinish hodisasini Zeebek (1813-yil) va Bryuster (1815-yil) kashf etgan. 1-rasm. Deformatsiyalashda nurning ikkiga ajralib sinish hodisasini kuzatishda asboblarni joylashtirish sxemasi. Jismni bir tomonlama, masalan, MN bo‘ylab (1-rasm) siqish yoki cho‘zishda bu yo‘nalish sezilarli bo‘lib qolib, optik o‘q vazifasini o‘taydi. Shu tariqa deformatsiyalangan jismning optik xossalari bir o‘qli kristallning xossalariga mos keladi. MN yo‘nalishida va unga perpendikulyar yo‘nalishda yuz beradigan tebranishlarga tegishli ne va n0 sindirish ko‘rsatkichlari bir-biridan maksimal farq qiladi. Sun’iy anizotropiyani o‘rganish tajribasining sxemasi kristallarda nurning ikkiga ajralib sinishini o‘rgatishdagi sxema bilan bir xildir. N1 va N2 polyarizatorlarning bosh tekisliklari jismning “o‘qi” bilan burchak (yaxshisi 450) hosil qilishi kerak, albatta. Tajribaning ko‘rsatishicha, anizotropiya o‘lchovi bo‘lgan ( ya’ni, oddiy va oddiy bo‘lmagan nurlarning sindirish ko‘rsatkichlarini farqi) n0 - ne ayirma P=F/S= F/lh kuchlanish kattaligiga, ya’ni yuza birligiga to‘g‘ri kelgan kuch kattaligiga proporsionaldir: n0-ne=kP bu yerda k – moddaning konstantasi. Nurlar qalinligi l bo‘lgan modda qatlamidan o‘tganda ega bo‘ladigan yo‘l farqi quyidagicha ifodalanadi: δ=l(n0-ne)= kPl Sindirish ko‘rsatkichining n0-ne ayirmasi materialga qarab musbat yoki manfiy bo‘lishi mumkin. Bundan tashqari, n0 va ne lar to‘lqin uzunligiga bog‘liq (nurning ikkiga ajralib sinishining dispersiyasi) bo‘ladi, shu tufayli oq yorug‘likda polyarizatorlar ayqashtirib kuzatilganda sun’iy anizotrop jism juda rangdor bo‘lib ko‘rinadi. Rang taqsimoti kuchlanishlar taqsimotining eng yaxshi belgisi (sifat jihatdan) bo‘lishi mumkin; bundan tashqari, rangdor maydonlarning paydo bo‘lishi anizotropiya namoyon bo‘lishining monoxromatik yorug‘likda bo‘ladigan yorishishdan ko‘ra juda sezgir belgisi hisoblanadi. Sun’iy anizotropiyani qayd qilish shaffof jismlarda paydo bo‘ladigan kuchlanishlarni kuzatishning juda sezgir metodi hisoblanadi. Yetarli darajada sekinlik bilan sovitilmagan shisha buyumlarda paydo bo‘ladigan kuchlanishlarni kuzatishda bu usul samarali ravishda qo‘llaniladi. Afsuski, texnik jihatdan muhim hisoblangan materiallarning aksariyati (metallar) noshaffof bo‘lganidan bu usul ularga bevosita qo‘llanilmaydi. Biroq shaffof materiallardan paydo bo‘ladigan kuchlanishlarni tadqiq etishning optik usullari keyingi vaqtlarda ayniqsa keng quloch yoydi. Bunday materiallardan, odatda, tadqiq etiladigan detalning kichraytirilgan modeli yasaladi, haqiqatda bo‘lishi mumkin bo‘lgan nagruzkani o‘xshashlik prinsipiga muvofiq tasvirlaydigan nagruzka beriladi va ayqashtirilgan polyarizatorlar o‘rtasidagi manzaraga qarab paydo bo‘ladigan kuchlanishlar, ularning taqsimoti va model qismlarining bir-biriga nisbatan munosabatiga bog‘lanishi va boshqa xarakteristikalar o‘rganiladi. Garchi o‘lchab topilgan n0-ne miqdorni P kuchlanish kattaligiga bog‘lovchi va yuqorida tilga olingan empirik qonuniyatlar optik manzaraga qarab nagruzkaning model bo‘yicha miqdoriy taqsimoti to‘g‘risida xulosa chiqarishga imkon bersada, amalda bunday hisoblarni bajarish nihoyatda qiyin. Xisoblash metodikasiga ham, eksperiment tartibiga ham bir qator takomillashtirishlar kiritilgan bo‘lishiga qaramay, bu usul asosan sifat tomondan ahamiyatga egadir. Biroq bu usul mana shu shaklida ham tajribali kishilar qo‘lida yangi konstruktsiyalarni hisob qilish sohasidagi dastlabki ishlarni ancha kamaytirib ko‘p naf keltiradi. Download 21.21 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling