- Tadqiqot yo’nalishlari va tyuring testi
- Bugungi kunda sun’iy intellekt texnologiyalari ikki yo’nalishda rivojlanmoqda:
- Pastga (semiotik). U nutq, fikrlash va his-tuyg’u kabi yuqori darajadagi ruhiy jarayonlarni bildiruvchi yangi tizimlar ishlanmalari va bilim asoslarini taqdim etadi.
- Yuqoriga (biologik). Bu yondashuv biologik jarayonlar nuqtai nazaridan aqlli xatti-harakatlar modellarini yaratuvchi neyron tarmoqlar sohasida tadqiqotlar o’tkazishni ko’zda tutadi. Bu yo’nalish bazasini neyrokompyuterlar tashkil qiladi.
- Tyuring testi sun’iy intellekt (mashinalar)ning inson singari fikrlash qobiliyatini belgilaydi. Ushbu yondashuvning umumiy tushunchasi xatti-harakati oddiy vaziyatlarda inson faoliyatidan hech qanday farq qilmaydigan sun’iy ong yaratishni o’z ichiga oladi. Aslida, Tyuring testi mashinaning aqliy qobiliyati, agar u bilan muloqot mobaynida kim gapirayotganini – mexanizmmi yoki tirik odam, tushunish imkonsiz bo’lgandagina muvaffaqiyatli bo’lishini ta’kidlaydi. Ya’ni, mashina his qila olsa va yaratish imkoniyatiga ega bo’lsagina haqiqiy sun’iy intellekt bo’la oladi. Faqat bu yondashuv amaliy foydalanish ta’rifiga bardosh bera olmaydi. Masalan, atrof-muhit (sovuq, issiq va hokazo) o’zgarishlariga munosabat bildirish qobiliyatiga ega mashinalar allaqachon yaratilgan. Faqat ular buni odamlar qanday bajara olishini his qilishga qodir emas.
Accenture kompaniyasi yetakchilari Pol Doerti va Jeyms Uilson o’z faoliyatida sun’iy idrok imkoniyatlarini tatbiq etgan 450ta kompaniyaning ishini tahlil qilgan holda, kelajakda inson va mashinalar dunyoda birga mavjud bo’la oladimi, degan savolga javob izlashadi.
Inson o’z hayotini gadjetlarsiz tasavvur qila olmay qoldi. U asrlar davomida mashaqqat bilan bajargan ishlarni bugun mashinalar qilmoqda. Bashariyat hayotiga texnologiyalar va mashinalar tobora chuqur kirib borgani sari inson mehnat bozorida keraksiz bo’lib qolmaydimi? - Inson o’z hayotini gadjetlarsiz tasavvur qila olmay qoldi. U asrlar davomida mashaqqat bilan bajargan ishlarni bugun mashinalar qilmoqda. Bashariyat hayotiga texnologiyalar va mashinalar tobora chuqur kirib borgani sari inson mehnat bozorida keraksiz bo’lib qolmaydimi?
- «Inson+mashina. Sun’iy idrok davrida ishlashning yangi tamoyillari» kitobida shu haqda so’z boradi.
- Accenture kompaniyasi yetakchilari Pol Doerti va Jeyms Uilson o’z faoliyatida sun’iy idrok imkoniyatlarini tatbiq etgan 450ta kompaniyaning ishini tahlil qilgan holda, kelajakda inson va mashinalar dunyoda birga mavjud bo’la oladimi, degan savolga javob izlashadi.
- Mualliflarning fikricha, inson va mashina raqobatda emas, hamkorlikda mavjud bo’lishi lozim. Temir bo’lagi va datchiklardan iborat mashinalar qon va suyakdan tarkib topgan insonlarni ko’plab masalalarda ortda qoldirayotgani chin. Ammo odam mehnat bozoridan butunlay chiqib ketmaydi. Mashinalar rivojlangani sari inson uchun yangi kasblar paydo bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |