Sun'iy intellekt tehnologiyalarining bank sohasida qo'llanilishi
Download 451.79 Kb.
|
“Sun’iy intellekt”
Sun’iy intellekt xarakati*
Yuqoridagi rasm bizning sun’iy intellekt texnologiyalarini tushunishimizga yordam beradi. Sun’iy intellektning muhim jihatlaridan biri – bu katta ma’lumotlar bazasini bilimga transformatsiya qilish, uni tafakkur mulkiga aylantirish va, nihoyat, chuqur tahlil asosida qaror qabul qilishdir. Sun’iy intellektning yana bir jihati – bu murakkab va aniqlanmagan muammolarni qanday hal qilishni o‘rgana olishi, mavjud ma’lumotlardagi asosiy tendensiyalar asosida aqlli qarorlar qabul qilishidir. Va, nihoyat, sun’iy intellekt tizimi to‘plangan ma’lumotlar asosida xatti-harakatlarni tahlil qilib, sub’ektni muhitga moslashtirish qobiliyatiga ega. Statistikaga ko‘ra, bugungi kunda deyarli har bir iste’molchi ijtimoiy tarmoqlarda bir nechta akkauntga ega. Sun’iy intellektdan foydalanish iste’molchiga shaxsiy ma’lumotlarini tahlil qilishga va to‘plangan ma’lumotlar asosida ma’lum bir noyob taklifni ishlab chiqishga yordam beradi. Ba’zi bank tuzilmalari tomonidan chat-botdan foydalanish samarali natija beradi. Ilgari muammoli vaziyatlarda mijoz bankka qo‘ng‘iroq qilishi va xodimlar bilan shaxsan muloqot qilishi kerak bo‘lsa, endi robot bilan aloqa o‘rnatish orqali o‘zlarining qiziqarli savollariga to‘liq javob oladi. Sun’iy intellekt foydalanuvchiga kerakli ma’lumotlarni taqdim etadi, hisobning holati, davom etayotgan aksiyalar va foydali takliflar to‘g‘risida ma’lumot beradi. Bunday aloqa nafaqat telefon orqali, balki SMS-yozishmalar, onlayn chat, messenjer orqali amalga oshiriladi. Bank tizimidagi o‘zgarishlar bugungi kunda tez sodir bo‘lmoqda. Sun’iy intellektning asosiy muammosi katta hajmli ma’lumotlar bilan ishlashdir. Bundan tashqari, SI tizimi juda yuqori hisoblash quvvatiga muhtoj. Hozircha bunday imkoniyatga faqat bank sektori egadir. Zamonaviy jahon iqtisodiyotida biznes yanada yangi texnologiyalarga boyib bormoqda. Biznes jarayonlarini kompyuterlashtirish va robotlashtirishga talab ortib borib, moliyaviy sohada ushbu tendensiyalar aniq namoyon bo‘lgan. Raqobat sharoitida banklar o‘z xizmat va mahsulotlarini mijoz uchun iloji boricha moslashtiradi va qulay qilishga intiladi. Sun’iy intellekt esa bu bilan bog‘liq muammolarni hal qilish uchun mo‘ljallangan texnologiya xisoblanadi. Shuning uchun yaqin kelajakda ushbu texnologiya bank sektorida boshqarish va faoliyat ko‘rsatish tamoyillarini tubdan o‘zgartiradi. Sun’iy intellekt bilan global integratsiyasining keng ko‘lamli jarayonga yetib kelishi suniy intellekt cheksiz tezlikka ega ekanligini, juda katta miqdordagi ma’lumotlar bilan ishlash mumkinligini, mukammal xotira va ko‘p vazifalarni bajarish qobiliyatiga qodirligini bildiradi. Bugungi kunga kelib sun’iy intellekt texnologiyalari ancha oldinga qadam qo‘yishga muvaffaq bo‘ldi. Sun’iy intellekt – bu o‘ziga xos xususiyatga ega bo‘lgan bir qator algoritmlar va dasturiy ta’minot tizimlari bo‘lib, ular ba’zi muammolarni hal qilish haqida “o‘ylash”, inson bajaradigan ishlarni hal qilish qobiliyatiga ega. Shuni ta’kidlash kerakki, axborot va intellektual texnologiyalar jihatidan yuqori darajada rivojlangan har qanday davlatning moliyaviy-iqtisodiy sohasi nafaqat ma’lumotlarning katta massivlariga, balki ularni yuqori aniqlikda qayta ishlash imkoniyatlarga ham tayanadi. Bank muhitida sun’iy intellektdan foydalanish istiqbollari moliyaviy va iqtisodiy tizimlarda namoyon bo‘ladi. Xususan, bank sohasida ishtirok etadigan sun’iy intellekt – bu intellektual tizim. Sun’iy intellekt bank sohasida raqamli ma’lumotlarning maxsus vositasi bo‘lib, uning yakuniy maqsadi zamonaviy texnologiyalarini joriy etish orqali bank biznesi samaradorligini oshirishdir. Hozirgi vaqtda Rossiyaning “Sberbank” Davlat Aksiyadorlik Kompaniyasi (DAK) faoliyati katta e’tiborni jalb qiladi. Sberbank o‘zining har bir jarayoniga sun’iy intellektni qo‘llab, ushbu texnologiyani biznesning barcha sohalariga tarqatmoqda. Bundan tashqari, bank 2018 yildan jismoniy shaxslarga beriladigan kreditlarning aksariyatini sun’iy intellekt yechimlari asosida berilishini amalga oshirdi. Ushbu tashkilot IT-texnologiyalarini joriy etish yordamida amaliy ishlarni elektron dasturlarga almashtira boshladi, bu esa faoliyatni optimallashtirish, kadrlarga bo‘lgan ehtiyojni sezilarli darajada pasaytirish va xarajatlarni qisqartirishga imkon beradi. “Sberbank” tomonidan yaratilgan tijorat bankining qarzdorligi bilan shug‘ullanadigan «Iron Lady» tizimi bugungi kunda eng dolzarb va istiqbolli hisoblanadi. Ushbu dasturning afzalligi shundaki, operator va mijoz o‘rtasidagi suhbatni robot mustaqil ravishda tahlil qiladi va shu bilan birga operatorga maslahat berish uchun barcha kerakli ma’lumotlarni taqdim etadi. Har bir suhbat davomida robot yangi so‘zlarni "o‘rganadi va eslab qoladi". Yana bir muhim yangilik bu Alfa-Bank tomonidan "Smart IDReader"nomiostida ishlab chiqilgan fuqaro pasportini tanib olish funksiyasiga ega bo‘lgan mobil ilovadir. Ushbu ilova o‘zining funksional imkoniyatlari bilan boshqalardan farq qiladi: birinchidan, ma’lumotlar bilan ishlashning qulayligi va sifati; ikkinchidan, mijozlarga xizmat ko‘rsatish tezligi sezilarli darajada oshishi; uchinchidan, mobil qurilmalarda qo‘lda ma’lumotlarni kiritishning yo‘qligi dastur bilan ishlashni ancha soddalashtiradi [7]. Markswebb agentligi tomonidan o‘tkazilgan e-Finance User Index tadqiqotiga ko‘ra, internet-banklarning foydalanuvchilar soni bo‘yicha reytingi shakllantirilgan. Bu shuni ko‘rsatdiki, «Sberbank Onlayn» xizmatlaridan 28,3 milliondan ortiq kishi yoki Rossiyadagi barcha internet- bank foydalanuvchilarining deyarli 82% foydalanadi[8]. PWC Fintech Trends India ning 2018 yil uchun hisobotiga ko‘ra, sun’iy intellektga global xarajatlar 5.1 mlrd dollarga yetdi. IHS Markit hisobotiga ko‘ra, "bank faoliyatida sun’iy intellekt" uchun xarajatlar o‘sadi va 2030 yilga kelib 300 mlrd dollarga yetadi. Bu shuni ko‘rsatadiki, sun’iy intellekt moliya sektorida qo‘llash uchun arzon va samarali bo‘ladigan darajaga yetdi. 2-diagramma. Download 451.79 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling