Sun'iy intellekt tehnologiyalarining bank sohasida qo'llanilishi
Download 451.79 Kb.
|
“Sun’iy intellekt”
Global sun’iy intellekt bozorining hajmi
2016-2025 yy.(mlrd $)* *Sun’iy intellekt bozori sakkiz yil ichida 25 baravar o‘sishi kutilmoqda. Bank faoliyati kompyuter va elektron tarmoqlar yordamida amalga oshiriladi va bu imkoniyatni banklarga sun’iy intellekt taqdim etadi. Ushbu jarayonning eng muhim qismi bank sohasida mashinali o‘qitishdir. Sun’iy intellekt mijozlarni rag‘batlantirish to‘g‘risida qaror qabul qiladi. Demak, bank soxasidagi sun’iy intellektning asosiy maqsadi – mijozlarning bank xizmatlaridan qoniqish darajasi to‘g‘risida tasavvurga ega bo‘lish, mijozlarning yangi moliyaviy mahsulot va texnologiyalarga nisbatan kelajakdagi istiqbollarini aniqlashda yordam berishdir [2]. Bugungi kunda Axborot texnologiyalari vazirligi tomonidan biometrik identifikatsiyalash tizimi ishlab chiqilgan, bu tizim 23 ta bank (68%), 15 ta to‘lov tizimlari, 15 ta marketpleys va 5 ta davlat organlarida ishga tushirilgan, 1,7 million foydalanuvchi bo‘lib, Mobile ID tizimi orqali YaIDXPda indentifikatsiya qilish amalga oshiriladi. Bundan tashqari, nutqni matnga o‘tkazish tizimi ishlab chiqilgan bo‘lib, xozir bank mijozlarini nutq orqali autentifikatsiya qilish va boshqa shu kabi jarayolarni raqamlashtirish mumkin. Sun’iy intellekt texnologiyalarini joriy qilishdagi mavjud muammolar sifatida infratuzilmadagi bulutli texnologiyalarga asoslangan hisoblash quvvatlari yo‘qligi, sun’iy intellektda qo‘llaniladigan katta xajmdagi ma’lumotlar to‘plami tizimlashtirilmaganligini aytish mumkin. Bu muammolarni yechish uchun elektron hukumat ma’lumotlarini saqlash va qayta ishlash markaziga sun’iy intellekt texnologiyalari uchun zarur grafik protsessorga ega serverlarni o‘rnatish, katta ma’lumotlar AI Hub platformasini yaratish, sun’iy intellekt loyihalarini amalga oshiruvchi mahalliy kompaniyalar uchun Cloud AI xizmatini yaratish maqsadga muvofiq. Download 451.79 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling