Sun'iy intellekt tehnologiyalarining bank sohasida qo'llanilishi


Download 451.79 Kb.
bet1/4
Sana30.04.2023
Hajmi451.79 Kb.
#1417487
  1   2   3   4
Bog'liq
“Sun’iy intellekt”




O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI AXBOROT TEXNOLOGIYALARI VA KOMMUNIKATSIYALARINI RIVOJLANTIRISH VAZIRLIGI


MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI
TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI
Sun’iy intellekt
Fanidan
MUSTAQIL ISHI

Bajardi: Sirochov F.


Qabul qildi: _______________


SUN'IY INTELLEKT TEHNOLOGIYALARINING BANK SOHASIDA QO'LLANILISHI

Sun’iy intellekt (SI) bank sohasida tranzaksion xarajatlarni kamaytirish va optimallashtirish, mijoz va sotuvchilarni jalb qilish, sotishni ko‘paytirish, reklama va marketingni yaxshilash uchun ishlatiladi.


Bank tizimi. Bank soxasidagi sun’iy intellekt tizimlarining uchtasini, ya’ni chat-botlardan tortib to to‘liq raqamli banklarga qadar bo‘lgan tizimlar, audit tizimlari va tavsiya berish tizimlarini ko‘rib chikamiz.
Bank soxasida sun’iy intellektni qo‘llash bir nechta sabablar bilan bog‘liq. Bularga quyidagilar kiradi:
bank operatsiyalarining tezligi va aniqligi;
kapital rentabelliligini oshirish uchun operatsion xarajatlarni
kamaytirish;
banklar 24/7 rejimida ishlashi.
Sun’iy intellekt sohasidagi yutuqlar tufayli ko‘plab banklar chat- botdan foydalanmoqda. Mazkur dasturdan foydalanishning afzalligi shundaki, banklar uzoq muddat davomida qo‘shimcha vaqt talab qilmasdan, ya’ni yil davomida 24/7 rejimida ishlashi mumkin. Yana bir ijobiy jihati shundaki, chat-bot dasturi bir vaqtning o‘zida bir nechta mijozlar ma’lumotlarini bir xil aniqlik bilan qayta ishlashlari mumkin.
Sberbankdagi SberBiznesBotChat bu dasturdan samarali foydalanishning bir misoli bo‘la oladi. Mavjud bank tizimlarida o‘rnatilgan chat-botdan tashqari, jismoniy ofislari bo‘lmagan raqamli banklar mavjud. Masalan, Ally – bu to‘liq avtomatlashtirilgan onlayn bank. Allyning 2020 yilgacha bo‘lgan umumiy daromadi 6,394 mlrd AQSh dollari va sof foydasi 1,721 mlrd AQSh dollarini tashkil etadi. An’anaviy bank operatsiyalaridan tashqari, Ally mustaqil savdoni, investitsiyalar uchun portfellar va hatto uy-joy kreditlarini taklif etadi. Barcha operatsiyalarni onlayn tarzda amalga oshirish bankka tezkor va murakkab bank operatsiyalariga ko‘proq e’tibor qaratish imkonini beradi.
OSP ( open settlement protocol-ochiq hisob-kitob protokoli) ichki audit uchun tezroq va samaraliroq ishlaydigan "auditorlik yechimlarida sun’iy intellekt"ning maxsus dasturini ishlab chiqqan. Dastur buxgalteriya hujjatlari uchun bir qator vazifalarni bajaradi. Bu vazifalar audit hisobotlarini, auditni rejalashtirish tizimlarini, intellektual ma’lumotlar va hisobotlarni tekshirishni o‘z ichiga oladi.
2022 yilda sun’iy intellekt texnologiyalari bozori 52,5 mlrd dollarga yetdi. Bu 2017 yilga nisbatan 4 baravar ko‘p va 2013 yilga nisbatan 75 baravar ko‘p. Yillik o‘sish 31% ni tashkil qiladi. 2015-2019 yillarda esa biznesda sun’iy intellekt integratsiyalari soni 270 % ga oshdi.

1-diagramma.



Download 451.79 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling