Sun'iy intellekt tehnologiyalarining bank sohasida qo'llanilishi
Download 451.79 Kb.
|
“Sun’iy intellekt”
Sun’iy intellekt texnologiyalari bozori10
HighRadius tomonidan "banklarni kelishish buluti", deb nomlangan instrument taklif qilingan. U banklarda operatsion va operatsion bo‘lmagan pullarni avtomatik ravishda tasniflash orqali hisoblarning kunlik yopilishi auditini olib boradi. Sun’iy intellekt banklarga shaxsiy takliflarni shakllantirishga yordam beradi. Banklar sun’iy intellekt yordamida jismoniy shaxslardan tortib to tashkilotgacha bo‘lgan ko‘plab mijozlar bilan ishlaydi. Ularning asosiy muammosi shundaki, bankda yuz minglab mijozlar bo‘lishi mumkin, shu sababli individual takliflarni tayyorlash ko‘p vaqt talab qiladi va qiymati yuqori bo‘lgan hizmat hisoblanadi. So‘nggi davr texnologiyalari tufayli banklar endi har bir mijozning moliyaviy xatti- harakatlarini tahlil qilish uchun sun’iy intellekt imkoniyatlaridan foydalanishadi. Shaxsiy takliflarni shakllantirishda ba’zi bir kompaniyalar banklarga katta yordam beradi. Shaxsiy takliflar platformalarini ishlab chiqishda CrayOnData kompaniyasi banklarga yordam berganligi banga misol bo‘la oladi. Bundan tashqari, Optimizely va Maya AI kompaniyalari ham mazkur masalani yechishga katta hissa qo‘shmoqda [4]. Aytish mumkinki, sun’iy intellekt tizimlarini yaratish va Data Science masalalarini yechishda Python eng mashhur dasturlash tillaridan biri xisoblanadi. Python – bu chat-bot, audit va tavsiyalar tizimlarini yaratish uchun kerak bo‘lgan va mashinali o‘qitish kutubxonasiga ega oson o‘rganiladigan til hisoblanadi. Ma’lumki, CI sohasidagi birinchi tadqiqotlar o‘tgan asrning 60-70 yillarga to‘g‘ri kelishiga qaramay, sun’iy intellektni hayotga joriy etish bo‘yicha birinchi qadamlar nisbatan yaqinda amalga oshirildi. 2017 yilda Yaponiyada bank sektorida faol o‘zgarishlar qayd etildi. Xozirda davlat eng yaxshi sun’iy intellektga ega bo‘lgan sub’ekt xisoblanadi. Yetakchi kompaniyalar 30000 dan ortiq ish joylarini avtomatlashtirishga tayyorligini e’lon qilishgan. Mehnat bozorini puxta o‘rgangandan so‘ng, Yaponiyaning yetakchi banklari bunday yondashuv nafaqat xizmat ko‘rsatish tezligi va sifatini oshirishga, balki bank muassasalarining rentabelligini yaxshilashga qaratilganini e’tirof etishmoqda. Bugungi kun texnoloogiyalari rivojlanib borayotgan bir paytda faqat an’anaviy usullardan foydalangan holda yuqori natijalarga erishish deyarli mumkin emas. Bu holatni yaxshilash maqsadida ko‘p vaqtni talab qiluvchi bir qator ofis vazifalarini bajarish uchun sun’iy intellekt tizimlari ishlab chiqilgan. 1-rasm. Download 451.79 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling