Sun’iy intellekt tushunchasi


Download 25.23 Kb.
bet4/4
Sana16.03.2023
Hajmi25.23 Kb.
#1273026
1   2   3   4
Bog'liq
Sun133

kuzatuvchanlik, mantiq, fikrlash tezligi, xulosa chiqarish qobiliyati kabi qator ijobiy xususiyatlarning rivojlanishiga va dars samaradorligining oshishiga olib keladi.

Bilimlar ombori yoki pedagogik dastur vositalaridan dars yoki darsdan tashqari jarayonlarda foydalanish katta didaktik ahamiyatga ega. Bunday dasturlardan foydalanishning afzallik tomonlari sifatida quyidagilarni ko'rsatish mumkin:

o'quvchilarda kerakli texnikaviy ko'nikmalarni hosil qilish vaqti qisqaradi;

bajartirishga mo'ljallangan topshiriqlar soni va topshiriqni mustaqil bajarish ko'lami ortadi;

talabaning ishida optimallash tabiiy ravishda hosil qilinadi;

o'qitishda tabaqalashtirish faollashadi;

talaba ta'limning subyektiga aylanadi, chunki dastur undan faol boshqarishni talab qiladi;

kompyuter annimatsiyasi darslarni jonli olib borish imkonini beradi;

o'qishga nisbatan motivlar oshadi — dastur bilan muloqot o'quv­chilarda darsga ishtiyoqni oshiradi;

darsda ma'lumotlar omborining uzoqdagi manbalaridan (E-mail, internet va h.k.) ma'lumot olish va shu asosda dars mazmunini boyitish ta'minlanadi.

Pedagogik dastur vositalarining kamehiliklariga o'quvchilarda nutq madaniyati, grafik va yozish madaniyatini rivojlantirishga yetarli e'tibor berilmasligi misol bo'ladi.

O'quv jarayonida kompyuterlardan foydalanish keng quloch yoy-moqda va bu orqaga qaytmaydigan jarayon. Shunday ekan, ta'lim jarayonida pedagogik dastur vositalaridan foydalanish imkoniyatlari­ni o'rganish va mavjud muammolarni tadqiq qilish lozim. Zero zamonaviy o'qitish texnologiyalarisiz ishda yuqori samaraga erishib bo'lmaydi.

Nazorat savollari :

Axborot texnologiyasining maqsadi nimalardan iborat?

Axborot texnologiyalarining rivojlanishini belgilovchi ichki va tashqi omillariga

nimalar kiradi?

Axborot texnologiyalarining rivojlanish bosqichlarini aytib bering?



Jamiyatni axborotlashtirish deganda nimani tushunasiz?

Download 25.23 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling