Sun’iy intellekt tushunchasi
Download 25.23 Kb.
|
Sun133
- Bu sahifa navigatsiya:
- Bilimlar omborini yaratishning asosini axborotlar
Bilimlar omborini yaratishning asosini axborotlar, qoidalar va dasturlar tashkil etadi. Ularning dimamikasini ko'zdan kechiradigan bo'lsak, axborotlar — sust, harakatsiz, qoidalar — vositachi, dasturlar esa faol faoliyat ko'rsatadi. Foydalanuvchining maqsadi ular vositasida bilimlar omboridan yangi bilim olishdir.Hozirgi kunda bilimlar omboridan amaliyotda foydalanish tinimsiz rivojlanmoqda. Mantiqiy - lingvistik modellardan foydalanish avtomatlashgan tizimlar samarasini bir so'z bilan aytganda «sakrab» o'zgarishiga olib kelmoqda va «intellektual interfeys»ni yaratish imkonini bermoqda. «Interfeys» («interface») ikki so'z «inter» — xalqaro va «face» — xodim, shaxs degan so'zlar birikmasidan olingan bo'lib, universal tarjimon ma'nosini anglatadi, U muloqot vositalari, bilimlar ombori va dasturchi tushunchalarini o'zida mujassamlashtiradi. Interfeys yordamida kompyuter bilan bevo'sita muloqot qilish imkoniyatiga ega bo'linadi. Ekspert tizimlari yordamida kompyuterda mavjud bilimlardan foydalangan holda murakkab tizimlardagi jarayonlarni anglash, tashxis qilish, yechimlarni qabul qilish, turli ishlarning rejalarini, farazlarini ishlab chiqish va tekshirish, shuningdek, matematik modellarni ishlatish murakkab bo'lgan hollarda ma'lum yechimlarni va qoidalarni ishlab chiqish mumkin bo'ladi. Bilimlar omborini unda qo'llaniladigan interfeysga ko'ra shartli ravishda uchga ajratish mumkin. Birinchisi — intellektual axborotli izlash tizimlari. Bu tizim orqali ish joyidan turib bilimlar omboridan kerakli axborotni izlash va tarmoq kutubxonalaridan foydalanish mumkin. Jkkinchisi — hisoblash-mantiqiy tizimlar. Ular yordamida modellarning murakkabligiga qaramasdan boshlang'ich ma'lumotlar asosida boshqarishning ilmiy masalalarini rejalashtirish va loyihalashtirish masalalarini hal qilish mumkin. Uchinchisi — ekspert tizimlar. Ekspert tizimlar — xulosa chiqarish qoida va mexanizmlari yig'indisiga ega bo'lgan bilimlar omborini o'z ichiga olgan sun'iy intellekt tizimi. Intellektual axborotli izlash tizimlari muloqotni tabiiy tilga juda yaqin ko'rinishda olib borish imkonini beradi. Hisoblash-mantiqiy tizimlar esa dasturlarni to'plashni tashkillashtirish prinsipigaasoslangan. Intellektual interfeysning asosiy yutuqlariga bilimlar omborining keng tarqalishi, ma'lumotlarning dasturlardan ajratilishi va kompyuter bilan ishlashda muloqotning yangi tartibi hosil bo'lganligi kiradi. Intellektual interfeysni boshqacha nom bilan ham atash mumkin. Masalan, foydalanuvchi interfeysi yoki foydalanuvchi muhiti (vosi-tasi). Uning vazifasi xotiradagi axborotlar va foydalanuvchining qulay muloqotini ta'minlashdan iborat. Foydalanuvchi interfeysini yaratishda quyidagi bosqichlar amalga oshiriladi: axborotlar (obyektlar) bilan amallarni bajarish, fayllar bilan ishlash va jarayonlarni amalga oshiruvchi buyruqlar tilini yaratish; 2) axborotlar (fayllar) va barcha tashqi qurilmalarning yagona buyruqlar Download 25.23 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling