Sun`iy nеyron tarmoqlarni umumiy tasnifi quvvatali Ortiqovich Raximov
Download 102.52 Kb. Pdf ko'rish
|
sun-iy-neyron-tarmoqlarni-umumiy-tasnifi
www.scientificprogress.uz
Page 100 1. Neyron tarmoqlari, odam va hayvonlarning miyasiga o‘xshab, yelementar harakatlarni bajaradigan va turli xil bog‘lanishlar bilan o‘zaro bog‘langan ko‘plab oddiy yelementlardan qurilgan. 2. Neyron tarmoqlari misollar yordamida o‘z ishlarini yaxshilashga (o‘rganishga yoki moslashishga) qodir. 3. Muammoning neyron tarmog‘i yechimi ishlab chiquvchidan muammoni hal qilish va uni dasturlash algoritmini tuzishni talab qilmaydi. Neyron tarmoqlari, qoida tariqasida, muammoni hal qilish usulini yaratish uchun "to‘g‘ri" ishlarning misollaridan foydalanadilar. Shu bilan birga, tarmoq ishlab chiquvchiga noma’lum bo‘lgan vazifadagi yashirin naqshlarni aniqlashi mumkin. Sun’iy intellekt (AI) - bu informatikaning zamonaviy sohasi bo‘lib, unda inson kabi fikrlay oladigan va aqliy faoliyatiga taqlid qilishni amalga oshiradigan algoritmlar va dasturiy ta’minotlarni yaratishga qaratilgan muammolar tadqiq qilinadi. Sun’iy intellekt uchun yaratilgan algoritmlar asosida tuzilgan dasturlar to‘plangan tajriba va namunalar yordamida axborotlarni umumlashtirishi va xulosalar chiqarishi, axborotlar o‘rtasidagi bog‘lanishlarni aniqlashi hamda olingan tajribalar asnosida o‘qitilishi mumkin. Sun’iy intellekt tizimlari insonni o‘rnini hech qachon bosolmaydi, lekin uning imkoniyatlarini oshira oladi. Sun’iy intellekt tizimlarida asosan ikkita asosiy tushuncha mavjud: 1. Neyron to‘rlari 2. Mashinali o‘qitish Neyron to‘ri mazmun mohiyatiga ko‘ra insonning biologik neyron to‘ri faoliyatini qisqartirilgan shaklda akslantiruvchi matematik model va matematik modelni dastur sifatida realizatsiya qilishni ifoda etadi. Mashinali o‘qitish esa maxsus algoritmlar to‘plami bo‘lib, bu to‘plamlar neyron tarmoqlari xossasining negizini – tajribalardan olinadigan ma’lumotlar asosida o‘zini-o‘zi o‘qitish qobiliyatini namoyon qiladi. Neyronlarni o‘qitish uchun tajriba ma’lumotlari mavjud axborot massivlari qancha ko‘p bo‘lsa, uni o‘qitish algoritmlari uchun ma’lumotlar o‘rtasida bog‘lanishlar va qonuniyatlarni aniqlash jarayoni oson kechadi, shu bilan birga olinadigan natijalar ham kutilgan qiymatlarga yaqin bo‘ladi. Sun’iy intellektning bir nechta turlari mavjud bo‘lib, ular orasida uchta asosiy toifani ajratish mumkin: Chegaralangan sun’iy intellekt (artificial narrow intelligence, ANI). Ma’lum bir sohaga yo‘naltirilgan maxsus dasturiy-apparatli majmuani tashkil etadi. Masalan, kompyuter dasturi shaxmat bo‘yicha chempionni mag‘lub etishi mumkin, lekin bu dastur faqatgina shu ishni bajara oladi xolos. Umumiy sun’iy intellekt (artificial general intelligence, AGI). Bu toifadagi sun’iy intellekt aql-zakovati insonga o‘xshash dasturiy va apparat kompleksidan iborat bo‘ladi, SCIENTIFIC PROGRESS VOLUME 4 ǀ ISSUE 5 ǀ 2023 ISSN: 2181-1601 Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=5.016) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22257 Uzbekistan Download 102.52 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling