Sun`iy nеyron tarmoqlarni umumiy tasnifi quvvatali Ortiqovich Raximov
Download 102.52 Kb. Pdf ko'rish
|
sun-iy-neyron-tarmoqlarni-umumiy-tasnifi
www.scientificprogress.uz
Page 103 bosqich jarayonida turh xil oʻyinlar, boshqotirmalar va matematik masalalar tadqiqot maydoni hisoblangan. O‘zlarining dasturlarini tavsiflashda Nyuell va Saymon yaratgan dasturlarini inson fikrlashini (tafakkurini) modellashtirishini ta’kidlashgan. 70-yillar boshida ular bunga o‘xshash ko‘plab ma’lumotlarni chop etishdi va fikrlashni (tafakkurni) modellashtiradigan dastur tuzishning umumiy usulini taklif etishdi. Nyuell va Saymonning ishlari ko‘pchilikni jalb qilgan bir paytda Massachusets texnologiya instituti, Stenford universiteti va Stenford tadqiqotlar institutida tadqiqotchilar guruhi tomonidan Sun’iy intellekt tizimlari sohasidagi tadqiqotlarda masalani yechish yoʻli matematik va belgilar mantiqi asosida rivojlandi. Sun’iy intellekt tizimlari sohasini tadqiq etishda Robinsonning rezolyutsiyalar usuli katta ta’sir etdi. Bu usul predikatlar mantiqidagi teoremalami isbotlashga asoslangan va isbotlashning mukammal usuli hisoblangan. 60-yillar oxiriga kelib turli xil o‘yinlar, boshqotirmalar va matematik masalalar kabi tadqiqotlami sun'iy muhitlarda emas, balki real muammoli muhitlarda qooʻlashga harakatlar qilindi. Sun’iy intellekt tizimlarining real muhitlarda ishlashini tadqiq qilish integral robotlami yaratish masalasiga olib keldi. Bunday ishlarning o‘tkazilishini Sun’iy intellekt tizimlari ustidagi tadqiqotlarning ikkinchi bosqichi deyish mumkin. 70-yillar o‘rtalarida Stenford universiteti, Stenford tadqiqotlar instituti va boshqa bir qancha joylarda laboratoriya sharoitida ishlaydigan robotlar yaratildi. Bunday tajribalarning o‘tkazilishi bir qancha muammolami hal qilishni talab qildi. Bunday muammolarga bilimlami namoyish etish, ko‘rish orqali idrok etish, robotlar bilan tabiiy tilda muloqot qilish kabilar kiradi. Bu muammolar tadqiqotchilar oldiga yanada aniqroq ifodalangan vazifalarni qo‘ydi. Bu davr Sun’iy intellekt tizimlarini tadqiq etishning uchinchi bosqichi edi. Uning xarakterli tomoni tadqiqotchilardan oldiga qo‘yilgan masalani real muhitda o‘zi yechadigan muqobil ishlaydigan tizimni emas, balki inson intellektini va EHMning imkoniyatlarini birlashtiradigan inson-mashina tizimlarini yaratish masalasidan iborat edi. Hozirgi vaqtda raqobat kurashidagi ustunlik mamlakatning oʻlchovlari bilan ham, uning tabiiy resurslari bilan ham aniqlanmaydi. Endilikda buni jamiyat to‘plagan ta’lim darajasi va bilimlar hajmi hal qiladi. Kelajakda boshqa mamlakatlarga qaraganda yangi bilimlarni yarata olgan va egallagan mamlakatlargina gullab yashnaydi. Bunda asosiy ro‘lni yangi axborot tizimlari o‘ynasa, ularda esa sun’iy intellekt usullari va vositalari o‘ynaydi. Sun’iy intellekt tizimlari deganda fe’1 - atvori maqsadga yo 'naltirilgan qobiliyatni oʻzida aks ettiruvchi ixtiyoriy biologik, sun 'iy yoki formal tizimlar tushuniladi[6]. Oxirgisi o‘zida aloqa, bilimlami jamlash, qarorlar qabul qilish, o‘rganish, moslashish va boshqa xususiyatlami o‘zida namoyon etadi. SCIENTIFIC PROGRESS VOLUME 4 ǀ ISSUE 5 ǀ 2023 ISSN: 2181-1601 Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=5.016) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22257 Uzbekistan Download 102.52 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling