Sun`iy nеyron tarmoqlarni umumiy tasnifi quvvatali Ortiqovich Raximov


Download 102.52 Kb.
Pdf ko'rish
bet7/9
Sana27.06.2023
Hajmi102.52 Kb.
#1656624
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
sun-iy-neyron-tarmoqlarni-umumiy-tasnifi

www.scientificprogress.uz
 
Page 105
• Dasturli-pragmatik, inson intellektini (qidirish, sinflash, o‘qitish, qaror qabul 
qilish, timsollami anglash, mulohaza va boshqalar) alohida huquq deb hisoblaydigan 
masalalami yechish uchun dasturlar tuzish bilan shugʻullanadi. 
Birinchi yo‘nalish bo‘yicha sun'iy neyron tarmoqlar modellarini qo‘llaydigan 
dasturiy ta’minot yaratish muammolari qarab chiqiladi. 
Bionik yo‘nalishning maqsadlari va masalalari qiyinligi tufayli oxirgi vaqtgacha 
sun’iy intellekt tizimlarida dasturli-pragmatik yo‘nalish ustunlik qiluvchi hisoblanadi, 
garchi kelajakda baribir bionik yo‘nalish ehtimol aniqlovchi bo‘ladi. 
Dasturli-pragmatik yo‘nalishda uchta yondashuv ajratiladi: 
• lokal yoki maqsadli - insonning intellektual faoliyatiga xos, inson erishishi 
mumkin bo‘lgan natijalardan kam bo‘lmaydigan har bir masala uchun (masalan, 
shaxmat o‘yini uchun o‘yin dasturi) yaratish; 
• tizimli yoki bilimlarga asoslangan — hozirgi vaqtda bu yondashuv ustunlik 
qilmoqda, bilimlar asosida intellektual masalalami yechish uchun dastur tuzishda 
avtomatlashtirish vositalarini yaratish; 
• dasturlashtirishning metaprotseduralarini qo‘llovchi intellektual dasturlar tuzish 
uchun tabiiy tilda masalalami tavsiflash. 
Sun’iy intellekt tizimlari teoremalami isbotlash, kompyuter o‘yinlari, namunalarni 
anglash, qaror qabul qilish, adaptiv dasturlash, mashinada musiqalarni bastalash, tabiiy 
tilda ma’lumotlarni qayta ishlash, o‘qituvchi tarmoqlar va boshqa yo‘nalishlarda keng 
qo‘llanilmoqda. 
80-yillaming boshlarida suni’iy intellekt sohasida «Ekspert tizimlar» mustaqil 
yo‘nalish sifatida shakllandi. suni’iy intellektning amaliy tizimlarini yaratilishida 
Ekspert tizimlar birinchi qadam bo‘lib hisoblanadi [6, 24, 20]. 
Ekspert tizimlar sun’iy intellekt tizimlami bir qismi bo‘lib, u nazariy jihatdan bu 
sohani rivojlantirishda muhim ro‘l o‘ynadi. Ekspert tizimlar sun’iy gʻoyalari va 
usullariga asos bo‘lib, unda bilimlar, ma’lumotlar yigʻindisi va ular yordamidagi 
boshqaruv tizimlari hamda mantiqiy qidiruv, assotsiativ, hisoblash amallari va bilimlar 
manbai aniq bir ko‘rinishda ishlatiladi. 
Hozirgi vaqtda Ekspert tizimlar tibbiyotda - ichak, sil va gipertonik kasalliklaming 
turli shakllariga tashxis qo‘yishda; harbiy sohada -samolyot yerga qo‘nishida 
uchuvchiga yordam berishda, analitikka tutuvchi signalni jo‘natgan radar turini 
aniqlashda, xaritada o‘zgarish kiritish bo‘yicha kartografik ishlarni amalga oshirishda
dushmanlarning buyruq beruvchi markazlari, boshqaruvi va aloqalarining razvedka 
qilinganida olingan natijalarni qayta ishlashga yordamlashishda, dushmanning 
radioalmashish razvedkasi sohasida vaziyatni baholashni amalga oshirishda va 
razvedkadagi analitiklarga keyingi qurolli to‘qnashuv qachon va qayerda bo‘lishini 
bashorat qilishda; informatikada – ma’lumotlar bazasini ishlab chiquvchi va 


SCIENTIFIC PROGRESS
VOLUME 4 ǀ ISSUE 5 ǀ 2023 
ISSN: 2181-1601
Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=5.016) 
Passport: 
http://sjifactor.com/passport.php?id=22257
  
Uzbekistan
 

Download 102.52 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling