Sun`iy nеyron tarmoqlarni umumiy tasnifi quvvatali Ortiqovich Raximov
Download 102.52 Kb. Pdf ko'rish
|
sun-iy-neyron-tarmoqlarni-umumiy-tasnifi
www.scientificprogress.uz
Page 101 ya’ni, u inson bajara oladigan vazifalarni bajarishi mumkin. Umumiy sun’iy intellekt insonning fikrlash qobiliyatini nusxalash imkoniyatiga bo‘lib, u ma’lumotlarni olish, ma’lumotlar oqimidan kerakli axborotlarni olish, muammoning turli yechimlarini taqqoslash, tez o‘rganish, to‘plangan tajribadan foydalanish kabi ishlarni amalga oshiradi. Sun’iy superintellekt (artificial superintelligence, ASI). Bu toifadagi sun’iy intellekt deyarli barcha sohalarda, shu jumladan ilmiy ixtirolar, umumiy bilimlar va ijtimoiy ko‘nikmalarda inson aql-idrokidan ustun bo‘lgan dasturiy-apparatli kompleksdir. Hozirgi vaqtda insoniyat sun’iy intellekt elementlarini turli sohalarda muvaffaqiyatli qo‘llab kelmoqda: o‘z yo‘lidagi turli to‘siqlarni anglaydigan va ularga nisbatan harakatni amalga oshiradigan, o‘z-o‘zini boshqaradigan (avtopilotli) mashinalarni ishlab chiqishda; berilgan marshrut bo‘ylab mustaqil ravishda harakatlanadigan uchuvchisiz uchish apparatlarini ishlab chiqishda; ovozli buyruq yordamida marshrutni aniqlovchi navigatorlarda; elektron pochtalarni saralashda foydalaniladigan spam-filtrlarni qo‘llashda; tarjimon dasturlarda; matnni, ovozni va videoni anglash tizimlarida, matnni ovozli xabarga akslantiruvchi dasturlarda va boshqa yo‘nalishlarda keng qo‘llanilmoqda. Sun’iy intellekt haqida so‘z ketganda bizdan sun’iy intellekt, mashinali o‘qitish va sun’iy neyron tarmoqlari kabi tushunchalarni yaxshi tushunib olish talab etiladi. Shu bilan birga bu atamalarning bir-biri bilan bog‘liq qanday jihatlari borligi haqida aytib o‘tishimiz zarur. Sun’iy intellekt (artificial intelligence, AI). Sun’iy intellekt bu aqlli mashinalarni yaratish texnologiyasi bilan shug‘ullanuvchi fan bo‘lib, u super kompyuterlarda, personal kompyuterlarda, smartfon yoki boshqa hisoblash qurilmasida ishlay oladigan dasturiy ta’minot shaklida amalga oshiriladi. Sun’iy intellekt bir so‘z bilan aytganda – bu apparat va dasturiy ta’minot majmuasi hisoblanadi. Sun’iy intellekt tizimlari hisoblash ishlari bilan bir qatorda insonga xos bo‘lgan ba’zi ijodkorlik funksiyalarni ham bajara oladi. Mashinali o‘qitish (machine learning) ning sun’iy intellekt sohasining qism bo‘limi bo‘lib o‘rganuvchi algoritmlarni qurishning turli usullarini o‘rganadigan sohasidir. O‘rganuvchi algoritmlar – bu kirish ma’lumotlari va yakuniy natijalarga bog‘liq ravishda o‘zgaradigan (o‘rgatiladigan) algoritmlar tushuniladi. Mashinali o‘qitish juda keng qamrovli bilimlar sohasidir. Chunki, “o‘qitish” tushunchasini turli xil talqin SCIENTIFIC PROGRESS VOLUME 4 ǀ ISSUE 5 ǀ 2023 ISSN: 2181-1601 Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=5.016) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22257 Uzbekistan Download 102.52 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling