Ionlarning ta’siri. Urug’ tarkibida turli organik va anorganik moddalar bo’lib, ular ion tarkibiga ko’ra elektrlit va elektrolitmaslarga bo’linadi, Ular urug’ning muhitini belgilaydi. Tuzlar (elektrolitlar) ayg’ir va cho’chqalar urug’i tarkibida buqalar urug’iga nisbatan ko’p bo’ladi.
Turli ionlarning spermatozoidlarga ta’sirini spermani saqlash va ular uchun suyultiruvchilar tayyorlashda hisobga olish kerak. Ko’pchilik tuzli eritmalar spermiylarga salbiy ta’sir ko’rsatadi, ya’ni spermatozoidlarning ta’sirchanligi va harakatchanligini oshiradi, natijada ular energiyasini tezda yo’qotadi va nobud bo’ladi. Bundan tashqari, 2, 3 valentli metallarning (Ca, Al, Mg) kationlari spermiylarning manfiy elektr zaryadini neytrallaydi va ularning agglyutinasiyasiga sabab bo’ladi. 1 valentli metallarning ionlari esa bunday salbiy ta’sirga ega emas, shuning uchun urug’ suyultirgichlarni tayyorlashda natriy va kaliy tuzlaridan foydalaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |