Spermatozoidlarga kimyoviy moddalarning ta’siri. Spermatozoidlar turli xil kimyoviy moddalar ta’siriga chidamsiz bo’ladi. Ayniqsa ularga yod bug’lari, kreolin, lizol, skipidar, nashatir spirti, xlorid va sulfat kislotalari, yefir va boshqa uchuvchi, o’tkir hidli moddalar yomon ta’sir ko’rsatadi. Shuning uchun sun’iy urug’lantirish punktlari va laboratoriyalarida dori va dezinfisiyalovchi moddalar saqlanmasligi kerak.
Sun’iy qin va boshqa asbob-uskunalar hamda idishlarni yuvishda spermatozoidlarga salbiy ta’sir yetadigan soda eritmalari, dezinfeksiyalash uchun esa spirt yoki furasilindan foydalaniladi. Shu sababli eritmalarning qoldiqlarini ketkazish uchun idish va asboblar 1% -li osh tuzi eritmasi bilan chayqaladi.
Spermatozoidlarga tamaki hidi, atir, sovun, poyafzal moyi, chesnok, piyoz hidlari ham yomon ta’sir ko’rsatadi. Ayrim antibiotiklar (biomisin, sintomisin va gramisidin) va sulfanilamidlar ham zaharli ta’sir ko’rsatadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |