Mikroorganizmlarning ta’siri. Sog’lom nasldor hayvonlar spermasi tarkibida mikroorganizmlar bo’lmaydi. Lekin ishlab chiqarish sharoitlarida ayniqsa, sanitariya-gigiyena qoidalariga rioya qilinmaganda urug’ turli xil mikroorganizmlar bilan ifloslanishi mumkin.
Mikroorganizmlar sun’iy qin va spermaga urug’ olinadigan xona havosidan, nasldor hayvonlarning tanasi va jinsiy a’zolaridan tushadi.
Odatda spermada turli kokklar, ichak tayoqchalari, bir xujayralilar va saprofit mikroorganizmlar uchraydi. Spermada Erkak hayvonlar turli yuqumli va invazion kasalliklarining (trixomonoz, vibrioz, brusellyoz) qo’zg’atuvchilari ham uchrashi mumkin.
Urug’ olinayotgan buqa jinsiy a’zolari kasallangan bo’lsa spermaga qon, yiring, siydik va boshqa moddalar aralashgan bo’ladi. Tarkibida ana shu aralashmalar bo’lgan sperma «sifasiz» - deb topiladi va urug’lantirish uchun ishlatilmaydi.
3-mashg’ulot. SPERMANI MIKROSKOPIK BAHOLASh.
Reja:
Spermaning zichligini aniqlash.
Spermatozoidlar harakatchanligini aniqlash.
Spermatozoidlarning o’lik va patologik shakllarini aniqlash.
Urg’ochi hayvonlarni sun’iy urug’lantirish uchun belgilangan sperma miqdorlari.
Do'stlaringiz bilan baham: |