Sun’iy urug’lantirishda ishlatiladigan eritmalar, filtrlovchi qog’OZ, tamponlar va salfetkalarni tayyorlash. Reja


Spermaning quyuqligini (zichligi) aniqlash


Download 198.77 Kb.
bet37/56
Sana02.01.2022
Hajmi198.77 Kb.
#193686
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   56
Bog'liq
Laboratoriya

Spermaning quyuqligini (zichligi) aniqlash. Spermaning konsistensiyasi quchqorlarda qaymoqsimon, buqalarda - suyuq qaymoqsimon, ayg’ir va Erkak cho’chqalarda esa suyuq (susimon) bo’ladi.

Bu ko’rsatkich yangi olingan va suyultirilgan spermada aniqlanadi. Spermaning zichligi mikroskop yordamida 120-280 marta kattalashtirilgan holatda aniqlanadi. Petri kosachasida saqlanayotgan toza buyum oynachasi olinib, unga tekshirilayotgan spermadan pipetka yoki shisha tayoqcha yordamida bir tomchi tomizilib, yopqich oynacha yopiladi va mikroskopning stolchasiga qo’yiladi. Mikroskop 38-400S haroraptli termostatga o’rnatiladi yoki Morozov stolchasidan foydalaniladi.

Morozov stolchasidan foydalanilganda unga 60-650S haroratli suv solinib, mikroskop stolchasiga o’rnatiladi, termometr qo’yilganda uninging ichidagi harorat 38-400S bo’lishi lozim. Harorati pasayib borishiga ko’ra, issiq suv bilan almashtirilib turiladi.

Spermatozoidlarning mikdoriga ko’ra, sperma ko’yidagi baholarga ega bo’lishi mumkin: zich (Z), o’rtacha zich (O’), siyrak (S).

Turli nasldor Erkak hayvonlar spermasining zichligi ancha farq qiladi. Masalan, qo’chqorlar spermasi ayg’ir va Erkak cho’chqalar spermasidan o’rtacha 10 marta zich bo’ladi.

Mikroskop ostida ko’rish maydoni spermatozoidlar bilan to’lgan va ularning orasida bo’shliq deyarli ko’rinmasa, bunday sperma quyuq (zich) hisoblanadi. Zich spermada alohida olingan spermatozoidlar harakatini farqlash qiyin bo’ladi.

Sperma o’rtacha zichlikda bo’lsa mikroskopning ko’rish maydonidagi spermatozoidlar orasida bo’shliqlar ko’rinadi va u yerga bitta spermatozoid ko’ndalangiga sig’ishi mumkin bo’ladi. Bunday spermada alohida olingan spermatozoidlarning harakatini yaxshi ko’rish mumkin. Zichligi siyrak spermada mikroskopning ko’rish maydonida spermatozoidlar orasida katta bo’shliqlar bo’ladi.

Spermada spermatozoidlar juda siyrak uchraganda O (oligospermiya) belgisi va umuman ko’rinmasa bunday spermaga A (aspermiya) qo’yiladi.

Quchqorlar va Erkak parrandalar quyuq sperma ajratadi (1 ml spermada spermatozoidlar soni 2 mlrd.dan ko’p), buqalar - quyuq va o’rtacha (1 ml.da 0,5-1 mlrd), ayg’irlar va Erkak cho’chqalar o’rtacha va siyrak (1ml.da 0,1-0,2 mlrd.) sperma ajratadi.

Quyidagi suyultirilgan spermalarni ishlatishga ruxsat yetiladi: quchqor va parrandalarda - zich, buqalarda - zich va o’rtacha, ayg’ir va Erkak cho’chqalarda - o’rtacha zichlikka ega spermalar.




Download 198.77 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   56




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling