Sun’iy urug’lantirishda ishlatiladigan eritmalar, filtrlovchi qog’OZ, tamponlar va salfetkalarni tayyorlash. Reja
Hayvonlar spermasining sifat ko’rsatkichlari
Download 198.77 Kb.
|
Laboratoriya
- Bu sahifa navigatsiya:
- SPERMANI SUYULTIRISH.
- Kerakli asbob-uskuna va jihozlar
- Mashg’ulotning borishi: Sperma uchun suyultirgichlar tayyorlash.
Hayvonlar spermasining sifat ko’rsatkichlari. 7- jadval.
4-mashg’ulot. SPERMANI SUYULTIRISH. Reja: Turli hayvonlar spermasi uchun suyultirgichlar, ularni tayyorlash. Spermani suyultirish texnikasi. Mashg’ulotning maqsadi: Talabalarni turli hayvonlar spermasini suyultirish muhitlari, ularni tayyorlash va spermani suyultirish texnikasi bilan tanishtirish. Kerakli asbob-uskuna va jihozlar: distillangan suv, glyukoza, tuxumsarig’i, natriy sulfat tuzi, penisillin, streptomisin antibiotiklari, oq streptosid, asbob-aslaha va o’lchiv idishlari, laktoza, asal, glikokol, gliserin, kaliy fosfat, xelaton (trilon-B), natriy bikarbonat, magniy sulfat, limon kislotasi, kalay xlorid, ammoniy sul’fat, natriy sitrat, yangi sog’ilgan sut. Mashg’ulotning borishi: Sperma uchun suyultirgichlar tayyorlash. Nasldor Erkak hayvonlardan sperma olinib, baholangandan keyin 5-10 daqiqadan kechiktirmasdan suyultirish lozim. Suyultirgichlar bevosita ishlatishdan oldin yoki 3-4 soat oldin oldindan qaynatib ko’yilgan distillangan suvda tayyorlanadi. Spermani suyultirish uchun sintetik suyultirgichlarning reseptlari, miqdori va sifat ko’rsatkichlari juda xilma-xil bo’lib, hayvonning turi va spermani saqlash uslubiga bog’liq bo’ladi. Aksariyat hollarda tuxum sarig’i qo’shilgan suyultirgichlar qo’llaniladi. Uning tarkibiga glyukoza, laktoza, asal, glikokol, gliserin, kaliy fosfat, xelaton (trilon-B), natriy bikarbonat, magniy sulfat, limon kislotasi, kalay xlorid, ammoniy sul’fat, natriy sitrat, sut, tovuq tuxumi sarig’i va bakteriostatik moddalar (penisillin, streptomisin, oq streptosid, spermasan-3) qo’shiladi. Barcha moddalar GOST bo’yicha toza, normal namlikda bo’lishi kerak. Tovuq tuxumi yuqumli kasalliklardan holi bo’lgan xo’jaliklardan olingan va yaxshi sifatli bo’lishi lozim. Suyultirgich tarkibiga qo’shiladigan komponentlarning har biri ma’lum bir biologik vazifani bajaradi. Masalan, qandlar spermatozoidlarga elektrolitlarning sal’biy ta’sirini bartaraf yetadi, spermatozoidlarni elektr zaryadini yo’qotishdan saqlaydi (aglyutinasiyaga yo’l qo’ymaydi) va glikoliz hamda nafas olish uchun zahira modda sifatida sarflanadi. Tovuq tuxumining sarig’ida 7% gacha oksidlangan leysitin bo’lib, 0 - +3°S haroratda spermatozoidlarni sovuq urishidan saqlaydi. Natriy sitrat buferlik xususiyatiga ega bo’lib, spermatozoidlarni moddalarning parchalanshi natijasida hosil bo’lgan kislotali mahsulotlar bilan o’z-o’zini zaharlashidan (azgeointoksikasiyadan) saqlaydi. Antibiotiklar va sulfanilamidlar mikroorganizmlarning rivojlanishini to’xtatadi. Gliserin yog’i esa spermani muzlatish paytida spermatozoidlarni jarohatlovchi omil, yani suyuqlikning kristallanishiga yo’l qo’ymaydi. Spermani suyultirish uchun muhitlarni bevosita urug’lantirish stansiyalarida tayyor quruq komponentlardan tayyorlash mumkin. Barcha hollarda ham suyultirgichlar tarkibidagi moddalarning fizik-kimyoviy xususiyatlari spermaning xususiyatlari va osmotik bosimiga mos kelishi kerak. Ushbu shartni bajarish uchun suyultirgich uchun kerakli moddalarni analitik tarozida aniq o’lchash zarur bo’ladi. Muhitlarni tayyorlashda toza shisha idishlarga resept bo’yicha o’lchab olingan moddalar solinib, ustiga kerakli miqdorda distillangan (qaynatilgan) suv quyiladi va to’liq yerib ketguncha chayqab turiladi. Muhit 5-10 daqiqa davomida suv hammomida qaynatilib zararsizlantiriladi va +35-40°S gacha sovitiladi, keyin unga antibiotiklar, tovuq tuxumining sarig’i va gliserin qo’shiladi. Tovuq tuxumi tozalab yuvilgach, artib quritiladi, spirtli tampon bilan artilib, pustlog’i skalpel bilan ikkiga bo’linadi, oqsil qismi alohida idishga olinib, sarig’i esa zararsizlantirilgan filtr qog’ozining ustida dumalatilib qoldiq oqsildan tozalanadi, so’ng uning qobig’i steril skalpel bilan teshilib, sterillangan menzurkaga quyiladi. Filtr qog’ozi ustida faqat tuxum sarig’ining yupqa qobig’i qoladi. Spermani suyultirgichga shu turga mansub hayvonning sutini qo’shish maqsadga muvofiq bo’ladi yoki sigir suti ishlatiladi. Sutli suyultirgichni tayyorlash uchun yangi sog’ilgan sut toza dokadan o’tkazilib, shisha yoki yemallangan idishda 940S gacha qizdiriladi. Ikkinchi marta dokadan o’tkazilib, 30-35°S gacha sovitiladi. Sutga sintetik suyultirgichlarga qo’shiladigan miqdorda tovuq tuxumining sarig’i, antibiotiklar va oq streptosid qo’shiladi. Agar sutli muhitda suyultirilgan sperma (+2-4°S da) saqlanmasdan ishlatiladigan bo’lsa tuxum sarig’idan qo’shish shart emas.
Download 198.77 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling