Ko’chqor spermasini suyultirish va uni 24 soat davomida 2-5°S haroratda saqlash uchun suyultirgichlar:
1. Glyukoza-tuxum sarig’i-sitratli muhit: distillangan suv - 100 ml, tuxum sarig’i - 20 ml, glyukoza - 0,8 g, natriy sitrat - 2,8 g, spermosan-3 - 25-30 ming TB.
2. Glyukoza-fosfatli muhit: distillangan suv - 100 ml, natriy fosfat - 2,08 g, kaliy fosfat - 0,08 g, glyukoza - 3,2 g. Ushbu muhitda suyultirilgan quchqor spermasi 2-3 soat davomida ishlatilishi lozim.
Erkak cho’chqa spermasini suyultirish va 16-20°S haroratda saqlash uchun muhitlar:
1. Glyukoza-xelaton-sitrat-sul’fatli (GXSS) muhit: distillangan suv - 1000 ml, glyukoza - 40 g, trilon-B (xelaton-3) - 2,6 g, natriy sitrat - 3,8 g, ammoniy sulfat - 1,8 g, natriy bikarbonat - 0,5g, spermasan-3 - 250-300 ming TB.
2. Glyukoza-xelaton-sitratli muhit (GXS): distillangan suv -1000 ml, glyukoza - 60 g, xelaton-3 - 3,7 g, natriy bikarbonat - 1,2 g, natriy sitrat - 3,56 g, spermasan-3 - 250-300 ming TB.
GXSS va GXS suyultirgichlari spermani suyultirish va nisbatan pastroq (+6°S dan past emas) haroratda saqlash uchun ishlatiladi. Ularga 34% tuxum sarig’idan qo’shilsa, GTSXS va GTSXSS deb nomlanadi.
Glyukoza-tuzli eritma (to’ldiruvchi): distillangan suv - 1000 ml, glyukoza - 30 g, natriy xlorid - 4,5g.
Do'stlaringiz bilan baham: |