Sun’iy urug’lantirishda ishlatiladigan eritmalar, filtrlovchi qog’OZ, tamponlar va salfetkalarni tayyorlash. Reja


Ayg’irlar spermasini suyultirish uchun muhitlar


Download 198.77 Kb.
bet48/56
Sana02.01.2022
Hajmi198.77 Kb.
#193686
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   56
Bog'liq
Laboratoriya

Ayg’irlar spermasini suyultirish uchun muhitlar. Biyalarni urug’lantirish uchun yangi suyultirilgan sperma bilan bir qatorda, suyultirilgan holda +2-5°S haroratda 48 soatgacha saqlangan sperma ham ishlatiladi.
Ayg’irlar spermasini suyultirish uchun muhitlar tarkibi. 8-jadval.


Tarkibi

Tuxum sarig’i - glyukozali

Tuxum sarig’i - laktozali

Tuxum sarig’i - sutli

Distillangan suv, ml

100

100

-

Sut, ml

-

-

100

Laktoza, g

-

11

-

Glyukoza, g

7

-

-

Tuxum sarig’i, ml

0,8

0,8

20

Spermosan-3, ming TB

30

30

30


Spermani suyultirish texnikasi. Spermatozoidlar muhit sharoitlarining o’zgarishiga nihoyatda sezgir bo’lib, ularni «harorat shoki»dan saqlash maqsadida muhit hamda spermaning harorati bir xil bo’lishi kerak. Shu maqsadda muhit solingan idish suv hammomida, 30-35°S gacha isitiladi. Shu bilan bir vaqtda olingan sperma suyultirilgunga qadar asta-sekin suyultirgichning harorati darajasigacha sovitiladi. Suyultirgich spermaga oz-ozdan qo’shilib, sekin aralashtiriladi. Suyultirilgandan so’ng spermaning faolligi albatta mikroskop ostida tekshriladi. Spermatozoidlarning haranatchanligi keskin pasaygan taqdirda suyultirilgan sperma ishlatishga yaroqsiz hisoblanadi va suyultirgich qaytadan tayyorlanadi. Sperma suyultirilgandan keyin spermatozoidlarning harakatchanligi ma’lum darajada susaysada 10-15 daqiqadan keyin qayta tiklanadi.

Spermani suyultirish ishlari BUV-30, BUV-60 kabi bakterisid lampalar yordamida sterillangan kamera yoki laboratoriyada bajariladi. Xona harorati +20-25°S bo’lishi lozim. To’ldirilgan flakonlar tezda oq rezina tiqinlar bilan yopiladi va ularga yorliqlar yopishtiriladi. Ampulalar kavsharlanib, markirovka qilinadi.




Download 198.77 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   56




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling