Hayvonlarining spermasini suyultirish uchun qo’llaniladigan muhitlar.
Buqalar spermasini suyultirish va qisqa muddatga +2-5°S haroratda saqlash uchun ishlatiladigan muhitlar:
1, Glyukoza-tuxum sarig’i-sitratli suyultirgich: glyukoza -5g, natriy sitrat - 1,4 g, tovuq tuxumi sarig’i - 20 ml, spermasan-3 - 75-90 ming TB, distillangan suv - 100 ml.
2. Tuxum sarig’i va sutdan tayyorlangan suyultirgich: yangi sog’ilgan sut (sog’lom sigirlardan tuqqanidan 2 oy keyin va sutdan chiqishidan 1 oy oldin olingan) - 100 ml, tuxum sarig’i - 20 ml.
3. Spermani suyultirish va uni granulalar shaklida muzlatish uchun suyultirgich: laktoza - 11,5 g, tuxum sarig’i - 20 ml, gliserin - 5 ml, spermasan-3 - 50 ming TB, distillangan suv - 100 ml.
Laktoza-fruktoza-rafinoza-magniy-gliserin-tuxum sarig’i suyultirgichi (LFRMGT): spermani suyultirish, polipropilen naychalarda muzlatish uchun ishlatiladi. tarkibi: laktoza - 30,5 g, fruktoza - 12 g, rafinoza - 19,5 g, magniy sul’fat - 0,1g, gliserin - 50 ml, spermosan-3 - 500-750 ming TB, tuxum sarig’i - 200 ml, distillangan suv - 100 ml.
Buqa spermasini suyultirish va qoplama granulalar shaklida muzlatish uchun №1 va №2 tarkibli muhitlar:
№1 tarkibli: 11%-li glyukoza yoki saxaroza eritmasi - 63 ml, tuxum sarig’i - 30 ml, gliserin - 7 ml;
№2 tarkibli: laktoza yoki saxaroza - 6 g, natriy sitrat - 1,4 g, gliserin - 5 ml, distildangan suv - 100 ml.
Do'stlaringiz bilan baham: |