Spermani suyultirish darajasi. Spermatozoidlarning konsentrasiyasi va faolligiga ko’ra, buqalar spermasini 10-50 marta (ko’pincha 10 marta) suyultirish mumkin. Bunda suyultirilgan spermani saqlash usulidan qat’iy nazar uning har dozasida kamida 10 mln. to’g’ri chiziq bo’ylab ilgarilama harakat qiluvchi spermatozoidlar bo’lishi kerak.
Quchqorning spermasi 2-4 marta suyultiriladi, uning har dozasida spermatozoidlar konsentrasiyasi 80 mln. bo’lishi, ayg’ir spermasi 2-4 marta suyultiriladi (har bir dozada spermatozoidlar 3 mlrd), cho’chqaning spermasi 2-5 marta (har bir dozada spermatozoidlar soni 3 mlrd) suyultiriladi.
5-mashg’ulot. SPERMANI SAQLASh USULLARI.
Reja:
Spermani turli musbat haroratda saqlash.
Turli hayvonlar spermasini muzlatish va uzoq muddatga saqlash.
Spermani tashish va suyuq azot bilan ishlashda texnika havfsizligi.
Do'stlaringiz bilan baham: |