Surhondaryo viloyati


STEAM maktab dasturlariga qo‘shimcha sifatida qo‘llaniladi. STEAM


Download 82.32 Kb.
bet5/5
Sana11.01.2023
Hajmi82.32 Kb.
#1088914
1   2   3   4   5
Bog'liq
3.uslub birlashma uchun STEAM

10. STEAM maktab dasturlariga qo‘shimcha sifatida qo‘llaniladi.
STEAM
dasturlari 7-14 yoshdagi o‘quvchilarning muttasil ravishda o‘tkaziladigan mashg‘ulotlarga qiziqishlarini orttiradi. Masalan, fizika darslarida erning tortish kuchi o‘rganilganda , doskada formulalarni yozib tushuntirilsa, STEAM to‘garaklarida raketalar, samolyotlar, parashyutlar qurib, ishga tushirib o‘z bilimlarini mustahkamlaydilar. O‘quvchilar o‘zlari ko‘rmagan yoki eshitmagan atamalarni har doim ham tez anglab etmaydilar. Masalan, temperatura ortishi bilan bosimning yoki hajmning ortishi.
STEAM mashg‘ulotlarida ular qiziqarli eksperimentlar o‘tkazganlarida bu atamalarni osongina tushunib olishlari mumkin
STEAM ta’lim yondashuv joriy etilganligi sababli o‘quvchilarning bilim darajasini baholash bo‘yicha quyidagi: PISA, TIMSS, PIRLS xalqaro dasturlar va tadqiqotlar kirib keldi.
Axborot yozuvchi : Uslub birlashma rahbari S.Abdurahimov


Oltinsoy tumani XTB-ga qarashli 9-umumiy o’rta ta’lim maktabi

Boshlang’ich sinflar uslubiy birlashma rahbari S.Abdurahimovning 4-chorakda “STEAM ta’limining Al-Xorazmiy nomidagi IT maktabda o’qitilishi “ mavzusida o’tkazilgan davra suhbati ” haqida yozma


AXBOROTI
Oltinsoy tumani XTB-ga qarashli 9 – umumiy o’rta ta’lim maktabida 2022 yilning 18 aprel kuni Boshlang’ich sinflar uslubiy birlashmasi a’zolari ishtirokida “STEAM ta’limining Al-Xorazmiy nomidagi IT maktabda o’qitilishi “ mavzusida davra suhbati o’tkazildi. Suhbatni Boshlang’ich sinflar uslubiy birlashma rahbari S.Abdurahimov olib bordi. Davra suhbatida asosan Al Xorazmiy nomidagi IT maktabida STEAM ta’lim texnologiyasining o’qitilishi haqida gapirildi.
STEAM texnologiyasi ta’limdan farqli ravishda bilimlarni alohida emas, o’zaro mutanosib holda olib borishni ta’minlab beradi. O’quvchi o’zida nostandart fikrlash, muammoga bir nechta yechim topish va ijodkorlik ko’nkmalarini shakllantiradi va bu uning kelajakdagi faoliyatida juda qo’l keladi.
Al-Xorazmiy nomidagi IT maktabning ta’lim jarayonida ham STEAM texnologiyasidan keng foydalanib kelinadi. Bundan asosiy maqsad, o’quvchilarning darsda olgan bilimlarini amaliyotda qo’llash va hayotga tadbiq qilish imkonini yaratishdan iborat.
Maktabda robototexnika , sexmatexnika xonalari bilan bir qatorda STEAM xonasi ham mavjud bo’lib , u zamonaviy interaktiv platforma, ish qurollari, tikuv mashinalari, to’quv moslamalari , Arduino platformalari va 5 xil turdagi kesish va randalash uskunalaridan iborat. Qizig’i shundaki, bu uskunalar o’quvchilar tomonidan qayta yasalib, boshqa ko’rinish va vazifani bajarish imkonini beradi. Maktabda STEAM va robototexnika darslari o’zaro uyg’unlikda olib boriladi.
Texnologiyalar rivojlangan hozirgi davrda robototexnika istiqbolli sohalardan biri hisoblanadi. Al-Xorazmiy nomidagi IT maktabda ham bu sohaga alohida e’tibor qaratilgan.
Robototexnika darslari orqali o’quvchilar quyidagi bilim va ko’nikmalarga ega bo’lib kelmoqdalar:
C dasturlash tili
– Elektronika asoslari
– Sodda va murakkab sxemalar yasash
– 3D dizayn va 3D modellashtirish
– 3D printerdan 3D modellarni chiqarish
– Arduino dasturlash
– Tranzistor va mikrochiplar bilan ishlash
– Qo’shimcha modul va sensorlar bilan ishlash (RGB, WiFi, PIR, LCD display, RFID)
– Mustaqil ravishda turli xildagi Arduino proyektlar yasash
Barcha sinf o’quvchilarining robototexnika faniga katta qiziqish bilan qatnashadilar va ular hozirga qadar bir qancha loyihalarni ishlab chiqishdi va kelgusi loyihalar ustida izlanishlar olib borishmoqda.

Axborot yozuvchi : Uslub birlashma rahbari S.Abdurahimov



Download 82.32 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling