Surunkali yurak yetishmovchiligini davolashda dori vositalarini tanlash va qollashga klinik–farmakologik yondoshuv
Hamma bemorlarda qo‘llaniladigan asosiy preparatlar
Download 129.26 Kb.
|
СЮЕ методичка лотин
- Bu sahifa navigatsiya:
- ANGIOTENZINGA AYLANTIRUVChI FERMENT INGIBITORLARI (AAFI)
Hamma bemorlarda qo‘llaniladigan asosiy preparatlarAlohida klinik vaziyatlarda qo‘llaniladigan preparatlar YuSni davolashning asosiy tamoyillari: Rasm 1. ChQ ChFS <40% bo‘lgan YuSEni davolash uchun preparatlarni tayinlash. Hamma bemorlarda qo‘llaniladigan va aynan YuSEda o‘lim hamda kasallanishni kamaytirish qobiliyatini isbotlagan asosiy vositalar.Angiotenzinga aylantiruvchi ferment ingibitorlari (AAFI) yoki angiotenzina II retseptorlari antogonistlari (ARA) yoki neprilizin/angiotenzinga retseptorlar ingibitorlari (ARNI). Beta-adrnoebloktorlar (BAB). Mineralkortikoid retseptorlar antogonistlari (MKRA). ANGIOTENZINGA AYLANTIRUVChI FERMENT INGIBITORLARI (AAFI)Dorilarning ushbu sinfi shubhasiz YuSEni davolashda 1-chiziq dorilariga kiradi. Dorilarning ushbu sinfi, shubhasiz, YuSEni davolashning 1-chizig‘iga taalluqli. Maksimal ko‘tarolinadigan dozada AAFI o‘lim, qayta gospitalizatsiyalar havfini va klinik holatni yaxshilash uchun ChQ ChF <40 % bo‘lgan va I–IV FS YuSE mavjud barcha bemorlarda qo‘llaniladi. ChQning past va oraliq ChFga ega bemorlarda SAB >85 mm sim.ust. holatida AAFIdan voz kechish to‘g‘ri hisoblanmaydi va YuSE bor bemorlarning o‘lim xavfini oshiradi. AAFI ChFoYuE bo‘lgan bemorlarda bashoratni yaxshilash qobiliyatini isbotlab bera olmadi. Shunga qaramasdan, bemorlarning funksional statusi yaxshilanishi va majburiy gospitalizatsiya xavfining kamayishi tufayli AAFI ChFoYuE bor bemorlarning hammasiga ko‘rsatilgan. Hozirgi vaqtda AAFI YuSEning barcha bosqichlarini davolash uchun muhim preparatlar guruhi hisoblanadi, sababi RAAT faollashishi ushbu sindromning patogenezida asosiy ahamiyatga ega. Qonda va to‘qimalarda angitenzin II konsentratsiyasi oshishi qon tomirlarning periferik qarshiligi oshishini (yuklama orti), natriy ushlanib qolinishini va aylanib yuruvchi qon hajmi (AYuQH) (yuklma oldi), interstitsial fibroz rivojlanishi va oxir oqibatda yurak yetishmovchiligi kuchayishini aniqlab beradi. AAFI guruhi preparatlari – ChQ to‘lish bosimini va tizimli tomir qarshiligini pasaytiruvchi aralash vazodilatatorlardir. Ular, bir tomondan, RAATni va simpatik nerv tizimini tormozlaydi, boshqa tomondan – yurak yetishmovchiligida gemodinamik buzilishlarni ijobiy modifikatsiyalaydi. Angitenzin II, aldosteron, katexolaminlar konsentratsiyasini va buyraklarda natriy reabsorbsiyasini pasaytirib, tomir qarshiligini kamaytiradi, qorichnalarning sistolik va diastolik funksiyalarini yaxshilaydi, miokardda, tomirlarda struktur o‘zgarishlar sodir bo‘lishiga to‘sqinlik qiladi va natijada kasallik kuchayishini sekinlashtiradi. Ular yurak remodellanishiga to‘sqinlik qiladi, qator hollarda esa miokard gipertrofiyasining qaytar rivojlanishini keltirib chiqaradi. Bradikinin konsentratsiyasini oshirib, ular buyrak qon oqimi, diurez va natriyurez oshishiga olib keladi. 40> Download 129.26 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling