Surxandaryoda yer suv islohati va Quloqlashtirish siyosatining arxiv malumotlarida o'rganilishi Reja


Download 41.71 Kb.
Sana15.06.2023
Hajmi41.71 Kb.
#1478983
Bog'liq
Surxandaryoda yer - suv islohati va Quloqlashtirish siyosatining arxiv malumotlarida o\'rganilishi


Surxandaryoda yer - suv islohati va Quloqlashtirish siyosatining arxiv malumotlarida o'rganilishi
Reja:
1.Surxondaryo viloyatining geografik o’rni, tabiiy sharoiti va resurslari.
2. Suv omborlari va kanallari.
3. Viloyatda suv omborlari qurilishining ilmiy-amaliy asoslari.

Surxondaryo viloyatiga sug’orma dehqonchilik rivojlangan, shuning uchun ham suv resurslari mintaqaning rivojlanishini belgilovchi eng muhim omil hisoblanadi. Viloyat asosan To’palang , Sangardak , Xo’jaipok , Surxondaryo, Machaydaryo , Sherabod kabi daryolardan suv ichadi .


Shuningdek Amudaryodan ham tranzit yo’li bilan bir qancha nasos stansiyalar orqali suv oladi.
Viloyat hududlarida suv resurslari bir xilda taqsimlanmagan .Shimoliy gruhdagi Uzun, Sariosiyo, Denov, Oltinsoy, Sho’rchi tumanlarida suv ta’minoti yaxshi ammo Janubiy gruhdagi Sherabod, Bandixon, Qiziriq, Muzrabod tumanlarida suv ancha tanqis .
Viloyatda 5 ta suv omborlari mavjud.
Ular: ’’Janubiy Surxon “suv ombori (suv sig’imi 800 mln m3 ), “Uchqizil” suv ombori (160 mln m3 ), “Oqtepa” suv ombori (100 mln m3),”Degrez” suv ombori (12,8 mln m3),”To`palang” suv ombori (500 mln m3) barpo etilgan.
Surhondaryo viloyati suv resurslaridan mintaqaning u yoki bu hudud geografik rayonning ishlab chiqaruvchi kuchlarini joylashtirish va shu asosida agrosanoat majmuasini kompleks tadqiq qilish masalalari ham o`rganilgan, shu sababli ham ushbu mavzu ustida ilmiy- tadqiqot ishini olib borish maqsadiga muvofiq deb topildi bu quyidagi holatlar asos qilib olinadi:
-Surxondaryo viloyatining mamlakatning boshqa mintaqalaridan farq qiladigan tabiiy va iqtisodiy geografik sharoiti va omillari , ziroatchilik uchun o`ta zarur bo`lgan agroiqlim reaurslarining ekstermal harakteri ;
-Ishlab chiqarish kuchlarini joylashtirish va rivojlantirish imkoniyatlarining, hamda agrosanoat majmuasini rivojlantirish bevosita suv bilan bog`langanligi;
- Mintaqa xalq xo`jaligi taraqqiyotida suv resurslarining kuchli omil bo`lib maydonga chiqishi, gidrotexnik inshoatlar va boshqa irigatsiya -meloratsiya inshoatlarini bunyod qilishning o`ta qatiy ekanligi;
-Oziq-ovqat muammosini hal qilishda qishloq xo`jaligida mahsulot yetishtirish darajasi va agrasanoat majmuasining qator formalarini rivojlantirishdagi mintaqaning o`ziga xos jihatlari;
-Agrosanoat majmuasini xududiy tashkil etish,uni yanada rivojlantirish bevosita suv resurslariga bog`liqligi, hamda mintaqaning murakkab orografik xususiyatlari,iqlim ko`rsatkichlarining ekstermal xarakteri,aholisi tabiiy o`sishining eng yuqori ko`rsatkichi, mehnat resurslari bilan ta’minlanish darajasining balandligi va boshqalar tanlangan mavzuni tadqiq qilish (o`rganish) ga asos bo`ladi.
Viloyat hududidagi “To`polang”,”Sangardak”,”Darband”,”Xalqajar” daryolarining geografik joylashuvi va yuqori suv energiyasi zaxiralari potensialga ega ekanligi, turli quvvatdagi katta va kichik gidroelektrpostansiyalar qurish evasiga kelajakda eng arzon va ekologik toza elektr energiya ishlab chiqarish imkoniyatlari mavjud.
Mamlakatimizda o`simlik dunyosining 15000ga yaqin,hayvonot olamining 11000ga yaqin turi mavjud bo`lib, O`zbekiston “Qizil kitobi”ga noyob va yo`q bo`lib ketish arafasida bo`lgan 183 turdagi jonivorlar hamda 300dan oshiq o`simlik turlari kiritilgan.Mazkur “Qizil kitob”ga kiritilgan hayvonot va o`simlik dunyosi turlarini asosiy qismini viloyatimiz hududlarida uchraydi va ularni ba’zi turlari boshqa hududlarda deyarli uchramaydi.
Viloyatdagi mavjud yer maydonlarining 5%ga yaqini o`rmon bilan qoplangan bo`lib,biotik zaxiralari orasida qimatli ozuqabop va shifobaxsh o`simliklardan yong`oq,pista, bodom shifobaxsh o`tlar va boshqa turlari yetishtiriladi va ko`paytiriladi.
Mavjud yaylovlar bundan oldingi davrlarda sobiq kolxo`z, sovxo`z, tashkilot, muassasa va boshqa chorvachilik bilan shug`ullanuvchi yuridik shaxslarning chorva mollari miqdoriga qarab taqsimlangan bo`lib, xozirgi kunda xo`jalik yuritishning yangi formalari joriy etilishi yangi chorvachilik fermer xo`jaliklari ixtiyoriga berildi va yaylovlardan maqsadli foydalanish kompleks tadbirlar ishlab chiqilib idoraviy nazorat kuchaytirilgan.
Viloyatda ekoturizmni rivojlantirish bo`yicha targ`ibot -tashviqot ishlarini jonlantirish,ekoturizm bazalarini yaratish tadbirlarini amalga oshirish va buning uchun chet el hamda mamlakatimiz fuqoralarini turizmga jalb qilish maqsadida mavjud tabiiy landshaft, tog`, tarixiy va tabiiy obidalarini reklama qilib joylarga yetkazish talab etiladi.
Turistik xizmatlar ko`rsatishning butun bir tizimini barpo etish,turistik xizmatlarni jaxon miqiyosi darajasiga ko`tarish viloyat iqtisodiyotini ko`tarishning alohida manbalari hisoblanadi.
Daryoning umumiy uzunligi 1437 km,suv yig`ish maydoni esa 199350 km2 ni tashkil qiladi. Amudaryo Panj va Vaxsh daryolarining qo`shilishidan hosil bo`ladi.
Amudaryo o`zining morfalogik alomatlariga ko`ra bir qancha qismlarga bo`linadi. 1) Panj va Vaxsh daryolarining qo`shilish joyidan Qarshi shahriga qadar (401 km), 2) Qarshi shahridan Eljiq tangisiga qadar (295km),3)Eljiq tangisidan Tuyamo`yin qishlog`iga qadar (314km)va 4)Taxiyatosh qishlog`idan Orol dengiziga qadar (daryoning hozirgi deltasidan iborat )
Panj va Vaxsh daryolarining qo`shilish yeri bilan Karki shahri o`rtasidagi qismi.
Bu qismida Amudaryo 3-4km dan 20km gacha keng vodiyda oqadi.Daryo vodiysining bu qismidagi harakterli hususiyati shuki,u bir necha joyda ko`lga o`xshab keng yoyilib oqadi.Bunday keng joylarni Tojikiston bilan O`zbekiston o`rtasidagi chegaradan to eski Termiz harobalarigacha bo`lgan oraliqda,so`ngra Kalif va Mukri temir yo`l stansiyalari o`rtasida Toshrovot temir yo`l stansiyasi bilan Gulizindon tog`i Qarkichitov oraliqlarida uchratish mumkin. Vodiy kengaygan joylarda uning o`ng yon bag`rida uchta (qayir bilan birga) terrasa uchraydi daryoning har ikkala qirg`og`ida qayir bor.Daryoning qayiri past, unda tarmoqlar,ko`l va botqoqliklar juda ko`p.Qayirning juda katta qismi to`qayzordan iborat bo`lib,qalin qiyoq va qamishlar bilan qoplangan.Odatdagi to`lin suv davrida qayirning eng past qismlarini 0,5-0,3 m chuqurlikda suv bosadi.Ekin maydonlarini suv bosishdan saqlash uchun daryo qayiridan bir qancha ko`tarma (damba) lar qurilgan.Ikkinchi terrasaning yuzasi qayirdan 1-2m baland,uni faqat ko`p suvli yillardagina suv bosadi.
Aholi punktlari va ekin maydonlarining asosiy qismi ana shu terrasada joylashgandir. Uning terrasa esa ikkinchi terrasadan ko`p joylarda 2-3m baland.
Vodiyning chap qirg`og`i Qunduzdaryoning quyilish joyidan yuqori baland,undan quyida esa ko`p joylarda daryoga yaqin keladigan cho`llarga tutashib ketdi.Daryo o`zanining o`ng qirg`og`i Kalif temir yo`l stansiyasiga qarab bazi joylarda past va yotiq bo`lsa ,bazi joylarda baland va tik. Kalif temir yo`l stansiyasidan quyida u hamma joyda past.O`zanining chap qirg`og` ko`p joylarda qayir harakteriga ega,daryo o`zani andak egri-bugri ,u ko`pincha orollar hosil qilib, bir qancha tarmoqlarga ajralib ketgan.
O`zanning tor joylari,shuningdek,yemirilayotgan qirg`oqqa yaqin joylari eng chuqur, uning o`rta qismi va keng joylari sayoz bo`lib,sayozliklar va katta-kichik orollar ko`p.Shuning uchun ham daryoning farvateri (kema yuradigan chuqur qismi )juda ham egri-bugri ,bu hol kema qatnovini qiyinlashtiradi. O`zanda ters oqadigan va girdob joylar ham ko`p uchraydi.
Amudaryo o`zani juda ham o`zgaruvchandir bunda uning tez va oson yemiriladigan yumshoq jinslardan tuzilganligi va suvning juda ham tez oqishi sabab bo`ladi.Daryo o`zani shu qadar o`zgarib turadiki,bir yerda yangidan-yangi chuqur joylar sayozlik va orolchalar paydo bo`lsa, boshqa bir yerda ular g`oyib bo`ladi.O`zan holati ko`ndalangiga ham o`zgarib turadi, ya’ni u goho bir qirg`oqni, goho ikkinchi qirg`oqni yuvib,siljib yuradi.Amudaryo g`oyat katta yemirlish kuchiga ega 3-4 hafta ichida uzunligi 2-3 km,eni 0,5km keladigan qirog`oqni suv tuvib ketgan yillar ham bo`lgan.
Yuqorida ko`rsatib o`tilgandek, Amudaryo o`zanida katta-kichik orollar juda ko`p.Bu orollarni ikki guruhga bo`lish mumkin:
1) Suv sathidan atigi 1,5-2,0m ko`tarilib turgan yangi maydon orolchalar; bundan orollar juda tez o`zgarib turganidan hatto ularda o`simliklar o`sib ham ulgura olmaydi;
2) Ancha baland va uzoq turadigan hamda o`simliklar bilan qoplangan kattaroq orollar; ularning uzunligi 20 km,kengligi esa 2 km gacha boradi.Uzunligi deyarli 8 km, eni 4 km bo`lgan Payg`ambar oroli ana shu tipdagi orollardan biridir.

To`yinishi va oqim rejimi. Amudaryo oqimining asosiy qismi (82-83 prosentni) Panj va Vaxsh daryolari suvlaridan hosil bo`ladi.Shuning uchun to`yinish harakteri va suv rejimi jihatidan Amudaryo Panj va Vaxsh daryolariga o`xshashdir.Amudaryoning o`ng irmoqlari bo`lgan Kofirnixon va Surxon daryolari yillik oqimining 11% dan ortiq bo`lmagan qismini, Qunduzdaryo keltirib quyadigan suvning miqdori esa uning atigi 4% ga yaqin qismini tashkil etadi.


Amudaryoda suv odatda, mart oyidan ko`paya boshlaydi. Suv yig`ilish maydonining pastki qismlaridagi qorlarning erishi hisobiga mart-may oylarida bahorgi to`lin suv davri bo`ladi.Shu bilan birga ayni bu oylarda yomg`ir ko`p yog`adi. Yomg`ir daryoda suv miqdorining keskin o`zgarib turishiga sabab bo`ladi va gidrografda (suv miqdorining o`zgarish grafigida) tik cho`qqilarni yuqori va o`rta qismlaridagi qor qoplamlari va muzliklarning erishi hisobiga daryoda asosiy to`lin suv davri kuzatiladi.
Suv yig`ilish maydonida (tog`larda) qor hamma joyda bir vaqtda va bir hilda erimaganligi sababl yozgi to`lin suv davrida suv bir ko`payib, bir ozayib turadi lekin bu hodisa keskin tus olmaydi, aksincha juda sekin -asta sodir bo`ladi:
Suvning har ko`payishi yoki ozayishi bir necha kun davom etadi.Faqat havo qattiq sovib ketgan vaqtlardagina suv ancha keskin kamayib ketishi mumkin. Shuning uchun ham butun yozgi to`lin suv davrida suv atigi bir necha marta ko`payib,ozayadi.
Maksimal suv sarflari Qarshi yonida odatda iyun oyida, juda kamdan-kam yillarda iyun yoki avgust oyida o`tadi.Avgust yoki sentabr oylaridan boshlab suv kamaya boshlaydi va bu kamayish to yanvar-fevral oylariga qadar davom etadi; juda kamdan-kam yillardagina u martning ohirigacha cho`zilishi mumkin.
Ko`p yillik kuzatishlarga qaraganda, Amudaryo o`rtacha ko`p yillik suv sarfi Karki yonida 2010m3 / sek ga, Nukus yonida esa 1490m3 /sek ga tengdir, demak daryoning yillik oqimi Karki yonida 63mlrd m3, Nukus yonida esa 47mlrd m3.Shunday qilib, Amudaryoning Nukus yonidagi yillik oqimi uning Karki yonidagi yillik oqimidan 16mlrd m3 yoki 25%kam. Bunga suvning sug`orishiga sarf bo`lishi, bug`lanishi va qisman yer ostiga sizib ketishi sabab bo`ladi. Hisoblarning ko`rsatishicha Karki bilan Nukus oralig`ida Amudaryodan o`rta hisobda 11mlrd m3 yoki uning Karki yonidagi yillik oqimiga nisbatan 17% suv sug`orishga olinadi, 5 mlrd m3suv asosan bug`lanishga sarf bo`ladi va qisman yer ostiga sizib ketadi.

Amudaryoning termiz shahri yonidagi gidrografi.


1-chizma
Amudaryoning o`rtacha oylik suv sarfi kamdan -kam yillarda 700 m3/sek dan pastga tushishi mumkin, eng kichik o`rtacha oylik suv sarfi 528 m3/ sek ga teng.Bazi bir yillarni ayrim kunlarda Amudaryoda 500 m3/ sek dan ham ozroq edi. Biroq minimal suv sarfi 500 m3/ sek dan oz bo`lgan kunlar juda ham kam bo`ladi.
Suv sathi rejimi
Umuman aytganda, Amudaryoning suv sathi rejimi uning suv sarfi rejimiga o`hshashdir. Lekin shuni aytish kerakki, Amudaryo o`zani juda tez o`zgarib turganidan suv sathi bilan suv miqdori o`rtasida to`liq moslik (bog`lanish) yo`q. Masalan, maksimal suv sarfi bilan maksimal suv sathi ko`pincha bir vaqtning o`zida kuzatilmaydi, ular orasidagi farq ayrim yillarda bir necha o`n kunni tashkil etishi mumkin.
2-chizma
Amudaryoning Termiz shahri yonida o`rtacha o`n kunlik suv sathi (1) bilan o`rtacha o`n kunlik suv sarflarining (2) o`zgarishi.
Oqiziqlari. Oqiziqlarning yillik miqdori jihatidan Amudaryo yer sharidagi daryolar orasida dastlabki o`rinlardan birini egallaydi. Uning oqiziqlar miqdori Karki yonida (yuqori oqimida) mashhur Nil daryosinikidan ortiq va taxminan Kolorado daryosining deltadagi oqiziqlar miqdoriga teng;
Kolorada daryosi esa suvining g`oyat loyqa bo`lganligi bilan mashhurdir. Kichik-kichik soy va jilg`alarni etiborga olmaganda, suvning loyqaligi jihatidan O`rta Osiyoda Amudaryodan faqat Kashan, Kushka, Murg`ob, Tajan, Atrek, va Vaxsh daryolari ustun turadi, holos. Biroq oqiziqlar miqdori jihatidan bu daryolar Amudaryodan ancha keyinida turadi, chunki ularda Amudaryoga nisbatan bir necha martaga suv kam oqadi.
Amudaryoning oqiziqlari miqdori Termiz shahri yonida o`rta hisobga 210 mln tonnani tashkil etgan.
Amudaryoning o’rtacha ko’p yillik suv sarfi va yillik oqimning oylar va alohida davrlar bo’yicha taqsimlanishi.
Kuzatish punkti Oylik, yillik va alohida davrlar bo’yicha o’rtacha suv sarfi, m¬¬¬¬¬¬¬¬¬-3/sek va yillik oqimga nisbatan % hisobida
III IV V VI VII VIII IX X XI XII I II O’rtacha yillik III-VI VII-IX X-XII
Termiz shahri yonida 911

3.8 1630

6.8 2710

11.2 3850


16.0 4490


18.6 3730


15.5 2280


9.5 1210

5.0 927

3.8 839

3.5 767

3.2 746

3.1 2010

100 2275

37.8 3500

43.6 898

18.6
Oqiziqlarning 76,5 to`rt oy davomida, yani daryoda suv eng ko`p oqadigan may-avgust oylarida davomida oqib o`tadi.

2.2 Surxondaryo va uning irmoqlari.


Surxondaryoning uzunligi -196 km, suv yig`ish maydoni esa 13610 km2 Surxondaryo To`palang va Qoratog` daryolarining qo`shilishidan hosil bo`ladi. U Boysun tog`lari, bilan Bobotog`oralig`ida eni 30 km, ga yaqin bo`lgan keng vodiyda oqadi.
Surxondaryoning hozirgi vodiysi yon bag`irlarida bir necha terrasa mavjud bo`lganligi bilan harakterlidir. Daryoning hozirgi vaqtdagi qayirini ham hisobga qo`shganda terrasalar soni 5 taga yetadi; ulardan uchtasi hamma joyda yaqqol ko`rinadi, ikkitasi esa bilinar-bilinmas, hatto ayrim joylarda yemirilib, butunlay yo`q bo`lib ketgan.
Qayir ustidagi terrasa boshdan-oyoq, ayniqsa daryoning yuqori oqimida, botqoqlashib ketgan.
Yuqori oqimida Surxondaryo bir necha tarmoqqa ajralib ketgan egri-bugri o`zanda oqadi, faqat qayir tor bo`lgan joylardagina u yakka o`zanda oqadi.
O`rta qismida daryo ko`proq yakka o`zanda oqadi. Daryoning quyi qismida kelganda o`zan yana bir qancha tarmoqlarga ajralib ketadi.
Surxondaryoning o`zani va uning qirg`oqlari qadimgi yumshoq jinslardan tuzilgan, shuning uchun ham u doimo o`zgarib turadi. Daryoning quyi oqimida o`zan ayniqsa juda tez o`zgarib turadi, uning qirg`oqlari ko`plab yuvilib va o`girilib tushadi, o`zan yangidan-yangi orolchalar, sayoz va chuqur joylar, yangi tarmoqlar hosil qilib yuradi.
Surxondaryoning oqim rejimi quyidagicha: minimal suv sarflari sentabr-oktyabr oylarida o`tadi; shundan so`ng suv to may oyiga qadar ortib boradi, may oyida eng ko`payadi. Iyun oyida ham suv ko`p va may oyidagi suvdan juda kam farq qiladi, biroq iyuldan boshlab suv keskin kamayib ketadi, chunki Surxondaryoga quyiladigan daryolarning suvi iyulda sug`orishga eng ko`p sarf bo`ladi. Manguzar qishlog`I yonida yillik oqimning 65,2 % mart-iyun, 12,8% iyun-sentabr va 22% oktyabr-fevral oylarida oqib o`tadi.
Surxondaryoning o`rtacha ko`p yillik suv sarfi uning yuqori oqimida (Qoravultepa qishlog`I yonida) 70,2 m3 sek, quyi oqimida (Manguzar qishlog`ib yonida ) esa 68,2 m2 /sek.Qoravultepa bilan Manguzar qishloqlari orasida daryo suvining bir qismi sug`orishga sarf bo`ladi; shunga qaramasdan, daryoning bu qishloqlar yonidagi suv sarflari o`rtasidagi farq juda kam. Buning asosiy sababi shundaki, daryo suvining sug`orishiga sarf bo`lishi bilan bir qatorda bu yerda daryo o`zaniga anchagina grunt suvlari kelib qo`shiladi.
Surxondaryoning maksimal suv sarfi uning o`rtacha yillik suv sarfiga nisbatan juda ham katta bo`lishi mumkin. Masalan, 1931-yil 29 -aprelda Manguzar qishlog`I yonida maksimal suv sarfi 700m3 /sek, Qoravultepa yonida esa 600m3/sek bo`lgan edi. Minimal o`rtacha oylik suv sarfi Qoravultepa yonida 12-13m3/sek ga, Manguzar yonida esa 0,1m3/sek ga (1940 yil sentyabr) tushib ketadi. Ayrim kunlari daryo o`zining quyi oqimida butunlay qurib qolishi ham mumkin, masalan, 1937-yil 24-26 iyul kunlari shunday bo`lgan edi.
Bu holat shuni ko`rsatadiki,Surxondaryoning suvi yuqori oqimida iloji boricha ko`p miqdorda sug`orishga olinadi. Biroq shunga qaramasdan, har xolda Surxondaryo oqimining 61% Amudaryoga borib quyilar ekan, bunga sabab daryodagi suv miqdorining yil davomida taqsimoti dehqonchilik uchun g`oyat noqulayligidir. Hozirgi vaqtda Surxondaryoda Janubiy Surxon suv ombori qurilib bitkazildi. Bu suv ombori daryo oqimini tartibga solish va undan dehqonchilikda ko`proq foydalanish uchun imkon yaratib beradi albatta.
Oqiziqlari. Surxondaryo juda loyqa daryolardandir; uning yuqori oqimida (Qoravultepa yonida) suvning o`rtacha loyqaligi 0,908kg/m3 ga teng, Manguzar qishlog`ida esa 2,90kg /m3, bu esa Qoravultepa yonidagiga nisbatan uch martadan ham ko`proq ortiqdir. Demak O`rta Osiyoning ko`pchilik daryolarida bo`lganidek, Surxondaryoda ham oqiziqlar miqdori daryoning quyi oqimi tomon ortib boradi va suvining loyqaligi jihatidan Surxondaryo o`zining quyi oqimida Amudaryodan kam farq qiladi. Oqiziqlarning o`rtacha ko`p yillik miqori Qoravultepa yonida 62,8 kg/sek yoki yiliga 1978 ming tonna, Manguzar yonida esa 193 kg/sek yoki yiliga 6080 ming tonna.
Surxondaryo ikkita yirik irmoqqa ega ulardan birinchisi Sangardak, uning suv yig`ilish maydoni 889km2, suv yig`ilish maydonining o`rtacha balandligi 2286m, yani To`palangdaryo va Qoratog`daryolarnikidan ancha past. Shunga ko`ra, Sangardak daryosining to`yinishida baland tog` qorlarining hissasi juda kam. Bu hol To`palangdaryo bilan Qoratog`daryolarnikiga nisbatan Sangardak daryosi oqimining yil ichida boshqacharoq taqsimlanishiga sabab bo`ladi. Haqiqatan ham Sangardak daryosida suv fevral oyidan ko`paya boshlaydi, maksimal suv sarfi (44,2m3/sek) o`rta hisobda may oyida o`tadi, iyundan boshlab to noyabrgacha suv kamaya boradi; noyabr-yanvar oylari davomida suv 4,38-4,04 m3/sek orasida bo`ladi. Sangardak daryosining o`rtacha ko`p yillik suv sarfi 15,1m3/sek, o`rtacha oqim moduli esa 17,0l/sek.km2 ga teng.
Surxondaryoning ikkinchi yirik irmog`I Xo`jayipok daryosidir. Bu daryoning suv yig`ilish maydoni 794km2 bo`lib,u ancha past (o`rtacha balandligi 1968 m) Shu sababdan, Xo`jaipok daryosining absolyut suv miqdori katta emas; daryoning o`rtacha ko`p yillik suv sarfi atigi 6,39m3/sek, o`rtacha oqim moduli esa 8 l/sek.km2. Bundan tashqari suv yig`ilish maydoni baland bo`lmaganligidan Xo`jayipok daryosi qor-yomg`ir suvlaridan to`yinadi va unda kuchli sellar ham bo`lib turadi. Masalan 1930-yil 4 aprelda sel kelib, suv sarfi taxminan 400m3/sek ga yetgan. Umuman shuni aytib o`tmoq zarurki, O`rta Osiyoning ko`pchilik daryo havzalaridan bo`lganidek, Surxondaryo havzasining pastak tog`lardan va baland tog`lardan o`rt va ayniqsa pastki zonalaridan, tog` etaklaridan suv oladigan daryolarida tez-tez sel bo`lib turadi.
Havzaning umumiy tarifi. Surxondaryo havzasi shimolda Hisor tig` tizmasi, g`arb va janubiy-g`arbda uning tarmog`i bo`lgan Boysun tog`lari va sharqdan Bobotog` bilan chegaralangan; janubda esa havza Amudaryo vodiysi bilan qo`shilib ketadi.
Surxondaryo vodiysining shimolidagi Hisor tog` tizmasi Surxondaryo havzasi tog`li oblastining asosiy qismini egallaydi va u havzaning boshqa tog`lariga nisbatan eng baland bo`lganligi bilan ajralib turadi.Bu tog` tizmasining Surxondaryo havzasiga qarshi qismidagi ayrim cho`qqilari dengiz sathidan 4500 m va undan ham baland. Bunday baland joylarda kichik-kichik muzliklar ham bor. Bu havzaning eng yirik va ko`p suvli daryolari ana shu Hisor tog` tizmasi yon bag`irlaridan oqib tushadi. Bu tizma yon bag`rida hosil bo`lgan oqim bo`lgan umumiy oqim miqdorining kamida 70% tashkil etadi.
Hisor tog` tizmasi Surxondaryo va Kofirnihon havzalari doirasida bir hil balandlikdadir. Shuning uchun bu ikki havzaning ushbu tizma yon bag`ridan oqib tushadigan daryolari to`yinish sharoiti va oqimining yil ichida taqsimlanishi jihatidan bir-birlariga juda o`xshashdir.
Hisor tizmasining janubiy-g`arbiy tarmoqlari (Boysun tog`lari) faqat shimolda 4000m dan baland, janubda tomon esa ular juda tez va keskin pasayib boradi. Shu sababdan Surxondaryo havzasi o`ng qirg`oq qismining janubida kichik bo`lsada, doimo suv oqadigan daryolar yo`q.
Surxondaryo havzasini Kofirnihon havzasidan ajratib turadigan Bobotog` juda past tog`dir. Uning o`rta qismida joylashgan eng yuqori cko`qqisi atigi 2286 m; bu cho`qqidan har ikki tomonga, shimol va janubga qarab tog`ning balandligi kamaya borib, 500-600 m ga tushib qoladi. Shu tufayli Bobotog` yon bag`irlaridan suvi Surxondaryoga yetmasdan tugab ketadigan vaqtli soylargina oqib tushadi. Bu soylar havzaning umumiy suv resurslarida deyarli hech qanday ro`l o`ynamaydi.
Surxondaryo To`palangdaryo va Qoratog`daryoning qo`shilishidan hosil bo`ladi. To`palangdaryo Qoratog`daryoga nisbatan ikki marta ortiqroq sersuvdir, uning tog`lardan chiqish yeridagi o`rtacha ko`p yillik suv sarfi 52m3/sek, Qoratog`daryoniki esa 23m3/sek dan iborat. O`z navbatida bu daryolarga bir necha irmoqlar kelib qo`shiladi, chunonchi To`palangdaryoga o`zining Sharg`un irmog`I bilan Dashnabod (Obizarang) daryosi, Qoratog`daryoga esa Oqjarsoy bilan Shirkent daryolari kelib qo`shiladi. Surxondaryoga o`ng tomondan ikkita yirik irmoq – Sangardak va Xo`jayipok daryolari kelib quyiladi. Xo`jayipokdan janubda faqat asosan sel vaqtida suv oqadigan bir qancha soy va jarliklar bor, holos ulardan eng yiriklari Boysunsoy, Oqqopchig`oy va Toshko`prik soylaridir. To`palangdaryo, Qoratog`daryo va Surxondaryoning barcha irmoqlarining suvlari tog`lardan chiqishlari bilan sertarmoq kanallar orqali sug`orishga olinadi,natijada ular o`z suvlarini bosh daryoga sellar o`tish vaqtida yetib boradi yoki quyi oqimlarida o`zanlariga sizib chiqqan grunt suvlarini olib borib quyadi holos. Shunday qilib, bu irmoqlarni mustaqil daryolar deb hisoblash to`g`riroq bo`ladi.
Surxondaryo havzasining tog`li qismi 8230km2 maydonga ega, unda hosil bo`ladigan oqimning umumiy miqdori o`rta hisobda 120m3/sek yoki yiliga 3,78mlrd.m3 ni tashkil etadi. Demak Surxondaryo havzasi tog`li oblastining o`rtacha oqim moduli 14,6 l/sek.km2 ga teng, yani Kofirnihon havzasi tog`li oblastining oqim modulidan (23,5 l/sek.km2) ancha kam.
To`palangdaryo. Uning uzunligi 112km, suv yig`ish havzasi maydoni 2200km2.Hisor tog` tizmasidagi balandligi 4688 m bo`lgan tog` tizmasidan boshlanadi. Boshlanish qismida u Qorasuv bir oz keyinroq esa Tamshush nomi bilan oqadi. G``ova degan kichkina irmoq kelib qo`shilgach, daryo To`palangdaryo nomini oladi. Zarchup qishlog`igacha, yani tog`lardan chiqish joyiga qadar To`palangdaryo ayrim joylarda tangidan oqadi. Shatrut irmog`ining quyilish yeriga qadar vodiyning eni 100-200m, undan quyida esa 60-80 m, faqat irmoqlar kelib quyilish joylarida vodiy 200m gacha kengaygan. Vodiyning yon bag`irlari tik, baland daryo o`zani ancha turg`un, u kamdan-kam joylardagina tarmoqlashgan; faqat tog` etaklariga yaqin kelgandagina u ikkita-uchta tarmoqqa ajralib, uzunligi 300m, eni 50m keladigan orolcha hosil qilgan.
Hisor tizmasi etaklaridan boshlab To`palangdaryo kengligi 2-5 km bo`lgan vodiyda oqadi, biroq Xonim qishlog`idan o`tgandan so`ng vodiy yana torayadi. Tog` etaklaridan boshlab daryo qayir paydo bo`ladi; qayirning eni dastlab 50-400m orasida bo`lsa, daryo tekislikka chiqqandan so`ng deyarli 2km ga yetadi, biroq daryo etagiga kelganda yana 100-200m ga tushib qoladi.
Tog`lardan chiqqandan so`ng, ayniqsa daryoning quyilish qismida daryo o`zani bir necha tarmoqlarga ajralib ketadi, u o`z qiyofasini o`zgartirib yuradi.
To`palangdaryo suv yig`ilish maydonining o`rtacha balandligi 2546m; 4000m dan baland joylar unda atigi 3,1% ni,3500m dan baland joylar esa 15,4% ni tashkil etadi. Suv yig`ilish maydoni uncha baland bo`lmaganligidan To`palangdaryoning suvi asosiy mavsumiy qorlarning erishidan hasil bo`ladi, uning to`yinishida abadiy qor va ayniqsa muzliklar juda kam ishtirok etadi. Shunday qilib, To`palangdaryo qor-muzlik suvlaridan to`yinadigan daryolar qatoriga kiradi va shu tipdagi daryolar uchun hos bo`lgan rejimga ega: daryoda suv fevral oxirlarida ko`paya boshlab, to iyunning oxirlariga qadar ko`paya boradi may-iyun oylarida suv eng ko`p oqadi, iyun oyidan boshlab esa suv kamaya boshlaydi; sentabrning ikkinchi-uchinchi o`n kunliklariga borganda to`lin suv davri tamom bo`ladi, biroq suvning asta-sekin kamayib borishi yanvar oyining oxirlariga qadar davom etadi.
To`palangdaryo Surxondaryo havzasidagi eng sersuv daryodir, uning yillik oqimi Surxondaryo havzasining tog`li qismida hosil bo`ladigan oqimning taxminan 44% tashkil etadi. Tog`lardan chiqish joyida (Zarcho`p qishlog`i yonida) To`palangdaryoning o`rtacha oqim moduli 23,6 l/sek.km2 ga teng, uning o`rtacha yillik suv sarfi 33,4m3/sek dan (1957) 71,1 m3/sek gacha (1934) o`zgarib turadi. Eng katta maksimal suv sarfi 470m3/sek ni (yanvar 1941 yil) eng kichik o`rtacha oylik suv sarfi 5,71m3/sek ni (yanvar 1947 yil) eng minimal suv sarfi esa 5,48m3/sek ni (11/XII 1946 yil) tashkil etgan.
To`palangdaryoning suvi ancha loyqa uning o`rtacha loyqaligi Zarcho`p qishlog`i yonida 0,305 kg/m3 ga teng, oqiziqlar miqdori esa 15,6kg/sek yoni yiliga 491 ming tonna. Demak bu daryoning har 1km2 suv yig`ilish maydoni yuzasidan o`rtacha hisobda har yili 224 tonna oqiziq yuvib ketiladi.
To`palangdaryoning eng yirik irmog`i-Dashnaobod daryosining suv yig`ilish maydoni 311km2, suv yig`ilish maydonining o`rtacha balandligi 2263m; o`rtacha ko`p yillik suv sarfi 6,02m3/sek, o`rtacha oqim moduli esa 19,4l/sek.km2 ga teng . Suv yig`ilish maydoni nisbatan past bo`lganligidan Dashnaobod daryosida maksimal suv sarfi ko`pincha may oyida, minimal suv sarfi esa oktyabr-noyabr oylarida o`tadi.
Qoratog`daryo uzunligi 95km, suv yig`ish maydoni 682km2. Bu ham Hisor tizmasining janubiy yon bag`ridan oqib tushadi.
Qoratog` qishlog`igacha, yani tog`lardan chiqish joyiga qadar daryo asosan V-simon tor vodiyda oqadi, faqat ayrim joylardagina vodiy 200-250m ga yetadi. Vodiyning yon bag`irlari tik va baland.Ikki joyda daryo kengligi 60-100m keladigan tangida oqadi. Daryo o`zani turg`un, hech qayerda tarmoqlarga ajralmagan; uning qirg`oqlari tik va ko`p joylarda vodiy yon bag`irlari bilan tutashib ketgan. Vodiy kengaygan ayrim joylarni hisobga olmaganda, daryoning tog`lardan chiqish yeriga qadar qayir uchramaydi.
Qoratog` qishlog`ida daryo tekislikka chiqadi; shu yerdan boshlab 8km masofa davomida daryo vodiysi asta-sekin o`zgarib V-simon shakldan yashiksimon shaklga kira boradi. Vodiyning kengligi Qoratog` qishlog`i yonida 300m, Oltinyaylov qishlog`I yonida va Zargar bilan Jonchekka qishloqlari oralig`ida esa 3 km ga boradi. So`ngra vodiy bir oz torayadi. Oqqo`rg`on qishlog`idan daryo To`palangdaryo bilan qo`shilgan yerga qadar vodiy kengligi o`rtacha 500-600 m ni tashkil etadi. Tog`lardan chiqish joyidan to quyilish yeriga qadar daryo eni 400-600m keladigan ikki tomonlama qayirga ega.
Qoratog` bilan Oqqo`rg`on qishloqlari oralig`ida (ayniqsa Oqqo`rg`onga yaqin joylarda) daryo yoyilib oqadi, uning o`zani goh u qirg`oqni, goh bu qirg`oqni yuvib qayir bo`ylab yuradi; daryo o`zani bir necha joyda tarmoqlarga ajralib ketgan; Oqqo`rg`on qishlog`idan quyida o`zan ancha tor bo`lib u qadar tarmoqlanmagan.
Balandlik jihatidan Qoratog`daryoning suv yig`ilish maydoni To`palangdaryonikiga o`xshashdir. Uning o`rtacha balandligi 2560m ga teng, 4000m dan baland bo`lgan joylar unda 24% ni,3500m danbaland bo`lgan joylar esa 14,5% ni tashkil etadi. Shunga ko`ra, Qoratog`daryo va To`palangdaryo to`yinish harakteri va oqimining yil ichida taqsimlanishi jihatidan bir-birlariga o`xshaydi faqat shuni ko`rsatib o`tish zarurki, To`palangdaryoning suv yig`ilish maydoniga qaraganda Qoratog` daryosining suv yig`ilish maydoni Surxondaryo vodiysi bo`ylab esadigan havo massalariga ancha qulay va ochiq joylashgan, natijada unga ko`proq yog`in yog`adi va To`palangdaryo havzasidagiga nisbatan bu yerda qor chegarasi pastroqdan o`tadi. Shu sababdan Qoratog`daryoning nisbiy suvlilik darajasi-oqim moduli ancha katta (33,3l/sek.km2) Bundan tashqari qor chegarasi pastroqdan o`tganligi va abadiy qor va muzliklar nisbatan ko`proq bo`lganligi tufayli Qoratog`daryo yillik oqimning kattaroq qismi (32,2%) iyul- sentabr davrida oqib o`tadi holbuki, To`palangdaryoning bu davrdagi oqimi 28,6% ni tashkil etadi.

Download 41.71 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling