Dardu g`am maqolasidir ,
Har bir noma –
Taqdirnoma .
3-o`quvchi: Necha bir hukmronlardan ,
Amirlardan , hoqonlardan ,
Davlatlaru davronlardan
Na nom qoldi
Na bir noma
4-o`quvchi: Bobur chekkan iztiroblar ,
Ranju zahmat ham azoblar ,
Buyuk hujrondan boblar ,
“ Boburnoma ”
Jabrnoma .
5-o`quvchi: Yuragining har bir zarbi ,
Zafarlari , harbu zarbi ,
Har bir harbi – keskir , harbiy ,
Har bir noma –
Harbiynoma .
6-o`quvchi: Buni Bobur o`zi qurgan ,
Qalb qoniyu so`zi qurgan .
Tojmahaldan ham zo`r qo`rg`on ,
“ Boburnoma ”
Kabir noma .
7-o`quvchi: Sheryurakli mard o`g`lonlar
Yovqur beklar va sultonlar
Yashar yana ming zamonlar
“ Boburnoma ”-
Botirnoma .
8-o`quvchi: Umri o`g`liga baxsh ketgan ,
O`z so`zini kafan etgan ,
O`zini ham dafn etgan ,
Qalbda qoldi qay bir noma ?
“ Boburnoma ”-
Xotirnoma .
2 –boshlovchi : Bu – mening ham dil dostonim ,
Shuncha ekanmi armonim ?
Qanday chidabsiz , sultonim ?
Sabrnoma “ Boburnoma ”
Xotirnoma “ Boburnoma ”
(“Yulduzli tunlar ” asaridan olingan parcha asosida sahna ko`rinishi )
1-boshlovchi : Nodir iste'dod sohibi Zahiriddin Muhammad Boburning boy adabiy merosi oradan besh asr vaqt o'tsa hamki, hamon xalqimiz ma'naviy dunyosini boyitib kelmoqda. Uning bebaho asarlari va porloq siymosi xalqimiz qalbida abadiy yashaydi.Bobur bizning faxrimiz va milliy g'ururimizdir.
2-boshlovchi : Dunyoda Vatan sog'inchini Boburdek to'lib-toshib kuylagan shoir bo'lmasa kerak. Kindik qoni to'kilgan bebaho Vataniga bo'lgan cheksiz muhabbati uni umrining so'nggi daqiqalarigacha ham tark etmadi.
1-boshlovchi : Ha, Vatan tuyg'usi shunchalar buyuk tushunchadir. Bobur bobomizning o'z yurtiga bo'l-gan cheksiz sadoqati va mehri barchamizni muqaddas Vatanimizni qadrlashga,uni jondan sevib asrash-ga undaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |