2 -boshlovchi: U “Mubayyin al – zakot” ( Zakot bayoni ) “Harb ishi ” , “Musiqa ilmi ” asarlari va aruz vazni haqida “Muxtasar ” nomli risola bitdi .
1-boshlovchi: Mohir tarjimon sifatida Xo`ja Ahrorning “Volidiya” asarini she’riy yo`l bilan o`zbekchaga o`girdi .
2 -boshlovchi: Bobur – sohibdevon , sohir shoir . Umr bo`yi ajoyib she’rlar yozdi , devon tartib qildi . U shuhratda daho Alisher Navoiyning yonida turadigan mumtoz so`z san’atkori , shoir va adibdir . Badiiy mahorat bobida biror o`zbek shoh va shoiri Bobur bilan bellasha olmaydi .
1-boshlovchi: Bobur she'riyatida muhabbat, sadoqat, va hijron mavzusi salmoqli o'rin tutadi. Bobur lirikasi bilan tanishar ekanmiz, uning nozikta'b, iste'd shoir ekanligiga amin bo'lamiz. She'rlarining hayotiyligi, xalqchilligi, jozibadorligi, tilining sodda, ravonligi, o'ta nafisligi har bir o'quvchini o'ziga maftun etadi va she'riyat olamining sehrli olamiga olib kiradi. Endi sizlarni Bobur lirikasi va uning g`azallariga bastalangan kuy va qo`shiqlardan bahramand bo`lishga chorlaymiz .
2 –boshlovchi : Shohnoma o`qiydi Umarshayxmirzo
O`qir “Xamsatayn ” lar ohnomasini
Bilmaski , o`z o`g`li aylagay insho
Bir buyuk millatning shohnomasini
1 -boshlovchi: Shoh shoirning ohnomasi - Boburnoma
Harbu zarb jangnomasi – Boburnoma
Firdavsiyning “Shohnoma ”si bordir agar ,
Turkiylarning shohnomasi – Boburnoma.
Bobur gapi .
Boburnoma she’r
1-o`quvchi: “Boburnoma”
“Boburnoma”
Shoh shoirdan avlodlarga
Mangu o`lmas
Qadrnoma .
2-o`quvchi: Bunda ko`ngil lolasidir ,
Bunda umr lolasidir ,
Do'stlaringiz bilan baham: |