Surxondaryo viloyat o`rta maxsus, kasb – hunar ta’limi boshqarmasi
Download 0.54 Mb.
|
navoiyning yangisi
Surxondaryo viloyat o`rta maxsus , kasb – hunar ta’limi boshqarmasi Ijtimoiy – gumanitar fanlar kafedrasi TASDIQLAYMAN Kollej direktori _________ H .Yusupov. “____” ____________ 2018 yil
KAFEDRA MUDIRI : _________ R.Melikov Kollej faollar zali bayramona bezatilgan . ( Ekranda Navoiy siymosi ) Parda ortidan : : 1 - Boshlovchi : Buyuklarga avlod bo`lmoq o naqadar soz Pok ruxlari ko` 2 - Boshlovchi : Besh asrlik ro`ydir dunyo , Besh asrlik o`ngi Navoiy . Bir ummonkim , ibtidosi yo`q, Yo`qdir uning so`ngi Navoiy . 1 - Boshlovchi : O`tgan sayin ildamlab ketgay , Borgan sayin yangi Navoiy . Vatan kabi poyoni yo`qdir , Vatan kabi mangu Navoiy . Mumtoz musiqa sadolari ostida sahnaga boshlovchilar kirib kelishadi . 1 - Boshlovchi : O`zbekning salomi qaynoq qalbiday , Unda shukrona bor , purma’no kalom . Qo`limiz ko`ksimizda tutib baralla She’riyat ahliga deymiz : Assalom ! 2 - Boshlovchi : Dillarning cho`giyu , qalblar toridan Mudom taralgaydir nazm va navo She’riyat bazmiga chorlaymiz sizni Davramizga , do`stlar , keling ,marhabo! 1 - boshlovchi : Assalomu alaykum muhtaram ustozlar , qadrli mehmonlar , ilmu ma’rifatga tashna talaba yoshlar ! 2 – boshlovchi : So`z mulkining sohibqironi Alisher Navoiy hazratlari tavalludining 576 yillik tantanalariga yig`ilgan adabiyot ixlosmandlari ! 1 - boshlovchi : Bugun 9-fevral - buyuk bobokalonimiz hazrat Alisher Navoiy tavallud topgan kun. Bu sanani munosib nishonlash barcha muassasalar qatori bizning kollejimizda ham an’anaga aylangan . An’anaga aylangan she’riyat bayrami , adabiyot bayramiga xush kelibsiz ! 2 - Boshlovchi : Har ko`ngil ishq ichra pok tiynat bo`lar kundir bu kun , Bitta so`z olam aro ziynat bo`lar kundir bu kun Tiyra olamga ziyo sochgay munavvar bir ism Bir ismdin bir ulus millat bo`lar kundir bu kun 1 - boshlovchi : Azizlar , sizlarni “Buyuk nazmu nasrlar aro , Hamon pirdir , sulton Navoiy ” deb nomlangan nazm va navo kechasini tomosha qilishga taklif etamiz . 2 - Boshlovchi : Navoiyning asarlaridan Bo`y sochadi ilohiy bir gul Unga qo`ngan asalaridan Qanot tilab uchadi ko`ngil. 1 - boshlovchi : Unda qushlar odamlar kabi So`zlaydilar o`zni unutib Va qushlardek , odamlar labi Kuylay boshlar so`zni unutib 2 - Boshlovchi : Unda shohlar tarashlaydi tosh Tog`ni kesib o`tadi doston Tojdan chiqib , yuksalganda bosh O`pib qo`yar egilib osmon . 1 - boshlovchi : Unda falak o`z tasbehini Misra qilib o`giradi jim . G`azaldagi hushbo`y behini Islab yashar Hadichabegim . 2 - Boshlovchi : Ashriqatni ko`rasan unda Ilohiy nur ochar ko`zingni Anglaysanki dunyoyu dunda Tanimabsan hali o`zingni . 1 - boshlovchi : Unda Hirot doim qushuyqu Download 0.54 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling