Surxondaryo viloyat o`rta maxsus, kasb – hunar ta’limi boshqarmasi


Ne yanglig‘ to‘lg‘anur o‘t ichra to‘ring?


Download 0.54 Mb.
bet3/33
Sana15.06.2023
Hajmi0.54 Mb.
#1480407
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   33
Bog'liq
navoiyning yangisi

Ne yanglig‘ to‘lg‘anur o‘t ichra to‘ring?
Chu sen topting Sulaymonliq maqomin,
Demon, qil manga Bilqis ehtiromin.
Agar Bilqisdek yor-u azizing —
Bo‘la olmon, ham o‘lg‘aymen kanizing...


Farhod : Nigoro , mahvasho, iffat panoho ,
Jahon mahvashlarig`a podsho !
Sanga haddim yo`q , o`lmoq nukta pardoz ,
Tilarmen itlaringg`a aytmoq roz .
Nedur ko`ying aro itlarga holat ,
Farog`at birladur yo malohat .
Kecha ul ko`y aro g`ilg`onda faryod ,
Qilurmu bu itgan itni ham yod .
Navoiy : Shoir qalbim yana zabt etib alam
Layli va Majnun” ni vasf etdi qalam
Yana fig`on chekib dard qafasida
Sargardon kezdim ishq havasida
Ey sen , g`arib Qaysni majnun etgan ishq !
Ey sen ,Sharob debon og`u tutgan ishq !
Ayt , nechun Qaysni sen majnun etding , ishq ?
Ayt , nechun Laylini sen tutqun etding , ishq ?
Bu ajab savolga izlasam javob ,
Bag`rimni kuydirdi ishq degan oftob .
So`ngin necha kim uzattim oxir ,
Yig`lay – yig`lay tugattim oxir .
Layli : ...Ey, ishq o’tida xasim nechuksen,
Ey, bedilu bekasim nechuksen!
Holing nedurur firoqim ichra?
Fikring nedurur ishtiyoqim ichra?
Sensizki g`amim dame kam ermas ,
Sendin gar emas ko`p , o`z ham emas .
Sen tortibon ohi otasholud ,
Men o`t yoqubon chiqolmayin dud .
Bo`lsang necha oning ila xurram ,
Yod ayla gahi bu xastani ham .
Insofg`a ham kanora tutma ,
Bizni dag`i bir yo`li unutma .
Majnun : Ko`nglum g`am ila to`q ayla, yo Rab Ishq ichra meni yo`q ayla, yo Rab! Derlar menga: «Ishqni unutg`il, Layli g`amidin kanora tutg`il». Olloh-olloh, bu ne so`z o`lg`ay, Ul qavmg`a tengri uzr qo`lg`ay. …Layli ishqin tanimda jon qil, Layli shavqin8 ragimda qon qil. Dardini najotim et Ilohi, Yodini hayotim et Ilohi! …..Dardimg`a xayolini tabib et! Jonimg`a visolini nasib et! …Jannat sari cheksa samavishtim, Vasli haramini qil bihishtim. Onsiz meni bir dam etma mavjud, Budumni qil onsiz o`lsa nobud!»

Download 0.54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   33




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling