Darveshali : Bu diniy nizolar ulgayib ketmasa edi...
Navoiy : Xayr, biz bu dag‘dag‘alarni o‘rtadan ko‘tarishga harakat qilurmiz, (qat’iy ohang bilan.) Garchi bu mazhablarning birini o‘zgasidan afzal ko‘rmasak ham, ulusning birligini e’tiborga olurmiz. Inim, dun’yoda kitob oqimoqdan, tafakkurdan, she’r aytmoqdan o‘zga zavqbaxsh mashgulot yoqdir. Tabiatim koproq bu tomonga moyil edi. Sokin bir maskanda yashab, bu zavq dar’yosida suzmoqchi edim. Lekin, menga, ma’lumingiz, davlatda vazifa berdilar... Yolg‘iz el va ulus manfaatini nazarga olib, mansabni qabul etdim. Bu muborak yurtda qilinadigan ishlar benihoyat kopdir. Bu ishlarning har biriga elimiz asrlardan beri tashnadir. Masalan, bir kutubxona yaratmoq xayolim bor... Siz endi «dorug‘aiy kutubxonaiy humoyundirsiz1, sizga taalluqli bo‘lganidan, aytib o‘tmoq istaymen.
Darveshali : Har bir niyatingiz uchun qul kabi xizmat qilurmen. ( qo‘lini ko‘ksiga qo‘yib ).
Navoiy : Biz shunday kutubxona bino qilaylikki (shavq bilan davom etib ) — butun el qoshida manzur va mo’tabar bo‘lsin. Jamiki ulum va funundaki, azmanaiy qadimdan2 to shu damgacha odamzodning fikr gavhariy ijod etmishdir va kitob suratiga chekilmishdir, barchasi bizning kutubxona xazinasini ziynatlasin. Faqirning xolis niyati shulki, bu yerda Xurosonning va o‘zga mamlakati islomning barcha ulamo, fuzalo, shuarosi kitoblardan istifoda qilg‘ay Bu yerda falsafaning Suqrot, Aflotun va Arastulari, hikmat va riyoziyotning Fipog‘urslari3, ilm hay’atning4 Ulug‘beklari, she’rning Firdavsiy va Nizomiy Ganjaviylari har qaysilari o‘z sohalarida osoyishta mashg‘ulotda bo‘lg‘aylar. Ilmning ravnaqiga5 harakat qilg‘ay, fikrning yangi-yangi xazinalarini ixtiro' etkaylar. Ular kashf etgan haqiqat quyoshlari yurtimiz samosini nurga to‘ldirsa, maqsadimizga yetgan bo‘lurmiz. Darveshali, ko‘nglingiz har chog‘ el muhabbati bilan labolab to‘lsin, har ishga bel bog‘lar ekansiz, elning manfaat va zaruriyatini o‘zingiz uchun bir mezon, deb biling...
Do'stlaringiz bilan baham: |