2 – boshlovchi : Hadichabegim - Surayyo Razzoqova
1 – boshlovchi : Navoiy – Umid Umarov
2 – boshlovchi : Elchi – Anvar Qurbonov
1 –boshlovchi : Aziz yoshlar, millat barkamolligi , Vatan taraqqiyoti elning kitobxonlik darajasiga , yani o`qimishliligiga bog`liq . Kitob asrlarni asrlarga , zamonlarni – zamonlarga rishtalarni – rishtalarga ulovchi vosita . “ Kitobsiz xonadon jaholatga o`xshaydi ” , - degan ekan bir donishmand .
2 – boshlovchi : Insoniyatning jaholatga qarshi birinchi muqovalangan isyoni kitob.
1 –boshlovchi : Riyoyu razolat ,tubanlik ,pastlikka qarshi odam bolalari bino etgan ilk istehkom ham kitob .
2 – boshlovchi : Bobolarimiz butun ro`yi olamni , Yerni ham samoni ham bilim bilan , tafakkur va kitob bilan zabt etgan aqlu zakovat , ilmu hikmat sohiblaridir .
1 –boshlovchi : “Ne mulk ichra bir farmon yibordim , aning zabtig`a bir devon yibordim” degan-larida Navoiy hazratlari birgina o`zlarini emas , , ilmu ma’rifati bilan jahonkushoylik qilgan sarzaminimizning barcha buyuk allomalari , dong`i olamshumul bobolarimizni nazarda tutgan bo`lsalar ne ajab !
2 – boshlovchi : Ko`hna toshbitiklardan boshlangan kitob va kitobnavislik insoniyat tamaddunining eng buyuk , oliy kashfiyoti va mo`jizasi sifatida bani bashar tarixida dunyo turguncha quyoshday porlab , charaqlab turmog`i muqarrar .
1 –boshlovchi : Shu nuqtai nazardan qaraganda muhtaram Prezidentimizning “Kitob mahsulotlarini chop etish va tarqatish tizimini rivojlantirish , kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish hamda targ`ibot qilish bo`yicha komissiya tuzish to`g`risida ” gi farmoyishi ayni vaqtida qabul qilingan zaruriy hujjat bo`lib , unda belgilangan vazifalarning bajarilishi jamiyatimiz ma’naviy – ma’rifiy hayotini yuksaltirishga asos bo`la oladi .
2 – boshlovchi : Ona Vatanimizning o`zi bir kitob . Bu ulug`vor kitobni o`qib, anglamoq uchun ham , uning qadr va qimmatiga yetib yurmoq , chin va sadoqatli , ma’rifatli va bilimli farzandi bo`lib sharaflamoq uchun ham ko`p – ko`p go`zal va chiroyli kitoblarni mutolaa qilishi shart va zarurligini anglab yetgan har bir o`g`il - qiz shu vatanning eng ko`rkam va baxtli dilbandi bo`la oladi . Zero , yurtboshimiz aytganlaridek , “ yoshlarni kitobga , kitobxonlikka qaytarish kerak ! Kitobsiz kelajak yo`q ! ”
Do'stlaringiz bilan baham: |