Surxondaryo viloyat o`rta maxsus, kasb – hunar ta’limi boshqarmasi


Darveshali : Albatta shunday bo‘lmoq kerak (siyrakroq soqolini qashib qo‘yib) — elga xizmat qilgan kishining e’tibori, qadri-qiymati oshar


Download 0.54 Mb.
bet9/33
Sana15.06.2023
Hajmi0.54 Mb.
#1480407
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   33
Bog'liq
navoiyning yangisi

Darveshali : Albatta shunday bo‘lmoq kerak (siyrakroq soqolini qashib qo‘yib) — elga xizmat qilgan kishining e’tibori, qadri-qiymati oshar...
(Navoiy ukasiga ma’nodor tikiladi)
Yaxshilik bilan nom qoldirmoqning o‘zi ulug‘ mukofotdir,—dedi u keskin ravishda. — Himmatingiz samosini hargiz bulut qoplamasin, inim.
(Darveshali uyalganday ko‘zlarini yashirishga tirishadi. Keyin gapni kutubxonaga burdi. Birinchi galda bir imorat oliy qurmoq kerakligi haqida so‘zlaydi. Navoiy tokchadagi shamga qaradi, o‘rnidan qo‘zg‘olarkan, Darveshali: «Men... Men...» deb dik etib turdi-da, shamdonni olib o‘rtaga qo‘ydi va qaychi bilan sham uchini avaylab kesadi.)
(Shoir bir taxta shaldirama qog‘oz olib, ochiq, qalin kitob ustiga qoyadi. Qalamni chiroyli mu’jaz mis siyohdonga botiradi-da qog‘oz ustida juda ehtiyot bilan, asta yurita boshladi. Bir ozdan keyin Darveshali oldinga surildi, ko‘zlarini katta ochib, qog‘ozga, akasining dam to‘x-tab, dam yengil harakat qilgan nozik qo‘llariga qarab turdi. Qog‘oz g‘alati chiziqlar bilan to‘la boshlaydi. Nihoyat, Na­voiy qalamni qoydi, qaddini rostladi, ukasiga tabassum bilan boqadi.)
Navoiy : Mana bu ashkolga1 diqqat eting,(qog‘ozni Darveshali tomon surib) — biz me’mori san’atda2 sohib vuquf3 emasmiz. Bu sohaning ustod komili4, albatta, o‘z so‘zini aytar, lekin biz oylagan imorat, taxminan, shu shaklda bo‘lishi kerak.
(Qog‘ozdagi shakl binoning tarxi5 edi. Darveshali qiziqib tamosha qilarkan, bu muazzam bino butun tafsiloti bilan shoirning ko‘z oldida gavdalangandek, Navoiy uning ichki tuzilishi, tashqi ko‘rinishi, naqshlari, bo‘yoqlariga qadar tushuntirdi. Darveshalining har bir savoliga, go‘yo shu qabildagi binoni biron joyda ko‘rib, maqbul topgan kabi, to‘la javob berar edi. Keyin Darveshali bilan kitoblar yig‘ish to‘g‘risida so‘zlashdi. Qiymatli kitoblarning nusxalarini ko‘paytirmoq uchun Hirotdagi eng yaxshi kotiblar va muqova ustalari haqida surishtirdi.

Download 0.54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   33




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling