Guruh sardorlariga nazorat varog’lari topshiriladi.Sardorlar guruhlari qo’lga kiritgan ballarni nazorat varog‘iga qayd etib boradi.
Nazorat varog‘i:
Guruh nomi
|
O’tilgan mavzuni so’rash jaroyonida erishgan ko’rsatkichlari
|
Yangi mavzuni mustahkamlash jaroyonida erishgan ko’rsatkichlari
|
1-topshiriq
|
|
|
2-topshiriq
|
|
|
3-topshiriq
|
|
|
4-topshiriq
|
|
|
5-topshiriq
|
|
|
3) Yangi mavzuni o‘rganish (20 daqiqa)
4) Mavzuni mustahkamlash (10 daqiqa; bunda summativ emas, formativ baholash o‘tkazilishi; turli formatdagi test topshiriqlaridan foydalanish zarur. Har bir test topshirig‘ining maqsadi bo‘lishi zarur.)
5) Darsni yakunlash (4 daqiqa; refleksiya o‘tkaziladi; o‘quvchilar baholanadi (formativ baholash)
6) Uyga vazifa (1 daqiqa; mantiqiy fikrlashga doir topshiriq tuziladi)
DARS MAQSADI:
Didaktik maqsad :fotosintez va nafas olish jarayonlarini taqqoslab o‘rganish.
O‘quv maqsadi: fotosintez va nafas olish jarayonlarini mohiyatini o‘rganish
Bizga kerak: fotosintez va nafas olish jarayonlari aks etgan rasm, karton va rangli qog‘oz,chizg‘ich, yelim, qaychi.
Tashkiliy qism
“KAYFIYAT HAQIDA” AXBOROT METODI
“ Ob-havo, hayvonlar, qushlar yoki o‘simliklar kabi mavzularga murojat qilib, o‘zingizni qanday his qilayotganingizni ayting”
O‘zimni qishda uyg‘ongan ayiqqa o‘xshatyapman
Kecha bulutli edi, hozir quyosh charaqalab chiqgan
Yolbarsdek shoshib keldik, kapalakdek yengilman ... va hakazo o‘xshatishlar
O‘quvchimizga nima beradi :
O‘zini erkin his qiladi
O‘xshatishni o‘rganadi
Tasavvurini rivojlantiradi
Og‘zaki nutqini o‘stiradi ...
O‘qituvchilarimizga nima beradi :
O‘quvchilarga qanday munosabatda bo‘lishni o‘rgatdi, auditoiyaning muhitini aniqlashni ko‘rsatadi va shunga qarab yo‘l topadi .
Uyga berilgan vazifani tekshirish refleksiya
RASMLI TOPSHIRIQ
1-TOPSHIRIQ
1-Guruh uchun topshiri
2 -Guruh uchun topshiriq
3-Guruh uchun topshiriq
Yangi mavzu:
EKOSISTEMANING TARKIBIY TUZILMASI
REJA
Ekosistema
Biosenoz
Tabiiy va sun’iy ekosistema.
“Ekosistema” atamasi 1935-yilda angliyalik olim A.Tensli tomonidan fanga kiritilgan. Uning fikriga ko‘ra, ekosistemalar faoliyati moddalar almashinuvi va energiya oqimi bilan bog‘liq bo‘lgan tirik organizmlar va atrof-muhitning fizik omillari majmuasidir. Ekosistema deyilganda o‘lchami jihatdan xilma-xil, moddalar va energiya almashinuvi orqali o‘zaro bog‘liq tirik organizmlar va anorganik tabiat omillarining yig‘indisi tushuniladi. Ekosistemalar hudud jihatdan turlicha bo‘lishi mumkin: kichik ekosistemalar – mikroekosistemalar (mikrobli suv tomchisi, mikroorganizmlar va umurtqasiz hayvonlarga ega chiriyotgan to‘nka, ko‘lmak suv, akvarium va boshq.); o‘rtacha o‘lchamga ega ekosistemalar – mezoekosistemalar (olmali bog‘, dala, archazor o‘rmon, hovuz, ko‘l, daryo va boshq.); yirik ekosistemalar – makroekosistemalar (okean, dasht, tayga, tropik o‘rmon, tog‘lar, cho‘l va boshq.); global ekosistema (biosfera). Ekosistemalar tabiiy va sun’iy bo‘lishi mumkin. Sun’iy ekosistemalar insonlar tomonidan o‘z
xo‘jalik faoliyatini yuritish maqsadida yaratiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |