Surxondaryo viloyati denov tumani denov tadbirkorlik va pedagogika instituti


Download 30.42 Kb.
Sana11.05.2023
Hajmi30.42 Kb.
#1451961
TuriReferat
Bog'liq
budjet 14


SURXONDARYO VILOYATI DENOV TUMANI DENOV TADBIRKORLIK VA PEDAGOGIKA INSTITUTI





REFERAT

TADBIRKORLIK VA BOSHQARUV FAKULTETI 8-BH TALABASI RAHMATULLAYEV SARVARNING budjet hisobi va hisoboti FANIDAN TAYYORLAGAN REFERATI
FAN O’QITUVCHISI: ZAFAR SHUKUROV

DAVLAT BYUDJETI VA DAVLAT MAQSADLI JAMG’ARMALARI BYUDJETLARI IJROSI HISOBI


REJA:

  1. Davlat byudjeti va davlat maqsadli jamg‗armalarida buxgalteriya hisobini tashkil qilishning uslubiy asoslari

  2. Davlat byudjeti va davlat maqsadli jamg‗armalarida buxgalteriya hisobini tashkil qilishning me‘yoriy-huquqiy asoslari



Ma‘lumki, buxgalteriya hisobi bu yaxlit va uzluksiz holda hisobga olish yo‗li bilan buxgalteriya hisobi obyektlarining holati va ularning harakati to‗g‗risidagi ma‘lumotlarni yig‗ish, ro‗yxatga olish va umumlashtirish, shuningdek, ular asosida moliyaviy va boshqa hisobotlarni tuzish tizimini o‗zida aks ettiradi. 2016 yil 13 aprelda qabul qilingan O‗zbekiston Respublikasining ―Buxgalteriya hisobi to‗g‗risida‖gi (O‗RQ-404) qonuniga muvofiq davlat hokimiyati va boshqaruv organlari, O‗zbekiston Respublikasida ro‗yxatga olingan yuridik shaxslar, ularning O‗zbekiston Respublikasi xududida hamda undan tashqarida joylashgan shu‘ba korxonalari, filiallari, vakolatxonalari va boshqa tarkibiy bo‗linmalari buxgalteriya hisobining subyektlari bo‗lsa, asosiy va joriy aktivlar, majburiyatlar, xususiy kapital, zahiralar, daromadlar va xarajatlar, foyda, zararlar hamda ularning harakati bilan bog‗liq xo‗jalik operatsiyalari buxgalteriya hisobining obyektlaridir. Davlat byudjeti va davlat maqsadli jamg‗armalarida buxgalteriya hisobi, umumiy holda buxgalteriya hisobini, shuningdek byudjet jarayonini bir qismini tashkil qilib, foydalanuvchilarni davlat byudjetining ijrosi to‗g‗risidagi zaruriy moliyaviy axborotlar bilan ta‘minlaydi. Amaldagi buxgalteriya hisobi bo‗yicha qonunchilikka muvofiq O‗zbekiston Respublikasi davlat byudjetida turadigan tashkilotlarning buxgalteriya hisobi va hisobotlarini tartibga solish O‗zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan amalga oshiriladi. Bunda, O‗zbekiston Respublikasining vazirlik va idoralari zarur hollarda, O‗zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishgan holda, o‗z tizimidagi tashkilotlarda faoliyat hususiyatlaridan kelib chiqqan holda III-MODUL. 427 buxgalteriya hisobi va hisobotlarining umumiy qoidalarini qo‗llash tartibi to‗g‗risida belgilangan tartibda me‘yoriy hujjatlar chiqarishlari mumkin. Davlat byudjeti va davlat maqsadli jamg‗armalarida buxgalteriya hisobini yuritish va moliyaviy hisobotlarni tuzish ―Buxgalteriya hisobi to‗g‗risida‖gi O‗zbekiston Respublikasining qonuni va boshqa bir qator qonunlar, O‗zbekiston Respublikasi Hukumati hamda Moliya vazirligining bir qancha me‘yoriy-huquqiy hujjatlariga muvofiq olib boriladi. Umumiy holda davlat byudjeti va davlat maqsadli jamg‗armalarida buxgalteriya hisobini tashkil qilishning uslubiy asoslari bo‗lmish qonunchilik tizimini quyidagi ko‗rinishda keltirishimiz mumkin (50- chizma): 30.08.1996 yilda xalqaro talablarga to‗la mos ravishda qabul qilingan, byudjet ijrosining hisobi borasida ham asosiy tayanch qonunchilik bazasi hisoblanuvchi O‗zbekiston Respublikasining ―Buxgalteriya hisobi to‗g‗risida‖gi qonuni (ЎзР 13.04.2016 yil. O‗RQ404-son bilan qabul qilingan yangi tahriri) byudjet tashkilotlarida buxgalteriya hisobini tashkil qilish borasida ham asosiy me‘yorlarni belgilab beradi. Jumladan, buxgalteriya hisobining asosiy maqsadi va vazifalari, uning subyektlari va obyektlari, O‗zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining buxgalteriya hisobini tartibga solish borasidagi vakolatlari va boshqa bir qator asosiy qonunchilik talablari o‗rnatilgan. Buxgalteriya hisobi va hisobotini tartibga solish, buxgalteriya hisobi standartlarini ishlab chiqish va tasdiqlash Oʼzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi zimmasiga yuklanadi. Buxgalteriya hisobini yuritish qoidalari buxgalteriya hisobi standartlari bilan, shu jumladan, kichik va xususiy tadbirkorlik subʼektlari uchun soddalashtirilgan buxgalteriya hisobini yuritish standarti bilan belgilanadi. Banklarning buxgalteriya hisobi va hisobotini tartibga solish Markaziy bank tomonidan qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi. “Buxgalteriya hisobi toʼgʼrisida”gi qonun, 5-modda 428 DAVLAT BYUDJETI VA DAVLAT MAQSADLI JAMG‗ARMALARIDA BUXGАLTERIYA HISOBINI TАSHKIL QILISHNING QONUNCHILIK TIZIMI Oʼzbekiston Respublikasining qonunlari Oʼzbekiston Respublikasi Prezidenti va Hukumatining qarorlari Oʼzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining meʼyoriy- huquqiy hujjatlari Vazirliklar, idoralar va davlat qoʼmitalarining Oʼzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishilgan holda ishlab chiqilgan meʼyoriy hujjatlari 50-chizma. Davlat byudjeti va davlat maqsadli jamg‗armalarida buxgalteriya hisobini tashkil qilishning uslubiy asoslari bo‗yicha qonunchilik tizimi Shuningdek, 2013 yil 26 dekabrda qabul qilingan O‗zbekiston Respublikasining ―Byudjet kodeksi‖ hamda 2016 yil 22 dekabrda qabul qilingan ―O‗zbekiston Respublikasi byudjet tizimi byudjetlarining g‗azna ijrosi‖ qoidalari (15 sentyabr 2018 yilda 2850-2 –son bilan ro‗yxatdan o‗tkazilgan yangi tahrir) ham byudjet tashkilotlarida buxgalteriya hisobini tashkil qilish, xarajatlar smetasi ijrosini olib borish va uni nazorat qilish, shuningdek byudjet ijrosi bo‗yicha hisobotlarni tuzish, taqdim qilish va boshqa bir qator asosiy qonunchilik normalarni belgilab beradi. O‗zbekiston Respublikasi Hukumati tomonidan qabul qilingan bir qator qarorlar, jumladan, 1999 yil 3 sentyabrda qabul qilingan O‗zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining ―Byudjet tashkilotlarini mablag‗ bilan ta‘minlash tartibini takomillashtirish to‗g‗risida‖gi 414-sonli (O‗z. Res.VM.ning 2016 yil 26 apreldagi 122- 429 sonli qaroriga asosan qayta tahrirlangan) qarori, O‗zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010 yil 2 apreldagi 62- son ―Vazirliklar va idoralarning byudjetdan tashqari jamg‗armalariga mablag‗lar ajratish va ulardan foydalanishni tartibga solish choratadbirlari to‗g‗risida‖gi qarori (O‗zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 26-apreldagi 122-sonli qarori bilan tahrirlangan) va boshqalar byudjet ijrosi jarayonini, jumladan byudjet tashkilotlarida buxgalteriya hisobini tashkil qilish jarayonini tartibga soluvchi me‘yoriy hujjatlarning bir bo‗g‗ini hisoblanadi. Shuningdek, O‗zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999 yil 5-fevraldagi ―Mahsulot (ishlar, xizmatlar)ni ishlab chiqarish va sotish xarajatlari tarkibi hamda moliyaviy natijalarni shakllantirish tartibi to‗g‗risidagi nizomni tasdiqlash haqida‖gi 54-son qarori (Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 22-maydagi 384-sonli qarori bilan tahrirlangan) byudjet tashkilotlarining byudjetdan tashqari daromadlari va xarajatlarini buxgalteriya hisobida aks ettirish uslubiyotini ta‘minlab beradi. Davlat byudjeti g‗azna ijrosining buxgalteriya hisobi G‗aznachilik tomonidan, shuningdek davlat soliq va bojxona xizmati organlari, byudjet tashkilotlari hamda davlat maqsadli jamg‗armalarini taqsimlovchi organlar tomonidan Davlat byudjeti g‗azna ijrosining buxgalteriya hisobi hisobvaraqlarining yagona rejasi va byudjet tasnifi asosida tashkil etiladi hamda amalga oshiriladi. Byudjet tashkilotlarining va byudjet mablagʼlari oluvchilarning choraklik moliyaviy hisobotlari hisobot yilining 1 aprel, 1 iyul va 1 oktyabr holatiga, yillik moliyaviy hisobotlar esa, kelgusi hisobot yilining 1 yanvar holatiga koʼra tuziladi. Byudjet tashkilotlarining va byudjet mablagʼlari oluvchilarning moliyaviy hisobotlari mazkur tashkilotlarning rahbari hamda bosh buxgalteri tomonidan imzolanadi. Choraklik va yillik moliyaviy hisobotlar: byudjet mablagʼlarini taqsimlovchilar boʼyicha — Oʼzbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga; Qoraqalpogʼiston Respublikasining respublika byudjetidan, viloyatlarning viloyat byudjetlaridan va Toshkent shahrining shahar byudjetidan moliyalashtiriladigan byudjet tashkilotlari va byudjet mablagʼlari oluvchilar boʼyicha — Qoraqalpogʼiston Respublikasi Moliya vazirligiga, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining moliya boshqarmalariga; tumanlar va shaharlar byudjetlaridan moliyalashtiriladigan byudjet tashkilotlari va byudjet mablagʼlari oluvchilar boʼyicha — tumanlar va shaharlar hokimliklarining moliya boʼlimlariga taqdim etiladi. ―Byudjet kodeksi‖ 163-modda 430 Davlat byudjeti g‗azna ijrosining buxgalteriya hisobi hisobvaraqlarining yagona rejasi O‗zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan ishlab chiqiladi va tasdiqlanadi. Yuqoridagilardan tashqari O‗zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan bu borada bir qancha me‘yoriy-huquqiy hujjatlar qabul qilingan bo‗lib, mazkur hujjatlar byudjet tashkilotlarida buxgalteriya hisobini tashkil qilishni bevosita tartibga soluvchi asosiy qonunchilik bazasi hisoblanadi.
Ushbu me‘yoriy hujjatlardan asosiylarini tizimlashtirilgan shaklda quyidagicha keltirish mumkin (29-jadval). 29-jadval. Davlat byudjeti va davlat maqsadli jamg‗armalarida buxgalteriya obyektlari hisobini tartibga soluvchi me‘yoriy-huquqiy hujjatlar20 T/ r Me‘yoriy-huquqiy hujjatning nomi O‗z.Res. VM. qarori raqami va sanasi, Adliya vazirligidan ro‗yxatdan o‗tkazilgan sanasi va raqami Hujjatning qisqacha mazmuni UMUMIY HISOB OBYEKTLARI BO‗YICHA 1 O‗zbekiston Respublikasining byudjet kodeksi O‗zbekiston Respublikasining 26.12.2013 y. O‗RQ-360-son Qonuni bilan tasdiqlangan (2019 yil 9 dekabrdagi O„RQ590-sonli Qonuniga asosan to„ldirilgan) Ushbu Kodeks O‗zbekiston Respublikasining byudjet tizimi byudjetlarini shakllantirish, tuzish, ko‗rib chiqish, qabul qilish, tasdiqlash, ijro etish, davlat tomonidan mablag‗ jalb qilish va byudjet to‗g‗risidagi qonun hujjatlari ijrosini nazorat qilish sohasidagi munosabatlarni tartibga soladi. 2 Byudjet tashkilotlarida buxgalteriya hisobi to‗g‗risidagi Yo‗riqnoma 22 dekabr 2010 yil 2169-son bilan Byudjet tashkilotlarida buxgalteriya hisobini tashkiliy, texnik hamda 20 Mehmonov S. va Ubaydullaev D. Byudjet tashkilotlarida buxgalteriya hisobi. Darslik. 20-29 bet ma‘lumotlari asosida qayta tayyorlangan 431 ro‗yxatga olingan (17.03.2018 y. 2169-2-sonli yangi tahriri) uslubiy jihatlari, jumladan bosh hisobchi va hisobchilarning huquqlari, majburiyatlari va vazifalari, byudjet tashkilotlarida buxgalteriya hisobining schyotlar rejasi va har bir schyot bo‗yicha to‗liq ma‘lumotlar, hisob yuritish shakli, shuningdek 63 ta ilova bilan dastlabki hisob hujjatlari, hisob registrlari va boshqa zaruriy hujjatlar tasdiqlangan. 3 O‗zbekiston Respublikasi Davlat byudjetida turuvchi tashkilotlarning xarajatlar smetasi va shtatlar jadvalini tuzish, ko‗rib chiqish, tasdiqlash va ro‗yxatdan o‗tkazish tartibi to‗g‗risidagi nizom 15 dekabr 2014 yil 2634-son bilan ro‗yxatga olingan (08.11.2018 y. 2634-2 sonli yangi tahriri) Byudjet tashkilotlari tomonidan byudjet mablag‗lari bo‗yicha xarajatlar smetalarini, byudjetdan tashqari mablag‗lar bo‗yicha daromadlar va xarajatlar smetalarini hamda shtatlar jadvalini tuzish, tasdiqlash va taqdim qilish tartibi keltirilgan. Shuningdek byudjet tashkilotlari tomonidan vaqtinchalik xarajatlar smetalarini tuzish va taqdim qilish tartibi, shtatlar jadvalini tuzish va taqdim qilish tartibi ham keltirilgan. Bundan tashqari mazkur smetalarni va shtatlar jadvalini tegishli moliya organlaridan ro‗yxatdan o‗tkazish va ularni to‗g‗ri tuzilganligini nazorat qilish tartibi bayon qilingan. 4 Buxgalteriya hisobida hujjatlar va hujjatlar aylanuvi to‗g‗risidagi Nizom 14 yanvar 2004 yil 1297-son bilan ro‗yxatga olingan Yuridik shaxslar tomonidan tuziladigan dastlabki hisob hujjatlariga qo‗yiladigan asosiy talablar, hujjatlar aylanish grafigini ahamiyati va uni namunaviy ko‗rinishi, 432 dastlabki hisob hujjatlariga buxgalteriyada ishlov berish, ushbu hujjatlarni elektron tuzishda qo‗yiladigan asosiy talablar va boshqa qonunchilik normalari keltirilgan. 5 O‗zbekiston Respublikasining 19-son Buxgalteriya hisobi milliy standarti ―Inventarlashni tashkil etish va o‗tkazish‖ 2 noyabr 1999 yil 833-son bilan ro‗yxatga olingan Inventarizatsiyani tashkil qilish, uni o‗tkazishning umumiy qoidalari, molmulkning ayrim turlari va moliyaviy majburiyatlarni inventarizat-siyadan o‗tkazish qoidalari, inventarlash bo‗yicha solishtirma- qaydnomalarni tuzish, inventarizatsiya bo‗yicha tofovutlarni tartibga solish tartibi va inventarizatsiya natijalarini rasmiylashtirish hamda inventarizatsiya bilan bog‗liq boshqa normalar keltirilgan. 6 O‗zbekiston Respublikasi Byudjet tasnifini qo‗llash bo‗yicha Yo‗riqnoma 11 oktyabr 2010 yil 2146-son bilan ro‗yxatga olingan (2018 yil 14 sentyabrdagi 2146-9 sonli yangi tahriri) O‗zbekiston Respublikasi Byudjet tasnifining asosiy prinsiplari, uning strukturasi, jumladan, daromalar tasnifi, uning tarkibi va mazmuni, xarajatlar tasnifi, uning tarkibi: xarajatlarning vazifa jixatidan tasnifi, uning tarkibi va mazmuni, xarajatlarning iqtisodiy tasnifi, uning tarkibi va mazmuni, shuningdek byudjet taqchilligini moliyalashtirish tasnifi, uning tarkibi va mazmuni va boshqa qonunchilik normalari keltirilgan. 433 7 2020 yil uchun O‗zbekiston Respublikasining davlat byudjeti to‗g‗risidagi qonun 9 dekabr 2019 yil O‗RQ 589- sonli qonun Ushbu Qonunning maqsadi 2020 yil uchun O‗zbekiston Respublikasining Davlat byudjetini shakllantirish va ijro etish bilan bog‗liq munosabatlarni tartibga solishdan iborat. ASOSIY VOSITALAR HISOBI 8 1 yanvar holati bo‗yicha asosiy fondlarni har yili qayta baholashni o‗tkazish tartibi to‗g‗risida Nizom 4 dekabr 2002 yil 1192-son bilan ro‗yxatga olingan (24.04.2014 y. 1192-3- sonli yangi tahriri) Asosiy fonlarni qayta baholash, qayta baholashni o‗tkazish tartibi va usullari, ularni buxgalteriya hisobi va hisobotlarida aks ettirish tartibi va asosiy fondlarni qayta baholash bilan bog‗liq boshqa normalar keltirilgan 9 Byudjet tashkilotlarining asosiy vositalarini eskirishini aniqlash va buxgalteriya hisobida aks ettirish tartibi to‗g‗risidagi Nizom 19 dekabr 2013 yil 2538 -son bilan ro‗yxatga olingan (2018 yil 17 martda 2538- 1-sonli qaroriga asosan o‗z kuchini yo‗qotgan) Byudjet tashkilotlarining asosiy vositalarini eskirishini aniqlash, eskirish normalari va buxgalteriya hisobida aks ettirish tartibi keltirilgan. 10 Asosiy vositalarni balansdan chiqarish tartibi to‗g‗risida Nizom (yangi tahrirda) 29 avgust 2004 yil 1401-son bilan ro‗yxatga olingan Asosiy vositalarni Balansdan chiqarishning asosiy talablari (kriteriyalari) va tartibi, ularni hisobda aks ettirish, hujjatlashtirish, shuningdek asosiy vositalarni sotishdan tushgan mablag‗larni taqsimlash va hisobda aks ettirish tartibi va boshqa normalar keltirilgan. 11 Inventarizatsiya jarayonida aniqlangan mol-mulk kamomadi va ortiqchasining buxgalteriya hisobi tartibi to‗g‗risidagi Nizom 6 aprel 2004 yil 1334-son bilan ro‗yxatga olingan Inventarizatsiya natijasida aniqlangan ortiqcha asosiy vositalar bahosini aniqlash, kamomadlarni undirish va tushgan mablag‗larni taqsimlash tartibi, inventarizatsiya natijalarini buxgalteriya hisobida aks ettirish tartibi va boshqa normalar keltirilgan 434 12 Byudjet tashkilotlari va davlat unitar Korxonalarining asosiy vositalarini hamda qurilishi tugallanmagan b‘ektlarini sotish, shuningdek ularni sotishdan tushgan pul mablag‗larini taqsimlash tartibi to‗g‗risida Nizom O‗zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009 yil 31 dekabrdagi 343- son qarori bilan tasdiqlangan. Byudjet tashkilotlarida bino, inshootlardan tashqari boshqa aosiy vositalarni sotish, shuningdek sotishdan tushgan mablag‗ni taqsimlash tartibi keltirilgan. Ushbu hujjatda sotishdan tushgan mablag‗dan byudjet tashkiloti ixtiyorida qoladigan qismini qaysi maqsadlarga sarflanishi belgilangan 13 Davlat mulkini ijaraga berish tartibi to‗g‗risida Nizom O‗z. Res.VM.ning 2009 yil 8 apreldagi 102- son qarori bilan tasdiqlangan. Byudjet tashkilotlari vaqtincha bo‗sh binolarni, mulklarini ijaraga berish tartibi keltirilgan 14 Davlat mulki obyektlarini sotish va davlat mulkini ijaraga berish bo‗yicha elektron savdolar o‗tkazish tartibi to‗g‗risidagi nizomni tasdiqlash haqidagi qaror O‗z. Res.VM.ning 2018 yil 16 iyundagi 454-son qarori bilan tasdiqlangan. Davlat mulki obyektlarini sotish va davlat mulkini ijaraga berish bo‗yicha elektron savdolar o‗tkazish tartibi keltirilgan TOVAR MODDIY ZAHIRALAR HISOBI 15 Byudjet tashkilotlari tomonidan tovarlar (ishlar, xizmatlar) ishlab chiqarilishi va sotilishi Tartibi 25 yanvar 2000 yil 880-son bilan ro‗yxatga olingan Byudjet tashkilotlari tomonidan tovar (ish, xizmat) ishlab chiqarish va realizatsiya qilish, xarajatlar kalkulyatsiyasini shakllantirish tartibi va boshqa normalar keltirilgan. 16 Tovar-moddiy boyliklarni olishga ishonchnomalar berish va ularni ishonchnomalar bo‗yicha berish tartibi to‗g‗risida Nizom 27 may 2003 yil 1245-son bilan ro‗yxatga olingan (2019 yil 11 martda 1245-4 - sonli yangi tahriri) Tovar-moddiy boyliklarni olishga berish tartibi, ishonchnoma blanklarini ko‗rinishi, va tovar-moddiy boyliklarni ishonchnomalar bo‗yicha berish va shu kabi ishonchnoma bilan bog‗liq normalar keltirilgan 435 17 O‗zbekiston Respublikasi davlat byudjetini tuzish va ijro etish qoidalari 14 mart 2002 yil 1111-son bilan ro‗yxatga olingan (2006 yil 19 iyunda 1111-1- sonli yangi tahriri) Byudjet tashkilotlarida materiallar bo‗yicha moliya yili oxiriga bo‗lgan qoldiqlar aniqlangan me‘yorlar asosida tahlil qilish tartibi hamda materiallar turlari bo‗yicha alohida kun me‘yorlari keltirilgan. Agar byudjet tashkilotini moliya yili oxirida bo‗lgan materiallar bo‗yicha qoldiq qiymati belgilangan me‘yor(limit)dan ortiqcha bo‗lsa keyingi moliya yilida byudjet mablag‗lari bo‗yicha xarajat smetasida materiallar sotib olish uchun kiritilgan summa me‘yordan ortiq summaga kamaytirilishi ko‗rsatilgan 18 Inventarizatsiya jarayonida aniqlangan mol-mulk kamomadi va ortiqchasining buxgalteriya hisobi tartibi to‗g‗risidagi Nizom 6 aprel 2004 yil 1334-son bilan ro‗yxatga olingan Inventarizatsiya natijasida aniqlangan ortiqcha asosiy vositalar bahosini aniqlash, kamomadlarni undirish va tushgan mablag‗larni taqsimlash tartibi, inventarizatsiya natijalarini buxgalteriya hisobida aks ettirish tartibi va boshqa normalar keltirilgan 19 Mahsulot (ishlar, xizmatlar)ni ishlab chiqarish va sotish xarajatlari tarkibi hamda moliyaviy natijalarni shakllantirish tartibi to‗g‗risida Nizom O‗z. Res.VM.ning 1999 yil 5 fevraldagi 54- son qarori bilan tasdiqlangan. Byujetdan tashqari mablag‗lar hisobidan tovar moddiy zahiralar ishlab chiqarishda ularni tannarxini shakllantirish tartibi belgilangan. Bunda tannarxga kiritiladigan hamda kiritilmaydigan xarajatlar belgilangan 436 PUL MABLAG‗LARI HISOBI 20 ―Byudjet tashkilotlarini mablag‗ bilan ta‘minlash tartibini takomillashtirish to‗g‗risida‖gi qaror O‗z. Res.VM.ning 1999 yil 3 sentyabrdagi 414- sonli qarori bilan tasdiqlangan (O‗z. Res.VM.ning 2016 yil 26 apreldagi 122- sonli qaroriga asosan qayta tahrirlangan) byudjet mablagʼlaridan tejab, samarali va aniq foydalanish hamda byudjet va smeta-shtat intizomini mustahkamlash uchun byudjet tashkilotlari rahbarlarining mustaqilligini kengaytirish va masʼuliyatini oshirish, byudjet tashkilotlarini mablagʼ bilan taʼminlash mexanizmini soddalashtirish va byudjet mablagʼlaridan foydalanishda yuqori natijalarga erishish maqsadida mavjud mablagʼlarni oqilona taqsimlash uchun shartsharoitlar yaratish 21 O‗zbekiston Respublikаsi Moliya Vаzirligining аxborot tizimidа shаxsiy g‗аznа hisobvаrаqlаrini yuritish qoidаlаrini tаsdiqlаsh hаqidа O‗z. Res Moliya Vazirining 24.03.2016 21- son buyrug‗i (AVda 30.03.2016 yil 2772-son bilan ro‗yxatga olingan) O‗zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining axborot tizimida shaxsiy g‗azna hisobvaraqlarini yuritish tartibini belgilaydi. 22 Yuridik shaxslar tomonidan kassa operatsiyalarini yuritish Qoidalari 22 iyun 2015 yilda 2687-son bilan ro‗yxatga olingan Yuridik shaxslar tomonidan kassa operatsiyalarini yuritish tartibi, jumladan, kassa xonalariga qo‗yiladigan asosiy talablar, kassirlarning mas‘uliyati va javobgarligi, ular tomonidan kassa operatsiyalari bilan bog‗liq dastlabki hujjatlarni, shuningdek kassirlik hisobotlarini tuzish va taqdim qilish tartibi va kassa operatsiyalari bilan bog‗liq boshqa normalar keltirilgan . 437 23 O‗zbekiston Respublikasi xududida yuridik shaxslar tomonidan xorijiy valyutada kassa operatsiyalarini yuritish qoidalari 22 yanvar 1999 yil 611-son bilan ro‗yxatga olingan Yuridik shaxslar tomonidan xorijiy valyutada kassa operatsiyalarini yuritish, jumladan kassadagi xorijiy valyutalarni hisobda aks ettirish, dastlabki (kassa kirim, kassa chiqim) hujjatlar nusxalari, kassa kitobini yuritish tartibi keltirilgan 24 O‗zbekiston Respublikasi byudjet tizimi byudjetlarining g‗azna ijrosi qoidalari 22 dekabr 2016 yil 2850 - son bilan ro‗yxatdan o‗tgan, 15 sentyabr 2018 yilda 2850-2 –son bilan yangi tahrirda ro‗yxatdan o‗tkazildi G‗aznachilik bo‗limlarida Byudjet tashkilotlarini yuridik hamda moliyaviy majburiyatlarni ro‗yxatga olish va to‗lab berilishi tartibi keltirilgan 25 O‗zbekiston Respublikasi hududidagi xizmat safarlari to‗g‗risidagi Yo‗riqnoma 29 avgust 2003 yil 1268-son bilan ro‗yxatga olingan (2019 yil 13 sentyabrdagi 1268-1-sonli yangi tahriri) O‗zbekiston Respublikasi hududida xizmat safarlariga chiqishning tartib-qoidalari, xizmat safarini hujjatlar bilan rasmiylashtirish tartibi va xizmat safari xarajatlari normalari, shuningdek boshqa xizmat safarlari bilan bog‗liq qonunchilik normalari keltirilgan. 26 Tender savdolarini tashkil etishni takomillashtirish chora-tadbirlari to‗g‗risida O‗z. Res VM.ning 21.11.2000 456-son qarori bilan tasdiqlangan. (18.12.2017 yil 992-sonli qarori bilan yangi tahriri) Tovarlar, xom ashyo materiallarni sotib olishda tanlov savdolari o‗tkazish jarayonlari hamda tartibi keltirilgan 438 27 O‗zbekiston Respublikasi hududida kapital qurilishda tanlov savdolari to‗g‗risida Nizom O‗z. Res VM. ning 3.07.2003 yil 302-son qarori bilan tasdiqlangan. (17.02.2012 yil 42-sonli qarori bilan yangi tahriri) Kapital qurilish hamda ta‘mirlash ishlarini amalga oshirilishi uchun tanlov savdolarini o‗tkazish tartibi keltirilgan 28 O‗zbekiston Respublika tovar xom ashyo birjasida boshlang‗ich narxni pasaytirish yuzasidan elektron auktsion savdolarni tashkil etish va o‗tkazish tartibi to‗g‗risida Nizom O‗z. Res.VM.ning 2012 yil 6 sentyabrdagi 260- son qarori bilan tasdiqlangan. Tovar xom ashyo birjasida tovarlar, xom ashyo materiallarni sotib olishda elektron auktsion savdolarni tashkil etish va o‗tkazish tartibi keltirilgan 29 Vazirliklar, idoralar, korxonalar va tashkilotlar xodimlari O‗zbekiston Respublikasi tashqarisiga xizmat safariga yuborilganda xizmat safari xarajatlari uchun mablag‗ berish tartibi 19 noyabr 2015 yil 2730-son bilan ro‗yxatga olingan Xodimlar O‗zbekiston Respublikasi tashqarisiga xizmat safariga yuborilganda xizmat safari xarajatlari uchun mablag‗ berish me‘yorlari hamda tartibi keltirilgan 30 Byudjet tashkilotlari xodimlarini moddiy rag‗batlantirish maxsus jamg‗armasi to‗g‗risida yo‗riqnoma O‗z.R AV. tomonidan 20.09.1995 yil 177-son bilan ro‗yxatga olingan Byudjet tashkilotlari xodimlarini moddiy rag‗batlantirish maxsus jamg‗armasini tashkil etish va ushbu jamg‗arma mablag‗larini sarflash tartibi keltirilgan 31 ―Davlat ijtimoiy sug‗urtasi bo‗yicha nafaqalar tayinlash va tartibi to‗g‗risida Nizom‖ O‗z.R AV.da 8.05.2002 yil 1136-son bilan ro‗yxatga olingan (28.07.2007 y. 1136-2-son bilan ro‗yxatga olingan yangi tahriri) Davlat ijtimoiy sug‗urtasi bo‗yicha xodimlarga vaqtincha mehnatga layoqatsizlik nafaqalarini, boshqa to‗lovlarni hisoblash hamda to‗lab berish tartibi keltirilgan 32 O‗rtacha oylik ish haqini hisoblab chiqarish tartibi 1997 yil 11 martdagi 133 son qarori bilan tasdiqlangan ― O‗zR VM.ning 1997 yil 11 martdagi 133- son qarori bilan tasdiqlangan. Xodimlarga qo‗shimcha ish haqlari (mexnat ta‘tili uchun, vaqtincha mehnatga layoqatsizlik nafaqalari) hisoblashda o‗rtacha oylik ish haqini hisoblab chiqarish tartibi keltirilgan 439 33 Byudjet tashkilotlarida ishlovchi ayollarga homiladorlik va tug‗ish bo‗yicha nafaqa, fuqarolarning ayrim toifalariga uy-joy- kommunal xizmatlar haqini to‗lash bo‗yicha imtiyozlar o‗rniga qonun hujjatlarida nazarda tutilgan oylik kompensatsiya pul to‗lovlari hamda bola tug‗ilganida beriladigan bir yo‗la nafaqani to‗lash bo‗yicha xarajatlarni moliyalashtirish tartibi to‗g‗risida Nizom O‗zR Moliya vazirligining 05.02.2010 yildagi 10-sonli buyrug‗i, 23 fevral 2010 yil 2080-son bilan ro‗yxatdan o‗tkazilgan Byudjet tashkilotlarining xodimlariga ayrim turdagi ijtimoiy nafaqalarini moliyalashtirish va to‗lash tartibi keltirilgan. Byudjet tashkilot-larida ishlovchi ayollarning homiladorlik va tug‗ish bo‗yicha nafaqalari, bola tug‗ilganda beriladigan bir martalik nafaqalarni hamda kommunal xizmatlar uchun ayrim toifa fuqorolarga imtiyozli kompensatsiya to‗lovlarini moliyalashtirish tartibi va boshqa normalar keltirilgan. 34 Oliy ta‘lim muassasalari talabalariga stipendiyalar tayinlash va to‗lash tartibi to‗g‗risida Yo‗riqnoma O‗zR. Oliy va o‗rta maxsus ta‘lim vazirligi va O‗zR Moliya vazirligining qarori 2012 yil 7 avgustda 1339-3- son bilan ro‗yxatdan o‗tkazilgan Oliy ta‘lim muassasalarida talabalarga stipendiyalar hisoblash hamda to‗lab berish tartibi keltirilgan MOLIYAVIY NATIJALARNI SHAKLLANTIRISH HISOBI VA HISOBOTLAR 35 O‗zbekiston Respublikasi Davlat byudjetidan mablag‗ bilan ta‘minlanadigan tashkilotlarning davriy moliyaviy hisobotlarini tuzish, tasdiqlash hamda taqdim qilish bo‗yicha qoidalar 15 fevral 2018 yil 2971– son bilan ro‗yxatga olingan O‗zbekiston Respublikasi Davlat byudjetidan mablag‗ bilan ta‘minlanadigan tashkilotlarning choraklik va yillik buxgalteriya hisobotlarini tuzish, tasdiqlash hamda taqdim qilish bo‗yicha qoidalar, mazkur hisobotlarni O‗zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining G‗aznachiligi va uning xududiy bo‗linmalari bilan kelishish tartibi va byudjet tashkilotlarining hisobotlari bilan bog‗liq boshqa normalar keltirilgan. 440 36 3-sonli Byudjet hisobining standarti ―Byudjet hisoboti‖ Moliya Vazirining 18 dekabr 2018 yildagi 157-son buyrug‗i O‗z.R AV. tomonidan 2019 yil 18 yanvarda 3124-son bilan ro‗yxatga olingan Byudjet tashkilotlarida buxgalteriya hisobiga doir hisobotlarni tuzish, topshirishni tashkil qilish, dastlabki hisob hujjatlari, hisob registrlari va boshqa zaruriy hisobotlar tasdiqlangan. BOSHQA O‗ZBEKISTON RESPUBLIKASI MOLIYA VAZIRLIGINING ME‘YORIY HUQUQIY HUJJATLARI Yuqoridagilardan tashqari tashqari turli vazirliklar, idoralar va davlat qo‗mitalarining o‗zlarini hususiyatlaridan kelib chiqqan holda buxgalteriya hisobini umumiy qoidalarini qo‗llash bo‗yicha ichki me‘yoriy huquqiy hujjatlari ushbu byudjet tashkiloti va uning tizimidagi quyi tashkilotlarda buxgalteriya hisobini tartibga soluvchi uslubiy asoslardan birini tashkil qiladi. Yuqorida keltirib o‗tganimizdek, ushbu vazirliklar, idoralar va davlat qo‗mitalarining me‘yoriy hujjatlari amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq albatta O‗zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishilishi shart.
Download 30.42 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling