Surxondaryo viloyati ijtimoiy iqtisodiy rivojlanishiga transportning tasiri
Download 1.87 Mb.
|
Umar magistr07
Suv transporti. Ushbu transport aryo, kо‘l, dengiz, okean va sun’iy inshootlar (kanal, suv ombori) suv yо‘llari orqali yuk va yо‘lovchi tashiydigan transport turi hisoblanadi.
Suv transporti temir yо‘l transportidan farq qilib, jihozlanishi uchun kо‘p talab qilinmaydigan suv yо‘llaridan foydalaniladi. Kо‘p yoqilg‘i sarflanmaydi, yuk va yо‘lovchilarni tashish tannarxi pastroq bо‘ladi, ammo tezligi past, yuk tashish mavsumiy, suv oqimining yunalishi doimo kema yо‘nalishiga tо‘g‘ri kelavermaydi. Ilmiy – texnika inqilobi natijasida kemalarning tezligi va quvvati oshdi, natijada ularning harakati iqlimga va oqim yо‘nalishiga bog‘liq bо‘lmay qoladi. Muzyorar kemalar yaratildi. Dengiz yо‘llarini qisqartirish va ulardan unumli foydalanish maqsadida kanallar qurilgan va qurilmoqda. Suv transporti dengiz va daryo transportiga bо‘linadi. Surxondaryo viloyatida suv transporti Markaziy Osiyoning yirik daryosi Amudaryoda yо‘lga quyilgan va rivojlantirilgan. Termiz esa yirik port aylantirilgan. Termiz daryo portining Markaziy Osiyo davlatlari о‘rtasidagi dustlik va tashqi iqtisodiy, tehnikaviy, savdo-sotiq aloqalarini mustahkamlashdagi ahamiyati juda katta. Shu port va Amudaryodan о‘tkazilgan temir yо‘l (avtomobil yо‘li) kо‘prigi orqali О‘zbekistan (va shu jumladan Surhondaryo viloyati) Afg‘oniston, Pokiston, Eron va boshqa qator Osiyo davlatlari bilan aloqa qiladi. Shuningdek, Termiz daryo portidan Tojikiston va Turkmaniston davlatlariga yuk tashuvchi kema qatnovi yо‘lga quyilgan. Ammo, sо‘nggi bir necha о‘n yilliklar mobaynida Amudaryo suvining kamayishi va Orol dengizining qurib borishi natijasida suv yо‘llari xajmi keskin qisqardi, ammo shunga qaramay respublika 1980 yil daryo transpotida 1420 ming tonna yuk tashilgan. 1994 yil may oyida О‘zbekiston Respublikasida joylashgan daryo floti bо‘linmalarini boshqarish tartibi qayta tashkil etildi. О‘zbekistonda «Termiz daryo porti», «Xorazm daryo floti», «Qoraqolpog‘iston daryo floti» ishlab chiqarish birlashmalari tashkil etildi. «О‘zavtotrans» korporatsiyasi huzurida daryo ishini muvofiqlashtirish bо‘yicha bosh boshqarma (Toshkentda) tuzildi. Mamlakatimizda Termiz daryo porti, Sharlavuq, Tо‘rtkо‘l, Beruniy, Qoratov, Xо‘jayli bandargohlari, Amudaryo orqali Tо‘rtkо‘l-Xonqa, Chalish-Beruniy suzma kо‘priklari, Xо‘jayli kema ta’mirlash zavodi ishlab turibdi. Viloyatdagi Termiz daryo porti yiliga 2,5 mln. tonna yukni qabul qilish hamda jо‘natish imkoniyatiga ega, Afg‘onistonning Xayraton bandargohi orqali eksport-import yuklarini yetkazib berishda xalqaro ahamiyatga molik. Mamlakat daryo flotida 150ga yaqin teploxod, shuningdek barjalar, suzuvchi ekskavatorlar, port kranlari va shuningdek yordamchi kemalar, texnika vositalari bor. Mamlakatimizdagi suv yо‘llarining umumiy uzunligi 1000 km. dan ortiq. Yuklar asosan Termiz-Xayraton, Sharlavuk-Tо‘rtkо‘l, Xо‘jayli-Tо‘rtkо‘l, Xо‘jayli-Beruniy, Qoratov-Taxiatosh yо‘nalishlarida tashiladi. Yiliga daryo flotida 132,7 ming tonna yuk tashilmoqda. О‘zbekistonning port va bandargohlari temir yо‘llar bilan bog‘langan. 2.6-jadval Download 1.87 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling