Surxondaryo viloyati ijtimoiy iqtisodiy rivojlanishiga transportning tasiri


Viloyat bо‘yicha yuk tashish xajmi


Download 1.87 Mb.
bet10/20
Sana19.06.2023
Hajmi1.87 Mb.
#1603942
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   20
Bog'liq
Umar magistr07

Viloyat bо‘yicha yuk tashish xajmi


2011 y.

2012 y.

2013 y.

2014 y.

2015 y.

2016 y.

Jо‘natilgan yuklar, mln.t

1 275,50

1 329,30

1 387,10

1 458,90

1 527,00

1132,5

quvur yо‘li 

59,9

64,5

65

65,8

60

62,2

havo yо‘li, ming t

30,7

24

22

23

24,6

26,5

yuk aylanmasi,
mlrd. t-km

78,8

83,4

83,7

85,7

86,9

63,5

quvur yо‘li

30,1

33

31,5

31,2

30

28,9

havo yо‘li, mln. t-km

162,5

121,9

116,3

125,1

131,1

132,2

 Izoh: Viloyat statistika boshqarmasi ma’lumotlari asosida tuzildi.
Termiz daryo porti - Amudaryoning yuqori oqimida, Termiz shahrida joylashgan daryo porti; xо‘jalik faoliyati bilan shug‘ullanadigan ishlab chiqarish birlashmasi. 1994 yildan tashkil etilgan. Tarkibida "Termiz" daryo porti, suv yо‘lining Termiz uchastkasi, kema ta’mirlash ustaxonalari bor. Maydoni 20,5 ga. 1953 yilda qurilgan. Tashqi savdo yuklariga mо‘ljallangan sig‘imi 10 ming tonna bо‘lgan yopiq va 100 ming tonna yukka mо‘ljallangan ochiq omborlarga ega. Port tashki savdo eksport import tranzit va gumanitar yuklarni ortish tushirish, yuklarni omborxonalarda saklash, daryo floti yordamida yuklarni Afg‘onistonning Sherxon va Hayraton portlariga yetkazib beradi. Termiz daryo portip. Jahon xalqaro yuk tashuvchi va xalqaro ekspeditor dengiz va dare portlari rо‘yxatiga kiritilgan. Termiz daryo portining yuk о‘tkazish yillik quvvati 600 ming t, yuklarni tushirish - ortish quvvati 900 ming t. Turli maqsadlardagi 17 ta teploxod va yuk barjalariga, 10 ga yaqin port kranlariga ega.
2.7-jadval

Surxondaryo viloyati transport korxonalar faoliyatida
kichik biznes subektlarining ulushi tо‘g‘risida ma’lumot, %da



Yuk tashish

Yuk aylanmasi

Yо‘lovchi tashish

Yо‘lovchi aylanmasi

2016 yil

2017 yil

о‘sish,
% da

2016 yil

2017 yil

о‘sish,
% da

2016 yil

2017 yil

о‘sish,
% da

2016 yil

2017 yil

о‘sish,
% da

Viloyat jami:

67,9

74,8

110,2

84,2

86,3

102,5

89,6

90,6

101,1

96,1

95,3

99,2

Angor

70,7

73,8

104,4

82,1

85,7

104,4

91,1

92,1

101,1

96,6

96,8

100,2

Boysun

68,6

72,3

105,4

78,2

80,2

102,6

93,6

94,5

101,0

89,5

89,6

100,1

Denov

89,1

92,1

103,4

90,6

93,1

102,8

91,3

94,3

103,3

94,5

95,5

101,1

Jarqо‘rg‘on

65,4

69,5

106,3

91,3

92,4

101,2

94,6

98,5

104,1

98,7

99,3

100,6

Qiziriq

70,3

72,3

102,8

86,9

88,3

101,6

89,6

90,3

100,8

94,1

94,6

100,5

Qumqо‘rg‘on

61,8

66,3

107,3

82,6

89,8

108,7

89,7

90,6

101,0

96,4

97,1

100,7

Muzrabot

67,4

68,3

101,3

85,0

87,3

102,7

89,7

91,2

101,7

92,3

96,5

104,6

Oltinsoy

60,3

62,6

103,8

90,4

94,1

104,1

87,3

88,7

101,6

93,2

94,7

101,6

Sariosiyo

65,7

70,6

107,5

89,1

90,9

102,0

90,8

91,1

100,3

89,7

98,3

109,6

Termiz

63,8

70,9

111,1

89,9

90,3

100,4

89,1

90,8

101,9

91,3

92,3

101,1

Uzun

61,9

66,1

106,8

93,1

94,3

101,3

88,7

92,6

104,4

95,6

96,3

100,7

Sherobod

68,7

73,2

106,6

85,1

86,3

101,4

89,3

94,5

105,8

98,7

98,8

100,1

SHо‘rchi

71,6

79,3

110,8

89,8

92,4

102,9

90,0

93,5

103,9

90,9

91,1

100,2

Termiz shahri

72,2

75,6

104,7

81,3

85,2

104,8

90,0

91,0

101,1

97,0

95,1

98,0








































Viloyatda quvur transporti ham rivojlanib bormoqda. U sanoat korhonalari va hо‘jaliklarni, aholi manzilgohlari va shaharlarni gazlashtirish va chuchuk suv bilan ta’minlashda katta ahamiyatga ega. Quvur transportining rivojlantirilishi va uning halq hо‘jaligida mavqeining oshirilishi ishlab chiqarishda mehnat unumdorligining oshishiga, mahsulot tannarhining pasayishiga, atrof muhitning ekologik ahvolini yaxshilanishiga olib keladi. Shuning uchun ham viloyatdagi barcha mutasaddi tashkilot rahbarlari quvur transportini izchillik bilan rivojlantirishga katta e’tibor qaratilmoqda.

3-BOB.VILOYAT TRANSPORTI RIVOJLANISHIDAGI ASOSIY MUAMMOLAR VA ISTIQBOL YO’NALISHLARI
3.1. “Toshg‘uzor-Boysun-Qumqо‘rg‘on” temir yо‘lining viloyatni
ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishdagi roli

Mustaqillik yillarida mamlakatimizda kо‘plab sohalarda bо‘lgani kabi transport sohasida ham jadal islohotlar amalga oshirila boshlandi. Bunda eng asosiy maqsadlardan biri – mamlakatning yagona transport tizimini barpo qilish, har bir mintaqani ushbu tizimga mustaqil uyg‘unlashuvini, yoki boshqacha qilib aytganda, yо‘l mustaqilligini ta’minlashdan iborat edi.


Bu davrda respublikamizning kо‘pchilik mintaqalari о‘zaro biri-birlari bilan hamda poytaht – Toshkent bilan mustaqil transport bog‘lanish tizimiga ega emas, va bu ish albatta qо‘shni davlatlar orqali amalga oshirilar, bu esa kо‘plab xarajatlarni keltirib chiqarar edi. Ular jumlasiga Farg‘ona, Quyiamudaryo hamda Janubiy mintaqalari kiritilib, ular orasida janubiy mintaqa – Surxondaryo viloyati temir yо‘l yо‘l orqali mamlakat poytaxti bilan tо‘g‘ridan – tо‘g‘ri bog‘lanmasdan, Turkmaniston Respublikasi orqali о‘tib, Qarshi, Samarqand, Toshkent, viloyatlari orqali poytaxt bilan bog‘langan edi. Bu albatta yuk va yо‘lovchilarni respublikaning boshqa viloyatlari bilan temir yо‘lda bо‘ladigan aloqalarda bir muncha qiyinchiliklar, iqtisodiy yо‘qotishlarga, muammolarga sabab bо‘lardi. Bunday vaziyat Farg‘ona va Quyiamudaryo iqtisodiy rayonlari misolida ham kuzatilgan. Mana shunday bir vaziyatda mamlakatimiz oldida yagona transport tizimini tashkil etish masalasi turar edi va bunda barcha transport yо‘llari va ayniqsa temir yо‘llarga katta e’tibor qaratildi.
Surxondaryo viloyatini mamlakatimizning poytahti hamda boshqa mintaqalari bilan bevosita bog‘lash va mustaqil savdo-iqtisodiy aloqalarini amalga oshirishlarini ta’minlash maqsadida, ilk yirik temir yо‘l qurilishi loyihalaridan biri – 1995 yil 17 avgustda «Toshg‘uzor-Boysun-Qumqо‘rg‘on» (Qizil Oktabr) yangi temir yо‘l liniyasini loyihalashtirish va qurish masalalari tо‘g‘risida О‘zbekiston Respublikasi Vazirlar mahkamasi qaror qabul qiladi. Unda loyihalashtirish va qurish ishlarining boshlanishi va tugallanishi muddatlari qilib 1995-2007 yillar belgilandi. Ushbu temir yо‘lni kelajakda esa elektrlashtirilishini hisobga olgan holda, davlatimiz uchun strategik ahamiyatga ega obektlardan biri sifatida qaraldi.
Mazkur loyihani amalga oshirilishidan asosiy maqsadlardan biri – markazdan ancha olisda joylashgan va shu bilan birga, ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan sust rivojlangan Surxondaryoning iqtisodiy taraqqiyotini jadallashtirish, uning mavjud resurs, mehnat salohiyatidan unumli foydalanish bilan birga, kelajakda Termiz shahrini О‘zbekistonning eng janubiy “darvozasi”ga aylantirish va shu orqali respublikamizni jahonning eng yaqin dengiz savdo yо‘llariga bog‘lanishini ta’minlashdan iborat edi.
Agarda tarixga nazar soladigan bо‘lsak, Sobiq ittifoq davrida ham О‘zbekistonda uning turli mintaqalarini о‘zaro bog‘lash, ya’ni transport infratuzilmalarini rivojlantirish ishlariga katta e’tibor qaratilgan edi. Aytish joizki. Bu ishlar birinchi navbatda mintaqalarning resurs hamda ishlab chiqarish salohiyatini “markaz” manfaatlari asosida о‘zlashtirish bilan bog‘liq bо‘lgan. Natijada temir yо‘llarni qurilishi jadal olib borildi. Jumladan, 1918-1940 yillar orasida 800 km dan ortiq uzunlikda yangi yо‘llar qurildi. Shu yillarda Termiz-Dushanbe (207 km), Qarshi-Kitob (132 km) va respublika sanoat markazlarini yirik konlar, yirik qurilishlar bilan bog‘lovchi boshqa temir yо‘llar qurildi.
Har bir temir yо‘l liniyasi qurilishining kelajak istiqbollari, sabab va oqibatlari bо‘lgani kabi respublikaning janubiy hududlarida qurilgan hamda mamlakatning iqtisodiy-ijtimoiy hayotida о‘ziga xos о‘ringa ega bо‘lgan ushbu “Toshg‘uzor-Boysun-Qumqо‘rg‘on” temir yо‘l liniyasi qurilishining maqsadlari:
– temir yо‘llarning mamlakat ichkarisidan о‘tishini ta’minlash;
– mustaqil transport yо‘lini barpo etish;
– oraliqdagi vaqt va masofani qisqartirish;
– mavjud resurslardan oqilona foydalanish;
– yangi ochilgan konlardan unumli foydalanish;
– mamlakat ichki yо‘llar tizimi va zichligini oshirish;
– respublika iqtisodiyotini jadal rivojlantirish;
– hududning ya’ni mintaqaning geografik о‘rnini qulaylashtirishga xizmat qiladi.
Darhaqiqat bu yо‘l qurilib ishga tushirilguncha mavjud bо‘lgan Toshkent – Termiz temir yо‘l liniyasi qо‘shni mamlakat Turkmaniston Respublikasi hududidan kesib о‘tgan, ya’ni Surxondaryo viloyati janubi-g‘arbidan Termiz va Muzrabot tumanlaridan temir yо‘l linisi orqali Razezd 161, Boldir stansiyalari mamlakat hududida bо‘lsa, Kerki, Kelif stansiyalari Turkmaniston respublikasidagi stansiyalar hisoblanib, Qashqadaryo viloyati hududi orqali (Tallimarjon, Nishon stansiyalari) mamlakat poytaxti Toshkentga yetib borgan va bu masofani bosib о‘tishda yangi temir yо‘l liniyasiga nisbatan kо‘proq masofa va vaqt hamda xarajatlar talab etilgan (3.1- rasm).

Loyiha bojxonadan yuklarni о‘tishi va yо‘lovchilardan tranzit viza talab Ushbu temir yо‘l qurilishi loyihasi «Boshtransloyiha», «Toshtemiryulloyixa» institutlari tomonidan ishlab chiqilgan bо‘lib, 1993 yil loyiha ishlari boshlangan bо‘lsa 1995 yil loyihalash ishlari yakunlanib, “Toshg‘uzor-Boysun-Qumqо‘rg‘on” temir yо‘l loyihasi tayyor shaklga keltirildi va о‘z navbatida yо‘l qurilish ishlari bosqichma - bosqich olib borilishi belgilab olindi. Yana shuni ta’kidlash lozimki transport tizimi joylashuvida о‘ziga xos geografik jihatlar mavjudki, bunda hududning murakkab relefi bо‘lib, bu jihatdan qurilajak “Toshg‘uzor-Boysun-Qumqо‘rg‘on” temir yо‘li tog‘li relef shakllariga ega hududlarga tо‘g‘ri keldi.
etilishi kabi muammolarni ham bartaraf qildi va о‘zining qulayligini va arzonligi bilan Surxondaryo viloyatining geografik о‘rnini yanada qulaylashtirishga, hududiy transport tizimini takomillashtirishga, ya’ni respublika janubiy hududlarini yagona transport tizimiga bog‘lashga xizmat qildi.
Mazkur loyiha qurilishi belgalangan hudud, geografik jihatdan Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlari oralig‘idagi tog‘oldi, tog‘li massivga tо‘g‘ri keladi, shu sababdan loyihada ushbu hududning tabiiy-geografik omillari, ya’ni aynan relefi, iqlim xususiyatlari qurilish loyihasida puxta kо‘zda tutilgan.
Umuman olganda “Toshg‘uzor-Boysun-Qumqо‘rg‘on” temir yо‘l liniyasi qurilishini bosqichlarga ajratib qurish masalasi, bu ulkan qurilish jaryonining puhta о‘ylangan yechimlaridan deyish mumkin. Buning natijasida temir yо‘l qurilishi uchta bosqichga bо‘linadi.
3.1-jadval
Toshg‘uzor-Boysun-Qumqо‘rg‘on” temir yо‘l liniyasinin

Download 1.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling