Surxondaryo viloyati termiz davlat unversiteti


Download 223.32 Kb.
bet4/11
Sana13.02.2023
Hajmi223.32 Kb.
#1193554
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Geografiya kurs ishi

Tabiati:Turkmaniston hududining aksariyati tekislikdan iborat boʻlib, qariyb 4/5 qismi Turon tekisligi (Qoraqum choʻli)da joylashgan. Faqat janubida tepaliklar va oʻrtacha balandlikdagi togʻlar bor. Kaspiy dengizining T.ga qarashli janubiy qirgʻoklari kam parchalangan, shimolida Qoraboʻgʻozgoʻl, Krasnovodsk, Turkman qoʻltiqlari, Krasnovodsk, Darja, Cheleken yarim orollari va kum tillari bor. Dengiz sohili past, qumli. T. janubida Kopetdogʻ togʻlari (eng baland joyi 2942 m — Rizo choʻqqisi), undan shimoli-gʻarbda Kichik Bolxon (777 m gacha) va Katta Bolxon (1881 m gacha) togʻlari joylashgan. Janubi-sharqdagi Bodxiz qirlari (eng baland joyi 1267 m) va Qorabel qirlari (eng baland joyi 984 m) oʻrtasidan Murgʻob daryosi oqib oʻtadi. Chekka janubi-sharqda Hisor tizmasining Koʻhitang tarmogʻi (bal. 3139 m — T.ning eng baland nuktasi) bor. T.ning gʻarbida Krasnovodsk platosi, shimoli-gʻarbida Ustyurt platosining janubiy chekkasi, undan janubida esa Orqa Oʻzboʻy burmali rayoni yotadi. Kaspiy boʻyi pasttekisligida Nebitdogʻ (39 m), Boyadogʻ (134 m), Qumdogʻ, Manjuqli (27 m) va boshqa qirlar koʻtarilib turadi. Kopetdogʻ tekisligidan shimoliy va shimoli-sharqda Qoraqum choʻli, Amudaryo va Tajan daryolari oraligʻida Janubi-Sharqiy Qorakum choʻli joylashgan. T.ning janubiy qismida tez-tez zilzila boʻlib turadi. Muhim qazilma boyliklari — neft va gaz; kumir, mirabalit, oltingugurt, kora va rangli metall, mis, alyuminiy, simob, molibden konlari aniklangan.
Iqlimi keskin kontinental, qurgʻoqchil iqlim. Yozi issiq va quruq, qishi yumshoq, qor kam yogʻadi. Yanvarning oʻrtacha temperaturasi shimoli-sharqda —5° dan Atrek daryosi atrofida 4° gacha, baʼzi yillarda Toshhovuz viloyatida absolyut minimal temperatura —32° gacha. Iyulda shimoliy sharqda 28°, janubida 32°, absolyut maksimal temperatura 49,9° gacha. T. hududining 80 %da doimiy oqar suv yoʻq; janubiy va sharqiy hududlardagina daryolar bor. Eng katta va sersuv dare — Amudaryo. Bu daryoning suvi Qoraqum kanali orqali Bahardengacha borgan —900 km. Koʻllarning aksariyati shoʻr. Chuchuk suvli Yasxan koʻli Nebitdog shahrini ichimlik suv bilan taʼminlaydi. Tuproqlari — Ustyurt, Krasnovodsk, Orka Unguz platolarida surqoʻngʻir, togʻ etaklari, togʻ yon bagʻirlarining quyi qismida, togʻ oldi tekisliklarida, togʻlarning quyi mintaqasida boʻz tuproq, yuqorirokda toʻq boʻz, togʻ tepalarida togʻqoʻngʻir tuproqlar tarqalgan. Qoraqum choʻlining aksariyatini qum egallagan; pastqam joylarda taqir, shoʻrxok, daryo vodiylarida oʻtloqiboʻz va allyuvialoʻtloqi tuproklar bor. T. hududining taxminan 2 % sugʻoriladi. T.ning oʻsimlik va hayvonot dunyosi xilmaxil. Qumli choʻllarda oq va qora saksovul, qandim, cherkez, quyonsuyak, astragal kabi butalar, shoʻrxok yerlarda yulgʻun, sarisazan, shoxilak va boshqa, daryo vodiylaridagi toʻqaylarda bachki teraktol va jiydazorlar, Kopetdogʻ oldi choʻllarida va qirlarda shuvoq va har xil efemer oʻtlar, togʻlarning 1500 m dan yuqori qismida archa, Gʻarbiy Kopetdogʻ daralarida yovvoyi tok, olma, olcha, bodom, anor, yongʻoq, anjir, pista daraxtlari oʻsadi. Hayvonot dunyosi — choʻlda quyon, boʻri, tulki, chiyaboʻri, jayran, togʻlarda qoplon, arxar, morxoʻr, Amudaryo vodiysida toʻngʻiz, kiyik, qirgʻovul va boshqa yashaydi. Daryo va suv omborlarida baliq koʻp. T. hududida Badxiz, Krasnovodsk, Repetek va boshqa qoʻriqxonalar bor.
Aholisining aksariyati turkmanlar; shuningdek, rus, uzbek, qozoq, tatar, ukrain, armanlar ham yashaydi. Shahar aholisi 45 %. Rasmiy til — turkman tili. Dindorlari, asosan, sunniy musulmonlar. Yirik shaharlari: Ashxobod, Turkmanobod, Toshhovuz, Mari, Turkmanboshi.

1.3 Tabiiy resuruslari va xo’jalikda foydalanish: Turkmaniston respublikasida beshta iqtisodiy rayon ajratiladi. Bular asosan viloyatlar bo’linishiga ham to’Іri keladi: Kaspiy KopetdoІ, etokdori, Ashgabad viloyati, (Ashgabad viloyati O’rta Amudaryo Chorjo’y viloyati, Turkmaniston Toshovuz viloyati.


Sharquy Turkmaniston (Kaspiy bo’yi) respublika hududining katta qismini (28%), ya'ni 136.5 ming km. kv ni tashkil etadi. Bu hududda Turkmanistonning asosiy neft va gaz zahiralari joylashgan. Shuningdek, Kaspiy shelflaridan ham neft qazib olinadi. hududida oqar suvlar deyarli yo’q. Shuning uchun aholi soni ham kam. Mamlakat aholisining 1\10 qismi shu yerda yashashadi. Lekin sanoat rivojlanganligi sababli aholining asosiy qismi (4\5) shaharlarda istiqomat qiladi. Mamlakatda, eng urbanizasiya darajasi yuqori mintaqadir. Aholining milliy tarkibida Yevropa millatlariga mansub kishilar (ruslar, ukrainlar, yevreylar, armanlar, ozarbayjon va boshqalar) ko’pchilikni tashkil etadi.
Xo’jalikda neft, gaz qazib chiqarish, neftni qayta ishlash sanoat tarmoqlari hamda baliqchilik va qo’ychilik yaxshi rivojlangan Bundan tashqari bu mintaqada rekreasion resurslarni rivojlantirish uchun katta imkoniyatlar va sharoitlar yetarlidir.
Kanetdog` etaklari—Ashgabad viloyati. Bu mintaqa respublika hududining 1\5 qismini (ya'ni 19.6 %) egallagan. Maydoni 95,4 ming km.kv. Respublikaning asosiy aholisi shu yerda istiqomat qilishadi. (25%). Aqoli zichligi 1 km.kv.ga 10 kishi to’Іri keladi. Aholisining 3\5 qismi shaharlarda yashashadi. Rayon hududida yirik gaz konlari, sement xom ashyolari topilgan. KapetdoІ etaklarida go’zal dam olish maskanlari joylashgan (Feruza).Qoraqum kanali asosida paxtachilik, boІdorchilik, uzumchilik, sabzavotchilik rivojlangan, cho’l yaylovlarida zsa qo’y chilik bilan shuІullanishadi. Sanoat tarmoqlaridan to’qimachilik, oziq—ovqat sanoati, qurilish materiallari, hamda oyna ishlab chiqarish rivojlangan (Ashgabad).
Bu yerda mamlakatning ilm—fan, madaniy, siyosiy markazi AshІabad shahri joylashgan.
Janubiy Turkmaniston—Mari viloyatini o’z ichiga oladi. Uning hududi respublika hududining 18% ini, aholisining esa 23 % ini tashkil etadi. Aholi zichligi 1 km.kv. ga 9 kishi to’Іri keladi.Qoraqum kanalining o’tishi va ko’plab tabiiy gaz konlarining topilishi (Shorapli, Kara Chop, Shatliq) keng yaylovlar, (?orako’l qo’ylari boqiladi) rayonning xo’jaligini rivojlantirishga imkon berdi. hozirgi paytda Turkmanistonning asosiy ingichka tolali paxtasini (2\5), qorako’lini (1G'2), yilqisini (axoltekin) yetkazib beradi. Mari shahrida yengil va oziq ovqat sanoati, azot o’g`itlar zavodi ishlab turibdi. Mahalliy tabiiy gaz asosida Turkmanistondagi yirik GRES ishga tushirilgan. Bayram—Alida paxta tozalash va yor ekstraksiya zavodi joylashgan. Bundan tashqari boshqa sanoat markazlari Iolotan, Tedjen, Kushka shaharlari bor.
O’rta Amudaryo iqtisodiy rayoni — Chordjo’y viloyati. Republika hududining 20 % ga yaqin qismini, aholisining 21 % ni tashkil etadi. Aholi zichligi 1 km 2 ga 8 kishi to’Іri keladi. Rayon Amudaryoning har ikki qirІorida joylashgan. Asosan suІorib dehkonchilik qilinadi. Cho’l zonasidaQorako’l qo’ylari boqiladi. (Sandiqli cho’li). Respublikada yetishtiriladigan paxtaning 20 % ini, poliz ekinlarining 25 % ini (Chorjo’y qovunlari) yetkazib beradi. Rayonning janubiy qismida yuqori sifatli oltingugurt konlari (Gourdak), borit, mineral tuzlar (kaliy) konlari topilgan. Rangli metallar konlari topilgan bo’lib, rux qazib olinadi. Chordjo’y shahri temir yo’l va daryo yo’li bo’yida joylashgan. Shuning uchun bu yerda kema va ekskavator remonti zavodi, neftni qayta ishlash, superfosfat zavodi va boshqalar joylashgan.
Shimoliy Turkmoniston—Toshovuz viloyati. Respublika hududiying 13 % ini (73,6 ming km 3) aholisining esa 20 % ini tashkil etadi. Aholi zichligi 1 km. kub. ga 9 kishi to’Іri keladi. Rayon respublikaning asosiy paxtasini (1G'3) yetkazib beradi. Asosan qishloq xo’jaligi mahsulotlari yetishtirishga ixtisoslashgai. Poliz ekinlari, pillakashlik, jo’xori yetishtirish va qora ko’l qo’ylari boqish yaxshi yo’lga qo’yilgan. Sanoati asosan qishloq—xo’jalik mahsulotlarini qayta ishlaydi.Foydali qazilmalari deyarli yo’q.

Turkmaniston sanoatining boshqa sohalari, xususan toʻqimachilik va neft-kimyo sanoati, transport, qurilish va telekommunikatsiyalar sohasiga kirib borayotganini koʻrib turibmiz”, deydi Moliya vazirligida auditor boʻlib ishlaydigan Maysa H.


Turkmaniston uglevodorod resurslarini boshqarish va ulardan foydalanish boʻyicha davlat agentligining rasmiysi Dovran I. jazodan qoʻrqishini aytib, Turkmanistonning Xitoydan olgan avvalgi kreditlarining umumiy qiymati toʻgʻrisida maxfiy maʼlumotlarni oshkor qilishni istamadi. Ikki mamlakat oʻrtasidagi kelishuvga binoan, Turkmaniston qarzni gaz bilan toʻlashi kerak.

Download 223.32 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling