Surxondaryo viloyati termiz davlat unversiteti
Download 223.32 Kb.
|
Geografiya kurs ishi
- Bu sahifa navigatsiya:
- “Ozbekiston — Turkmaniston — eron — Omon”
Oltinchidan, Turkmaniston bilan yaqin qo'shnichilik va oqilona tashqi siyosatni amalga oshirish masalasi yillik davlat dasturlari va strategik rejalarda alohida nazarda tutilmoqda.
Jumladan, “Yoshlarni qo'llab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili” davlat dasturining 97-bandiga asosan “mamlakatimiz transport-logistika tarmog'ini rivojlantirish va xalqaro koridorlarga integratsiyalash maqsadida Turkmaniston bilan yuk tashuvlarini tashkil etgan holda respublikaning tranzit salohiyatini oshirish” hamda “O'zbekiston — Turkmaniston — eron — O'mon” yo'nalishidagi transport yo'laklarini rivojlantirish, 272-bandiga muvofiq, Markaziy Osiyo mamlakatlari, xususan, Turkmaniston bilan oliy va yuqori darajada o'zaro tashriflarni tashkil etish orqali yaxshi qo'shnichilik munosabatlarini mustahkamlash yo'lidagi mavjud to'siqlarni birgalikda hal etishga erishish ko'zda tutilgan. Gurbanguli Berdimuhamedovning mamlakatimizga bu galgi rasmiy tashrifi yuqoridagi ustuvor maqsad va vazifalarni ro'yobga chiqarish barobarida, joriy yilning 6-7 avgust kunlari Turkmanistonning Avaza shahrida bo'lib o'tgan Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining uchinchi maslahat uchrashuvida ko'tarilgan ikki qardosh xalqning hayoti va taqdiri uchun muhim bo'lgan ustuvor masalalarni yana bir bor muhokama qilishga, asrlar mobaynida shakllanib kelgan do'stlik rishtalari mustahkamlanishiga, xalqaro siyosat maydonida yuzaga kelayotgan dolzarb masalalar yuzasidan fikrlar almashishga xizmat qilishi, shubhasiz. Oʻzbekiston — Turkmaniston adabiy va madaniy aloqalari[tahrir | manbasini tahrirlash]Oʻzbek va turkman xalqlari azaldan iqtisodiy, madaniy va adabiy aloqada boʻlib kelganlar. Alisher Navoiyni turkman xalqi Mir Ali nomi bilan tanigan, uning asarlari shoir hayot chogʻidayoq turkmanlar orasida mashhur boʻlgan. Navoiy gʻazallarini turkman baxshilari hozirgi kungacha ham kuylab keladilar. Xiva madrasalarida tahsil olgan turkman mumtoz shoirlari Ozodiy, Mahtumquli, Andalib Navoiyni oʻzlariga ustoz deb bilganlar. Ayni paytda Mahtumqulining sheʼrlarini bilmagan va kuylamagan oʻzbek xrfizi yoʻq desa boʻladi. Andalib oʻzining „Layli va Majnun“, „Yusuf va Zulayho“ dostonlarini Navoiy va Durbek asarlaridan taʼsirlanib yozgan. Mahtumqulining tanlangan sheʼrlar toʻplami oʻzbek tilida bir necha marta nashr etildi. Gʻafur Gʻulom va Berdi Kerboboyev, Abdulla Qahhor va Beki Seytoqov, Zulfiya va Tovshan Esanova, Asqad Muxtor va Qora Seytliyev kabi oʻzbek va turkman yozuvchishoirlari oʻrtasidagi doʻstlik adabiy aloqalar tarixida muhim oʻrin egallaydi. B. Kerboboyevning „Dadil qadam“, „Oysulton“, „Nebitdogʻ“ romanlari, X. Deryayevning „Qismat“ romanepopeyasi, Mullanafas, Andalib, Kamina, B. Kerboboyev sheʼrlari, Ota Kavshutovning „Nebitdogʻ etaklarida“ romani, Q. Quliyevning „Qora karvon“ romani, T. Togʻanovning „Durlar xazinasi“ qissasi va boshqa asarlar oʻzbek tiliga tarjima qilingan. Turkman dramaturgiyasining „Mahtumquli“ (B. Kerboboyev), „Oila nomusi“, „Kim aybdor?“ (X. Mutalov) singari namunalari oʻzbek teatrlarida sahnalashtirilgan. Oʻz navbatida, H.X,.Niyoziyning „Boy ila xizmatchi“, A. Qaxdorning „Shohi suzana“, B. Rahmonovning „Yurak sirlari“, Sayd Ahmadning „Kelinlar qUzgʻoloni“ pyesalari turkman teatrlarida namoyish qilindi. Turkman adiblarining (B. Kerboboyev, J. Orazov, B. Seytokrv, O. Otajonov va boshqalar) Oʻzbekiston, oʻzbek shoir va adiblarining (Gʻ.Gʻulom, Shayxzoda, Mirtemir) Turkmaniston mavzuidagi asarlari muhim. XULOSA XULOSA. Kurs ishini tayorlash mobaynida Turkmaniston haqida yetarlicha malumotga ega boldim shu jumladan Turkmaniston davlatining qanday miqyosga egaligini va qudratligini anglab yetim va organish mobaynida Turkmanistonning aholis, boy tarix, boy qazilmalari, mehnat resuruslari, memori obidalari va sanati bilan ozgarib turar ekan va mendan turk aholisida sorasa toliq javob bera olaman. Bu davlat iqtsodi yashrin tarizda yuritilar ekan buni yaqinda kurs ishni mavzusi berilganda angladim xamma beriladigan iqtsodi malumotlar so’roq shakilda taqdim etilgan. Turizim saloxyati boya xam yetakchi o’rinlarda turar ekan o’rta osiyoda bu xam davlatni tanitishda yo rivojlanishda muxim ro’l o’ynaydi. Malumki yurt boshimiz takidlagandek davlatni tanitish dunyoga yolari juda oz lekin shunday soxalar borki tez va hayratanarli tanishtirsa boladi bu soxalar quydagilar spor, turizim solihyati, musiqa va sanat bularni orqasidan tez tanilish koproq foyda beradi turkmnistonda xam sport, sanat, turizm yaxshi rivojlanib borayotgan soxalarga kiradi. Men xullosamni oxrida Turkmaniston va O’zbekiston ortasidagi dostona aloqga etibor qaratmoqchiman O'zbek va turkman xalqlari azal-azaldan yaqin do'st, ahil qo'shni, strategik hamkor sifatida mushtarak maqsadlar bilan yashashgan. FODALINILGAN ADABYOTLAR Download 223.32 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling