Surxondaryo viloyati Termiz shahar hokimining


Download 22.67 Kb.
Sana22.02.2023
Hajmi22.67 Kb.
#1219681
Bog'liq
1371 12.12.2012




Surxondaryo viloyati Termiz shahar hokimining
Qarori
2013 YIL UChUN MOL-MULK VA YER SOLIG‘I TO‘LOVChI JISMONIY ShAXSLARNI HISOBGA OLISh, ULARGA SOLIQLARNI HISOBLASh VA IMTIYOZLARNI QO‘LLASh TO‘G‘RISIDA
LexUZ sharhi
Mazkur qaror Xalq deputatlari Surxondaryo viloyat kengashining 2021-yil 6-iyuldagi VI-29-26-8-0-K/21-sonli “Surxondaryo viloyati mahalliy davlat hokimiyati organlarining eskirgan va o‘z ahamiyatini yo‘qotgan normativ-huquqiy hujjatlarini bekor qilish to‘g‘risida”gi qaroriga asosan 2021-yil 8-iyuldan o‘z kuchini yo‘qotadi.
O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksi hamda 1997-yil 29-avgustdagi “Davlat soliq xizmati to‘g‘risida”gi Qonuni ijrosi yuzasidan shahar hududidagi jismoniy shaxslar tasarrufida bo‘lgan mol-mulk, yer solig‘i obyektlari va subyektlari, shuningdek yakka tartibda tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanuvchi jismoniy shaxslarni to‘liq ro‘yxatga olish, soliqlarni hisoblash, tegishli imtiyozlarni to‘g‘ri qo‘llash hamda belgilangan muddatlarda mahalliy budjetga tushumlar tushishini ta’minlash maqsadida qaror qilaman:
1. 2013-yilda mol-mulk, yer solig‘i obyektlari va subyektlari hamda yakka tartibdagi tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanuvchi jismoniy shaxslarni to‘liq ro‘yxatga olish, soliq hisoblash, tegishli imtiyozlarni to‘g‘ri qo‘llashni to‘liq va sifatli o‘tkazish, ularga tegishli bo‘lgan ma’lumotlarni vakolatli idoralar tomonidan shahar davlat soliq inspeksiyalariga to‘liq taqdim etilishini ta’minlash maqsadida 2012-yil 15-dekabrdan 2013-yil 1-yanvarga qadar “Soliq to‘lovchi jismoniy shaxslarni hisobga olish” davri etib belgilansin.
2. Termiz shahar Davlat soliq inspeksiyasi boshlig‘i D. Daminovga:
soliq to‘lovchilarni hisobga olish davrida shahar hududidagi mol-mulk, yer solig‘i obyektlari va subyektlari hamda yakka tartibdagi tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanuvchi jismoniy shaxslarni to‘liq ro‘yxatga olish, ularga soliq hisoblash va soliq qonunchiligida belgilangan imtiyozlarni qo‘llash;
barcha mahallalarda soliqlarning ahamiyati, ayrim toifadagi jismoniy shaxslarga soliqlardan beriladigan imtiyozlar to‘g‘risida, 2013-yil uchun to‘lanishi kerak bo‘lgan soliqlarning muddatidan oldin to‘lanishi haqida keng tushuntirish ishlarini olib borish;
aholi o‘rtasida O‘zbekiston Respublikasi soliq qonunchiligi bo‘yicha amaldagi me’yoriy-huquqiy hujjatlarning mohiyati yuzasidan mahalla fuqarolar yig‘ini raisi va faollari ishtirokida muntazam ravishda seminar yig‘ilishlar o‘tkazish yuklatilsin.
3. Shahar hududida faoliyat yuritayotgan mahalla fuqarolar yig‘ini raislari, jamoat tashkilotlari, kommunal xo‘jalik bo‘limlari, uy-joy mulkdorlar shirkatlari, korxona va tashkilotlarning rahbarlari jismoniy shaxslarni ro‘yxatga olish, hisoblangan soliqlarni belgilangan muddatlarda mahalliy budjetga undirilishi yuzasidan shahar davlat soliq inspeksiyasi uchastka soliq inspektorlariga doimiy ravishda yaqindan amaliy yordam berish vazifasi yuklatilsin.
4. “Soliq to‘lovchi jismoniy shaxslarni hisobga olish” davrini keng qamrovli va sifatli o‘tkazilishi yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksi va “Davlat soliq xizmati to‘g‘risida”gi Qonuniga asosan, davlat soliq inspeksiyasi tomonidan mol-mulk, yer solig‘i obyektlari va subyektlari hamda yakka tartibdagi tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanuvchi jismoniy shaxslarni to‘liq hisobga olish, soliq hisoblash hamda tegishli imtiyozlarni to‘g‘ri qo‘llanilishini ta’minlash maqsadida:
Shahar “Yer tuzish va ko‘chmas mulk kadastri” bo‘limi boshlig‘i Sh. Raxmonqulovga 2013-yil 1-fevralga qadar 1-ilovaga* muvofiq shahar hududida jismoniy shaxslarning egaligida bo‘lgan mol-mulk obyektlari, yer maydoni miqdori va ularning 2013-yil 1-yanvar holatiga inventarizatsiya qiymatlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni;
Shahar bosh arxitektori boshlig‘i E. Xolmirzayevga 2013-yil 1-fevralga qadar 2-ilovaga* muvofiq 2012-yilda fuqarolarga shahar hududida (tadbirkorlik, yakka tartibda uy-joy qurilishi uchun dehqon xo‘jaligi va boshqalar) 2013-yil 1-yanvar holatiga ajratilgan yer maydonlari va ularning egalari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni;
Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish bo‘limi boshlig‘i O. Mamadaliyev 2013-yil 1-fevralga qadar 3-ilovaga* muvofiq tumanda istiqomat qiluvchi, I-II-guruh nogironlari, pensionyerlar, yolg‘iz pensionyerlar va boshqa nafaqa oluvchi sifatida ro‘yxatga olingan fuqarolar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni;
Shahar mudofaa ishlari bo‘limi boshlig‘i N. Niyozovga 2013-yil 1-fevralga qadar 4-ilovaga* muvofiq 1941 — 1945-yillardagi urush nogironlari va qatnashchilari, Afg‘onistonda harbiy xizmatni o‘tagan fuqarolar va boshqa mavjud ma’lumotlarni;
Fuqarolik holatlariga dalolatnomalar yozish (FHDY) bo‘limi boshlig‘i N. Eshbo‘riyeva 2013-yil 1-fevralga qadar 5-ilovaga* muvofiq shahar hududida 2011-2012-yillarda vafot etgan fuqarolar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni;
Shahar notarial idoralari rahbarlari 6-ilovaga* muvofiq 2012-yil davomida jismoniy shaxslar tomonidan ko‘chmas mulk ijara shartnomasi tasdiqlanganligi va ijara haqi miqdori, shuningdek meros qilib olish yoki hadya tarzida fuqarolarning mulkiga o‘tayotgan mol-mulk qiymati to‘g‘risidagi ma’lumotlarni;
Shahar sanitariya-epidemiologiya nazorati markazi boshlig‘i X. Pirmatov, “Veterinariya xizmati” bo‘limi boshlig‘i Sh. Ulashevga 7-ilovaga* muvofiq belgilangan tartibda sanitariya ruxsatnomasini olgan jismoniy shaxslar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni;
Shahar “Gazta’minot” korxonasi boshlig‘i Sh. Berdiyevga 8-ilovaga* muvofiq hududda tadbirkorlik faoliyatini amalga oshiruvchi jismoniy shaxslar bilan gaz iste’moli uchun tuzilgan shartnomalar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni;
Shahar “Elektrtarmoqlari” korxonasi boshlig‘i X. Xakimovga 9-ilovaga* muvofiq hududda tadbirkorlik faoliyatini amalga oshiruvchi jismoniy shaxslar bilan elektr iste’moli uchun tuzilgan shartnomalar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni;
Viloyat yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi boshlig‘i M. Oltiboyev va shahar Ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i S. Eshonqulovlarga 10-ilovaga* muvofiq hududdagi shaxsiy yuk avtotransport vositalari egalari to‘g‘risidagi to‘liq ma’lumotlarni shahar Davlat soliq inspeksiyasiga mahalla fuqarolar yig‘inlari kesimida 2013-yil 1-fevraliga qadar 2013-yil 1-yanvar holati bo‘yicha taqdim etish vazifalari yuklatilsin.
5. Shahar hokimligi Mahalla oqsoqollar kengashi Raisi, mahalla fuqarolar yig‘inlari raislari “Soliq to‘lovchi jismoniy shaxslarni hisobga olish” oyligi tadbirini o‘tkazishda faol qatnashishlari va joylarda Uchastka soliq inspektorlari bilan jismoniy shaxslarni soliq organlarida ro‘yxatga olish tadbirlarini hamkorlikda amalga oshirilishi belgilab qo‘yilsin.
6. Mahalla fuqarolar yig‘ini raislari, Uchastka davlat soliq inspektori va “Yer tuzish va ko‘chmas mulk kadastri” bo‘limi xodimlari bilan birgalikda hisobga olingan soliq to‘lovchi jismoniy shaxslar to‘g‘risidagi ma’lumotni 11-ilovaga* muvofiq dalolatnoma asosida rasmiylashtirish topshirilsin.
*1 — 11 ilovalar berilmaydi.
7. Ushbu qaror rasmiy nashrda e’lon qilingan kundan boshlab kuchga kirgan hisoblanadi.
8. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish shahar hokimining iqtisodiyot va ijtimoiy rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari P. Toshpulatov zimmasiga yuklatilsin.
Hokim N. SOATOV
Termiz sh.,
2012-yil 12-dekabr,
1371-son

Download 22.67 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling