Sut qayta ishlash korxonalarida ishlab chiqarish harajatlarini hisobi


Download 0.55 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/8
Sana20.12.2022
Hajmi0.55 Mb.
#1037293
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
sut-qayta-ishlash-korxonalarida-ishlab-chiqarish-harajatlarini-hisobi

Tahlil va natijalar. Sut ishlab chiqarishni koʻpaytirish va uning samaradorligini 
oshirish chorvachilik xodimlarining muhim vazifasidir. Uning echimi ishlab chiqarish 
faoliyatini takomillashtirish bilan bogʻliq. Bunday sharoitda qishloq xoʻjaligi 
korxonalari va ularning boʻlinmalari ishi natijalarini tahlil qilish va baholashning 
ahamiyati oshadi. Tahlilda sut ishlab chiqarishning miqdoriy koʻrsatkichlari (ishlab 
chiqarish hajmi, unumdorligi) va yuqori sifatli (yog‘ miqdori) hisobga olinishi kerak. 
Sut ishlab chiqarish boʻyicha barcha asosiy va hisobot koʻrsatkichlarining bir-biri 
bilan taqqoslanishini taʼminlash muhimdir. 
Mamlakatda o‘tkazilgan iqtisodiy islohotlar natijasida sut ishlab chiqarish to‘liq 
fermer va shaxsiy yordamchi xo‘jaliklari evaziga amalga oshirilmoqda. [23] 


SCIENTIFIC PROGRESS
VOLUME 3 ǀ ISSUE 3 ǀ 2022 
ISSN: 2181-1601
Uzbekistan
 
www.scientificprogress.uz
 
Page 333
Qishloq xo‘jaligi mahsulotlari – hisobot davrida fermer xo‘jaliklarida, dehqon 
(shaxsiy yordamchi) xo‘jaliklarida va qishloq xo‘jaligi faoliyatini amalga oshiruvchi 
tashkilotlarda yetishtirilgan dehqonchilik va chorvachilik mahsulotlarining jami 
qiymatini belgilab, qishloq xo‘jaligida yetishtirishning umumiy hajmini ifodalaydi. 
2021- yilning yanvar-dekabr oylarida yetishtirilgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari 
hajmi 302 524,9 mlrd. so‘mni yoki o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 103,6 % ni 
tashkil etdi, shu jumladan, dehqonchilik mahsulotlari – 151 083,4 mlrd. so‘mni (103,1 
%), chorvachilik mahsulotlari – 151 441,5 mlrd. so‘mni (104,1 %) tashkil qildi. 
Chorvachilik sohasining ichki imkoniyatlarini oshirish bo‘yicha chora-
tadbirlarning izchil amalga oshirilib borilayotganligi, shuningdek, ularga davlat 
tomonidan tizimli yordam ko‘rsatilib kelinayotganligi chorva mollari bosh sonining 
ko‘payishiga, ichki iste’mol bozorlarini chorvachilik mahsulotlari bilan to‘ldirishga 
imkon yaratdi.
2021- yilning yanvar-dekabr oylarida barcha toifadagi xo‘jaliklar tomonidan tirik 
vaznda 2 640,4 ming t. go‘sht (2020- yilning yanvar-dekabriga nisbatan 4,8 % ga ko‘p), 
11 286,9 ming t. sut (2,8 % ga ko‘p), 8 053,1 mln. dona tuxum (3,5 % ga ko‘p) 
yetishtirildi va 173 866 t. baliq (20,7 % ga ko‘p) ovlandi.[25] 
Xo‘jalik toifalari orasida sut yetishtirishning eng katta hajmi 10 590,6 ming t. yoki 
umumiy yetishtirish hajmidan 93,8 % i dehqon shaxsiy yordamchi) xo‘jaliklarida qayd 
etildi. 2021- yilning yanvar-dekabr oylari yakunlari bo‘yicha eng kam hajm 108,6 ming 
t. yoki umumiy yetishtirish hajmidan 1,0 % i qishloq xo‘jaligi faoliyatini amalga 
oshiruvchi tashkilotlarda kuzatildi. [25] 
Sut yetishtirishning umumiy hajmiga nisbatan eng yuqori ulush Samarqand 
viloyatiga (11,8 %) to‘g‘ri keldi, shuningdek, Qashqadaryo (11,1 %), Xorazm (9,5 %), 
Farg‘ona (9,5 %), Buxoro (9,0 %), Andijon (8,8 %) va Toshkent (8,6 %) viloyatlarida 
ham yuqori ko‘rsatkichlar qayd etildi. Sut yetishtirishning umumiy hajmiga nisbatan 
eng past ulush Sirdaryo viloyati (3,3 %) va Qoraqalpog‘iston Respublikasida (3,7 %) 
kuzatildi. 2020- yilga nisbatan yuqori o‘sish sur’atlari Qashqadaryo (105,8 %), 
Toshkent (104,6 %), Sirdaryo (104,1 %), Jizzax (103,6 %) viloyatlari Qoraqalpog‘iston 
Respublikasida (103,6 %) qayd etildi.[25] 


SCIENTIFIC PROGRESS
VOLUME 3 ǀ ISSUE 3 ǀ 2022 
ISSN: 2181-1601
Uzbekistan
 

Download 0.55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling