Sut qayta ishlash korxonalarida ishlab chiqarish harajatlarini hisobi


Download 0.55 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/8
Sana20.12.2022
Hajmi0.55 Mb.
#1037293
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
sut-qayta-ishlash-korxonalarida-ishlab-chiqarish-harajatlarini-hisobi

www.scientificprogress.uz
 
Page 334
Fermer xo‘jaliklarida sifatli sut ishlab chiqarishni ta’minlash uchun sut 
laboratoriyalarini tashkil qilish, sutning asosiy sifat ko‘rsatkichlarini aniqlashni taqozo 
etadi. Ushbu ko‘rsatkichlar asosida fermer xo‘jalikda sutni sifatini yaxshilashning 
tashkiliy va zootexnikaviy tadbirlarini amalga oshirish kerak.
Sut yo‘nalishiga ixtisoslashgan fermer xo‘jaliklarida ishlab chiqarish xarajatlarini 
hisobga olishda, xo‘jalik operasiyalariga to‘g‘ri buxgalteriya provodkasi berish va hisob 
registrlarini o‘z vaqtida yuritish uchun xarajatlarni mohiyati va turlarini bilish muhim 
ahamiyat kasb etib, bu fermer xo‘jaligida boshqaruv hisobining samarali ishlashini 
ta’minlaydi, shuningdek hisob ma’lumotlari asosida xo‘jalik ishlab chiqarish faoliyatini 
rejalashtirish imkoniyatini oshiradi.
Mahsulot ishlab chiqarish bilan bevosita bog‘liq xarajatlar, ya’ni mehnat, mehnat 
qurollari va mehnat predmetlar uchun sarflangan xarajatlar va mahsulot ishlab chiqarish 
bilan bevosita bog‘liq boshqa xarajatlar korxonaning ishlab chiqarish xarajatlari 
deyiladi.
Ishlab chiqarish jarayoni mehnat (ish kuchi), mehnat qurollari va mehnat 
predmetlarining bevosita birikuv jarayonidir. Jonli mehnat sarfi ishchilarning ishlab 


SCIENTIFIC PROGRESS
VOLUME 3 ǀ ISSUE 3 ǀ 2022 
ISSN: 2181-1601
Uzbekistan
 
www.scientificprogress.uz
 
Page 335
chiqarish va sarflangan mehnatidir. Uning puldagi ifodasi xodimlarga hisoblangan 
mehnat haqida namoyon bo‘ladi. Mehnat qurollari ishlab chiqarishda qatnashish 
jarayonida eskiradi. Bu eskirish ularga hisoblangan amortizasiya shaklida ishlab 
chiqarish xarajatlariga qo‘shiladi. Mehnat predmetlari esa ishlab chiqarish jarayonida 
to‘liq iste’mol qilinib, o‘z ko‘rinishni o‘zgartiradi va qiymatini ishlab chiqarilayotgan 
mahsulot tannarxiga to‘la ravishda o‘tkazadi.
Ishlab chiqarish xarajatlari asosan ishlab chiqarish jarayonida sodir bo‘lib, u 
ta’minot va sotish jarayonlarini o‘zaro bog‘lab turadi. Ta’minot jarayonining vujudga 
kelish ishlab chiqarishda xarajatlarni keltirib chiqaradi. Bu va ishlab chiqarishda sodir 
bo‘lgan xarajatlar asosida korxonaning moliyaviy natijalari aniqlanadi. Xo‘jalik ishlab 
chiqarish xarajatlarining kam bo‘lishi foydaning ko‘payishini ta’minlaydi. Shu sababli 
ishlab chiqarish xarajatlari birinchi navbatda, korxona faoliyatining moliyaviy 
natijalarini aniqlash uchun zarurdir. Buni umumiy tarzda quyidagicha ifodalash 
mumkin:
Mahsulot sotishdan tushgan tushum - xarajatlar = foyda
Xarajatlar to‘g‘risidagi axborot ayniqsa, korxonaning daromad (foyda) solig‘ini 
hisoblashda muhim ahamiyatga egadir. [11] Korxona va uni boshqarish nuqtai-
nazaridan esa xarajatlarning umumiy summasi, alohida ishlab chiqarish bo‘linmlarining 
unumli hamda unumsiz xarajatlari va boshqalar haqidagi axborotlar yig‘ishni talab 
etadi. [10] 
Fermer xo‘jaliklarida ishlab chiqarish xarajatlarini hisobga olishda, xo‘jalik 
operasiyalariga to‘g‘ri buxgalteriya provodkasi berish va hisob registrlarini o‘z vaqtida 
yuritish uchun xarajatlarni mohiyati va turlarini bilish muhim ahamiyat kasb etib, bu 
fermer xo‘jaligida boshqaruv hisobining samarali ishlashini ta’minlaydi, shuningdek 
hisob ma’lumotlari asosida xo‘jalik ishlab chiqarish faoliyatini rejalashtirish 
imkoniyatini oshiradi. 
Sut yo‘nalishiga ixtisoslashgan fermer xo‘jaliklarida ishlab chiqarish xarajatlarini 
hisobga olishda, xo‘jalik operasiyalariga to‘g‘ri buxgalteriya provodkasi berish va hisob 
registrlarini o‘z vaqtida yuritish uchun xarajatlarni mohiyati va turlarini bilish muhim 
ahamiyat kasb etib, bu fermer xo‘jaligida boshqaruv hisobining samarali ishlashini 
ta’minlaydi, shuningdek hisob ma’lumotlari asosida xo‘jalik ishlab chiqarish faoliyatini 
rejalashtirish imkoniyatini oshiradi.
Sut ishlab chiqarish xarajatlari hisobi quyidagi vazifalarni bajarishi kerak:
− sut ishlab chiqarish xarajalarini o‘z vaqtida, to‘g‘ri va to‘liq holda tegishli 
dastlabki hujjatlarda rasmiylashtirish;
− sut ishlab chiqarish xarajatlari haqidagi ma’lumotlarni rahbariyat va boshqa 
foydalanuvchilar uchun shakllantirib berish;
− sut ishlab chiqarish xarajatlarining sintetik va analitik hisobini amaldagi me’riy 
hujjatlar asosida yuritilishini ta’minlash;


SCIENTIFIC PROGRESS
VOLUME 3 ǀ ISSUE 3 ǀ 2022 
ISSN: 2181-1601
Uzbekistan
 

Download 0.55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling