Sut qayta ishlash korxonalarida ishlab chiqarish harajatlarini hisobi
Download 0.55 Mb. Pdf ko'rish
|
sut-qayta-ishlash-korxonalarida-ishlab-chiqarish-harajatlarini-hisobi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Xulosa va takliflar.
www.scientificprogress.uz
Page 336 − sut ishlab chiqarish xarajatlarni o‘z vaqtida va iqtisodiy asoslangan holda taqsimlash; − sut ishlab chiqarish xarajatlarni biznes-rejada belgilangan smetada bo‘lishini ta’minlash va nazorat qilib borish. Xulosa va takliflar. Xulosa qiladigan bo‘lsak, ishlab chiqarish yo‘nalishidagi hamma xarajatlar mahsulot tannarxiga kiritiladi. Bu esa ishlab chiqarishga sarflangan xarajatlarni to‘liq va o‘z vaqtida hisobga olish, resurslardan samarali foydalanish ustidan nazorat qilishga imkon beradi. Shunday qilib, sut ishlab chiqarishga ixtisoslashgan fermer xo‘jaliklarida ishlab chiqarish xarajatlari va ular hisobini takomillashtish bo‘yicha quyidagilarni taklif qilamiz: − Chorvachilik fermer xo‘jaliklarida ozuqa ekin maydonlarini chorva mollari bosh soniga mutanosib joylashtirish; − Chorvachilikka ixtisoslashgan fermer va boshqa xo‘jaliklarga ajratilgan sug‘oriladigan yerlarda faqat yem-xashak ekinlari ekish va davlat ehtiyojlari uchun donli ekinlar ekishda foydalanmaslik;. − Shaxsiy yordamchi, dehqon va fermer xo‘jaliklarida chorva mollari, birinchi navbatda qoramollar sonini ko‘paytirishni rag‘batlantirish; [22-24] − Chorva mollarini sotib olish uchun dehqon xo‘jaliklarini imtiyozli mikrokreditlar bilan ta’minlash; − Barcha toifadagi xo‘jaliklardagi chorva mollariga zooveterinariya servis xizmatlarini yanada yaxshilash maqsadida qo‘shimcha zooveterinariya punktlarini tashkil etish. − Chorvachilik mahsulotlarini hisobga olishda mo‘ljallangan hujjatlarning standart shakllaridan foydalanishni yo‘lga qo‘yish; [20] − Chorvachilik ishlab chiqarish xarajatlarini tarkibiga faqat ishlab chiqarish ahamiyatiga ega bo‘lgan xarajatlarni olib borish; − Mahsulotlar tannarxini aniqlashni takomillashtirish uchun qoramolchilikda olingan qo‘shimcha mahsulot hisoblangan go‘ng o‘simlikchilikda ishlatilgan go‘ngni ma’lum bir bahoda baholab, o‘simlikchilik xarajatlariga qo‘shib, jami chorvachilik xarajatlaridan chegirib tashlash; [9] − O‘stirishdagi va boquvdagi mollarning hisobini alohida-alohida hisobga olib borish maqsadga muvofiqdir. Takliflarimizni tuman fermer xo‘jaliklari amaliyotida qo‘llanilishi buxgalteriya hisobi axborotlarini to‘liq va ishonchliligini ta’minlash, sut va go‘sht ishlab chiqarish xarajatlarining dastlabki, sintetik va analitik hisobini takomillashtirish imkonini yaratadi. Natijada boshqaruv qarorlari samaradorligi ta’minlanishi hisobiga fermer xo‘jaliklarida ishlab chiqarish hajmi ortadi. SCIENTIFIC PROGRESS VOLUME 3 ǀ ISSUE 3 ǀ 2022 ISSN: 2181-1601 Uzbekistan Download 0.55 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling