Sut qayta ishlash korxonalarida ishlab chiqarish harajatlarini hisobi
Download 0.55 Mb. Pdf ko'rish
|
sut-qayta-ishlash-korxonalarida-ishlab-chiqarish-harajatlarini-hisobi
Tahlil va natijalar. Sut ishlab chiqarishni koʻpaytirish va uning samaradorligini
oshirish chorvachilik xodimlarining muhim vazifasidir. Uning echimi ishlab chiqarish faoliyatini takomillashtirish bilan bogʻliq. Bunday sharoitda qishloq xoʻjaligi korxonalari va ularning boʻlinmalari ishi natijalarini tahlil qilish va baholashning ahamiyati oshadi. Tahlilda sut ishlab chiqarishning miqdoriy koʻrsatkichlari (ishlab chiqarish hajmi, unumdorligi) va yuqori sifatli (yog‘ miqdori) hisobga olinishi kerak. Sut ishlab chiqarish boʻyicha barcha asosiy va hisobot koʻrsatkichlarining bir-biri bilan taqqoslanishini taʼminlash muhimdir. Mamlakatda o‘tkazilgan iqtisodiy islohotlar natijasida sut ishlab chiqarish to‘liq fermer va shaxsiy yordamchi xo‘jaliklari evaziga amalga oshirilmoqda. [23] SCIENTIFIC PROGRESS VOLUME 3 ǀ ISSUE 3 ǀ 2022 ISSN: 2181-1601 Uzbekistan www.scientificprogress.uz Page 333 Qishloq xo‘jaligi mahsulotlari – hisobot davrida fermer xo‘jaliklarida, dehqon (shaxsiy yordamchi) xo‘jaliklarida va qishloq xo‘jaligi faoliyatini amalga oshiruvchi tashkilotlarda yetishtirilgan dehqonchilik va chorvachilik mahsulotlarining jami qiymatini belgilab, qishloq xo‘jaligida yetishtirishning umumiy hajmini ifodalaydi. 2021- yilning yanvar-dekabr oylarida yetishtirilgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari hajmi 302 524,9 mlrd. so‘mni yoki o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 103,6 % ni tashkil etdi, shu jumladan, dehqonchilik mahsulotlari – 151 083,4 mlrd. so‘mni (103,1 %), chorvachilik mahsulotlari – 151 441,5 mlrd. so‘mni (104,1 %) tashkil qildi. Chorvachilik sohasining ichki imkoniyatlarini oshirish bo‘yicha chora- tadbirlarning izchil amalga oshirilib borilayotganligi, shuningdek, ularga davlat tomonidan tizimli yordam ko‘rsatilib kelinayotganligi chorva mollari bosh sonining ko‘payishiga, ichki iste’mol bozorlarini chorvachilik mahsulotlari bilan to‘ldirishga imkon yaratdi. 2021- yilning yanvar-dekabr oylarida barcha toifadagi xo‘jaliklar tomonidan tirik vaznda 2 640,4 ming t. go‘sht (2020- yilning yanvar-dekabriga nisbatan 4,8 % ga ko‘p), 11 286,9 ming t. sut (2,8 % ga ko‘p), 8 053,1 mln. dona tuxum (3,5 % ga ko‘p) yetishtirildi va 173 866 t. baliq (20,7 % ga ko‘p) ovlandi.[25] Xo‘jalik toifalari orasida sut yetishtirishning eng katta hajmi 10 590,6 ming t. yoki umumiy yetishtirish hajmidan 93,8 % i dehqon shaxsiy yordamchi) xo‘jaliklarida qayd etildi. 2021- yilning yanvar-dekabr oylari yakunlari bo‘yicha eng kam hajm 108,6 ming t. yoki umumiy yetishtirish hajmidan 1,0 % i qishloq xo‘jaligi faoliyatini amalga oshiruvchi tashkilotlarda kuzatildi. [25] Sut yetishtirishning umumiy hajmiga nisbatan eng yuqori ulush Samarqand viloyatiga (11,8 %) to‘g‘ri keldi, shuningdek, Qashqadaryo (11,1 %), Xorazm (9,5 %), Farg‘ona (9,5 %), Buxoro (9,0 %), Andijon (8,8 %) va Toshkent (8,6 %) viloyatlarida ham yuqori ko‘rsatkichlar qayd etildi. Sut yetishtirishning umumiy hajmiga nisbatan eng past ulush Sirdaryo viloyati (3,3 %) va Qoraqalpog‘iston Respublikasida (3,7 %) kuzatildi. 2020- yilga nisbatan yuqori o‘sish sur’atlari Qashqadaryo (105,8 %), Toshkent (104,6 %), Sirdaryo (104,1 %), Jizzax (103,6 %) viloyatlari Qoraqalpog‘iston Respublikasida (103,6 %) qayd etildi.[25] SCIENTIFIC PROGRESS VOLUME 3 ǀ ISSUE 3 ǀ 2022 ISSN: 2181-1601 Uzbekistan Download 0.55 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling