Sut qayta ishlash korxonalarida ishlab chiqarish harajatlarini hisobi


Download 0.55 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/8
Sana20.12.2022
Hajmi0.55 Mb.
#1037293
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
sut-qayta-ishlash-korxonalarida-ishlab-chiqarish-harajatlarini-hisobi

www.scientificprogress.uz
 
Page 336
− sut ishlab chiqarish xarajatlarni o‘z vaqtida va iqtisodiy asoslangan holda 
taqsimlash;
− sut ishlab chiqarish xarajatlarni biznes-rejada belgilangan smetada bo‘lishini 
ta’minlash va nazorat qilib borish. 
Xulosa va takliflar. Xulosa qiladigan bo‘lsak, ishlab chiqarish yo‘nalishidagi 
hamma xarajatlar mahsulot tannarxiga kiritiladi. Bu esa ishlab chiqarishga sarflangan 
xarajatlarni to‘liq va o‘z vaqtida hisobga olish, resurslardan samarali foydalanish 
ustidan nazorat qilishga imkon beradi. 
Shunday qilib, sut ishlab chiqarishga ixtisoslashgan fermer xo‘jaliklarida ishlab 
chiqarish xarajatlari va ular hisobini takomillashtish bo‘yicha quyidagilarni taklif 
qilamiz:
− Chorvachilik fermer xo‘jaliklarida ozuqa ekin maydonlarini chorva mollari bosh 
soniga mutanosib joylashtirish;
− Chorvachilikka ixtisoslashgan fermer va boshqa xo‘jaliklarga ajratilgan 
sug‘oriladigan yerlarda faqat yem-xashak ekinlari ekish va davlat ehtiyojlari uchun 
donli ekinlar ekishda foydalanmaslik;. 
− Shaxsiy yordamchi, dehqon va fermer xo‘jaliklarida chorva mollari, birinchi 
navbatda qoramollar sonini ko‘paytirishni rag‘batlantirish; [22-24] 
− Chorva mollarini sotib olish uchun dehqon xo‘jaliklarini imtiyozli mikrokreditlar 
bilan ta’minlash;
− Barcha toifadagi xo‘jaliklardagi chorva mollariga zooveterinariya servis 
xizmatlarini yanada yaxshilash maqsadida qo‘shimcha zooveterinariya punktlarini 
tashkil etish.
− Chorvachilik mahsulotlarini hisobga olishda mo‘ljallangan hujjatlarning standart 
shakllaridan foydalanishni yo‘lga qo‘yish; [20] 
− Chorvachilik ishlab chiqarish xarajatlarini tarkibiga faqat ishlab chiqarish 
ahamiyatiga ega bo‘lgan xarajatlarni olib borish;
− Mahsulotlar tannarxini aniqlashni takomillashtirish uchun qoramolchilikda 
olingan qo‘shimcha mahsulot hisoblangan go‘ng o‘simlikchilikda ishlatilgan go‘ngni 
ma’lum bir bahoda baholab, o‘simlikchilik xarajatlariga qo‘shib, jami chorvachilik 
xarajatlaridan chegirib tashlash; [9] 
− O‘stirishdagi va boquvdagi mollarning hisobini alohida-alohida hisobga olib 
borish maqsadga muvofiqdir. 
Takliflarimizni tuman fermer xo‘jaliklari amaliyotida qo‘llanilishi buxgalteriya 
hisobi axborotlarini to‘liq va ishonchliligini ta’minlash, sut va go‘sht ishlab chiqarish 
xarajatlarining dastlabki, sintetik va analitik hisobini takomillashtirish imkonini 
yaratadi. Natijada boshqaruv qarorlari samaradorligi ta’minlanishi hisobiga fermer 
xo‘jaliklarida ishlab chiqarish hajmi ortadi. 


SCIENTIFIC PROGRESS
VOLUME 3 ǀ ISSUE 3 ǀ 2022 
ISSN: 2181-1601
Uzbekistan
 

Download 0.55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling